Dasturga ushbu havola orqali virtual tarzda ariza topshirish mumkin.
Veb-sahifa orqali ariza bera olmaydigan shaxslarga, koʻrsatilgan ehtiyojga qarab, har bir holatda qogʻoz orqali ariza berish uchun ruxsat beriladi. Yetarli asoslarga ega nomzodlar paper@risefortheworld.org elektron pochta manziliga oʻzlarining vaziyatlari haqida xabar yozishlari va qogʻoz formatida ariza yozish uchun ruxsat soʻrashlari lozim.
Ariza topshirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- Berilgan ariza namunasini toʻldirish;
- 3 daqiqalik video topshirish va boshqa nomzodlarning videolarini koʻrib chiqish;
- Qurilmasi videoyozuvga qodir boʻlmagan yoki cheklangan maʼlumotlarga ega boʻlgan qatnashchilar koʻrsatmalarga video orqali emas, balki yozma ravishda (1600 belgidan iborat, 14 ta gap yoki 2 ta paragraf) javob berishlari va boshqalarning yozma javoblarini koʻrib chiqishlari mumkin;
- Ariza beruvchilardan shaxsiy demografik va ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan bogʻliq savollarga javob berish orqali profilni toʻldirish soʻraladi;
- Ishtirokchilar oʻz intilishlari hamda hozirgi holatiga kelgunga qadar qanday qiyinchiliklarni yengib oʻtganligi haqida 2 ta savolga javob berishlari kerak boʻladi;
- Nomzodlardan ariza topshirish davri davomida individual loyihani bajarishlari talab etiladi. Loyiha 2023-yil oktyabr hamda 2024-yil yanvar oylari oraligʻida yaratilgan boʻlishi lozim. Ushbu bosqich loyiha mavzusini aniqlash, uni tadqiq qilish, rejani ishlab chiqish, ushbu rejani amalga oshirish va ishlarni aks ettirishni oʻz ichiga oladi;
- Qatnashchilardan oʻz tengdoshlarining kamida uchta loyihasini koʻrib chiqishlari soʻraladi. Shuningdek, ular viktorina savollariga chavob berishari, kelib chiqishi, taʼlimi, yutuqlari, intilishlari va xizmatga sodiqligi haqidagi qoʻshimcha savollarga javob berishlari lozim.
Eslatma: Internet yoki kompyuterga cheklangan imkoniyatlarga ega boʻlgan nomzodlar ushbu havola orqali berilgan, chop etish va oflayn tarzda toʻldirish mumkin boʻlgan ariza namunasi orqali dasturda ishtirok etishlari mumkin.
Dasturga ariza topshirish sentabr oxiridan boshanadi. Ariza berishning soʻngi muddati 2024-yil, yanvar.
Ariza topshirish shartlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Ariza topshirish haqidagi eng koʻp berilgan savollar roʻyxati haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.