Dunyodagi suv muammolari boʻyicha innovatsion yechimlar taqdim etadigan ixtirochilar uchun World Water Challenge— 2023 tanlovi

Dunyodagi suv muammolari boʻyicha innovatsion yechimlar taqdim etadigan ixtirochilar uchun World Water Challenge— 2023 tanlovi

  • 01/09/2023 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Koreya Davlat
  • 21/09/2023 20:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Yer yuzidagi suv bilan bogʻliq muammolar bo'yicha innovatsion ilmiy/texnologik usullarni taklif qiladigan ixtirochilar uchun World Water Challenge — 2023 tanlovi taqdim etiladi.

 Ushbu dastur Koreya xalqaro suv haftaligi (KIWW) doirasida oʻtkazilmoqda. Dastur ilgʻor innovatsion yechimlarni kashf qilish bilan birga belgilangan suv muammolarini hal qilish siyosati bilan boʻlishish uchun ham muhim platforma sifatida xizmat qilishi kutilmoqda.

Tanlovga taqdim etiladigan yechimlar quyidagi mavzular boʻyicha boʻlishi lozim:

  • Water and Wastewater Treatment;
  • Efficient Water Management;
  • Water and Natural Disasters;
  • Smart Water Technologies;
  • Ecosystem and Water.

Dasturning asosiy maqsadi butun dunyo boʻylab va suv sektoridagi mutaxassislar va manfaatdor tomonlar, shuningdek, yechim provayderlarining turli sohalari oʻrtasida keng tarmoqni yaratish va mavjud muammolar uchun umumiy muqobil yechimlarni tatbiq qilish hisoblanadi.

Saralashdan oʻtgan 10 ta yechim egalari World Water Challenge (WWCH) ning yakuniy bosqichiga taklif qilinadi. Yakuniy taqdimot va taqdirlash marosimi KIWW — 2023 doirasida 2023-yil 7-8 dekabr kunlari boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot uchun: World Water Challenge — suv muammolarining yechimlari boʻyicha oʻtkaziladigan xalqaro tanlov hisoblanadi. 2015-yilda 7-Butunjahon suv forumining davomiy faoliyati sifatida u har yili Koreya xalqaro suv haftaligi (KIWW) bilan birgalikda dunyo duch kelayotgan suv muammolarini aniqlash va ularni hal etishning mumkin boʻlgan yechimlarini topish maqsadida oʻtkaziladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Kelib chiqishi, yoshi, jinsidan qatʼi nazar dasturga qiziqqan barcha ishtirok etishi mumkin;
  • Ingliz tilini bilish lozim. Til bilish sertifikati soʻralmaydi;
  • Dasturda yakka tartibda yoki birorta tashkilot nomidan ham qatnashish mumkin;
  • Har bir ishtirokchi oʻz yechimini taqdimot koʻrinishida taqdim etadi. 

Har bir taqdimot quyida keltirilgan besh xil mezon asosida baholanadi (maksimal 100 ball):

  • Comprehension — ishtirokchi mavjud global suv muammolarining kelib chiqishi, sababi, koʻlami va atrofga taʼsirini toʻliq tushunishi kerak (15 ball);
  • Contribution to “Sustainability” — ishtirokchi barqarorlik tushunchasini toʻliq tushunishi, yechimni amalda qoʻllaganda erishishi mumkin boʻlgan barqarorlik darajasini koʻrsatib berishi lozim (25 ball);
  • Feasibility — yechimni amalga oshirishda iqtisodiy, texnik, huquqiy va siyosiy maqsadga muvofiqligini taʼminlash, har xil sharoitda turli masshtablarda qoʻllanilishi mumkin boʻlishi, yechimga tatbiq etilgan fan va texnologiyalar amalda sohaga taalluqli boʻlishi va yechimni amalga oshirishda mahalliy resurslardan samarali foydalanilishi kerak (30 ball);
  • Originality/Novelty — yechim ilgari xabar qilinmagan yoki amalga oshirilmagan original va yangi boʻlishi hamda muammoni hal qilishda innovatsion usullarni taklif qilishi lozim (15 ball);
  • Impact — yechim muammoga yuqori va doimiy ravishda taʼsir koʻrsatish uchun moʻljallangan boʻlishi, oʻsimlik, hayvon va odamlar hayotiga yechimning kutilayotgan taʼsirini yaxshi tasvirlab berilishi hamda suv muammolarini hal qilishdagi faoliyatning taʼsiri aniq tasvirlanishi kerak (15 ball).

Foydali tomonlari

  • Koreya xalqaro suv haftaligi — 2024 va/yoki 10-Jahon suv forumidagi koʻrgazmaga taklif qilinish imkoniyati;
  • Gʻoliblar pul mukofoti va kubok bilan taqdirlanadi:
    • “Eng yaxshi yechim” uchun — 10,000,000 KRW (taxminan 7600 AQSH dollar);
    • “Outstanding” kategoriyasi uchun — 3,000,000 KRW (taxminan 2200 AQSH dollar).
  • Ishtirokchilar oʻz yechimlarini butun dunyo boʻylab soha ekspertlari va xalqaro auditoriga namoyish qiladi.

Eslatma: Mukofotlarning nomi va pul mukofoti miqdori oʻzgarishi mumkin.

Hujjat topshirish

  • Dasturda qatnashishni istaganlar KIWW veb-sayti orqali oʻz yechimlarini taqdim etishlari lozim. Takliflarni yuborish faqat saytda onlayn roʻyxatdan oʻtgandan soʻng davom ettirilishi mumkin;
  • Yechimni taqdim etishda ushbu shablondan foydalanish lozim;
  • Bir nomzod turli yechimlar bilan bir nechta takliflar kiritishi mumkin;
  • Agar yechimlar vizual tarzda umumlashtiruvchi grafik abstrakt (masalan, sxematik diagramma, rasm, animatsiya va boshqalar) koʻrinishida boʻlsa, ular alohida fayl sifatida topshirilishi kerak.

Eslatma: Barcha yechimlar ingliz tilida taqdim etilishi shart. Topshirilgan ishlar qaytarilmaydi hamda ular tashkilotchilar tomonidan ishlatilishi va nashr etilishi mumkin.

Tanlov va ariza topshirish haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 21-sentabr, 2023-yil (20:00);
  • World Water Challenge — 2022 final natijalari bu yerda;
  • Email: wwch@koreawaterforum.org
  • Tel: +82-2-736-0465/0430.
Koreya
Dunyodagi suv muammolari boʻyicha innovatsion yechimlar taqdim etadigan ixtirochilar uchun World Water Challenge— 2023 tanlovi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar