AQShning Duke universitetidan bakalavr bosqichi uchun xarajatlari toʻliq qoplanadigan Karsh International Scholarship granti

AQShning Duke universitetidan bakalavr bosqichi uchun xarajatlari toʻliq qoplanadigan Karsh International Scholarship granti

  • 15/08/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 04.11.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

AQShning nufuzli universitetlaridan biri boʻlgan Duke universitetida bakalavriat bosqichini oʻqishni istagan barcha xalqaro talabalar uchun xarajatlari toʻliq qoplanadigan Karsh International Scholarship — 2025 granti taqdim etiladi. Ushbu dastur faqat munosib talabalarga moliyaviy yordam beradi, shuningdek, oʻquv toʻlovlari va boshqa tegishli xarajatlardan ozod qiladi. 

Dasturdan asosiy maqsad malaka va moliyaviy ehtiyojdan kelib chiqqan holda qobiliyatli talabalarga moliyaviy toʻsiqlarga duch kelmasdan taʼlim olishlarini taʼminlash hisoblanadi. Bundan tashqari, barcha stipendiya oluvchilar intellektual hamjamiyatning ajralmas aʼzolari boʻlishadi. Bu esa xalqaro talabalarning Duke universiteti muhitidagi ahamiyatini oshiradi va global miqyosdagi tadbirlarda ishtirok etishiga yordam beradi. Oʻqishni tugatgandan soʻng, qatnashchilar universitet bitiruvchilarining keng tarmogʻiga qoʻshilishadi. Ushbu tarmoq oʻz aʼzolarini doimiy qoʻllab-quvvatlaydi va karyerasida muvaffaqiyatga erishishini taʼminlaydi.

Maʼlumot uchun: Xalqaro olimlarning Duke universitetiga qoʻshgan beqiyos hissasi sharafiga Karsh International Scholarship dasturi 2010-yilda Marta va Brus Karshning xayriyasi tufayli tashkil etilgan. Dastur fanlararo tadqiqot, akademik tadqiqotlarga yordam va stipendiyalar berish orqali taʼlim sohasida muvaffaqiyat qozonishga intilayotgan xalqaro talabalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan dastur hisoblanadi.

Eslatma! Grantga alohida hujjat topshirish shart emas. Duke universitetiga topshirganlar avtomatik tarzda grant uchun ham ko'rib chiqiladi!

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Nomzodlar AQSh fuqaroligi yoki AQSh va boshqa davlat ishtirokidagi ikki fuqaroligi boʻlmagan xalqaro talabalar boʻlishi kerak;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
  • Nomzodlar avval bakalavr darajasini olmagan boʻlish kerak;
  • Yuqori akademik salohiyat va yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlish talab qilinadi; 
  • Nomzodlar moliyaviy jihatdan yordamga muhtoj boʻlishi lozim.

Foydali tomonlari

  • Oʻquv toʻlovlari va boshqa majburiy toʻlovlardan ozod qilinadi;
  • Turarjoy xarajatlari qoplanadi;
  • Xalqaro miqyosdagi muhitda tajriba almashish imkoni;
  • Yozgi tadqiqot ishlari moliyalashtiriladi;
  • Turli millat vakillaridan iborat olimlar bilan aloqa oʻrnatish mumkin;
  • Soha boʻyicha turli tadbir va klublar tashkil qilinadi.

Hujjat topshirish

Erta qabul uchun talab qilinadigan hujjatlar:

  • Erta qabul uchun ariza (COMMON APPLICATION yoki COALITION APPLICATION оrqali);
  • Akademik transkriptlar;
  • Birinchi chorak baholari (ixtiyoriy);
  • Maktab maslahatchisidan tavsiyanoma va nomzodning akademik koʻrsatkichlari haqida hisobot;
  • 2 ta maktab oʻqituvchisidan tavsiyanoma;
  • SAT va/yoki ACT ballari (ixtiyoriy);
  • Akademik yutuqlarni koʻrsatuvchi qoʻshimcha hujjatlar.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Muhim sanalar:

  • Dasturga hujjat topshirish uchun erta qabul оxirgi muddati: 2024-yil 4-noyabrgacha;
  • Natijalar eʼlon qilinadi: 2024-yil dekabr;
  • Dasturga hujjat topshirish uchun doimiy qabul оxirgi muddati: 2025-yil 2-yanvargacha.

Muhim: Dasturga erta qabul uchun hujjat topshirgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

Dastur haqida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

AQSh
AQShning Duke universitetidan bakalavr bosqichi uchun xarajatlari toʻliq qoplanadigan Karsh International Scholarship granti

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar