Umumiy maʻlumotlar
“Zamonaviy jamiyatning faoliyati uning muhim funksiyalarini bajaradigan institutlar — korxonalar, universitetlar, kasalxonalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, kasaba uyushmalari, hukumat va boshqa fuqarolik tashkilotlari faoliyatiga bogʻliq”, — deya yarim asr oldin taʼkidlagan edi Piter Druker.
Bugungi kunda Piter Drukerning insonga yoʻnaltirilgan boshqaruv falsafasini yosh avlod ongida saqlab qolish uchun Peter Ducker Society Europe tashkiloti International Drucker Challenge Essay Contest — Xalqaro Drucker Challenge insholar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov butun dunyo boʻylab millati, dini, irqi va jinsidan qatʼiy nazar 18 dan 35 yoshgacha boʻlgan barcha talabalar va yosh professionallar uchun ochiq.
Tanlovda nomzodlar tomonidan yozilgan, ilmiy izlanishlarga asoslangan shaxsiy hikoyaviy insholar bilan qatnashish mumkin.
Tanlovga 2024-yil uchun “The Next Educatiоn” — “Keyingi Taʼlim” mavzusi tanlangan. Tanlov uchun tanlangan oldingi yillar mavzulari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Tanlov 2 xil kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
Ikkala kategoriya gʻoliblari mos ravishda pul mukofotlari, Drucker Forumida qatnashish uchun bepul chipta, maxsus eʼtirof mukofoti hamda sertifikatlar bilan taqdirlanadilar. Forumda qatnashish uchun sayohat xarajatlari tashkilotchilar tomonidan sayohat jarayoni va siyosati tamoyillariga koʻra qoplanishi koʻzda tutilgan.
Forum 2024-yil 14 va 15-noyabr kunlari Avstriyaning Vena shahrida boʻlib oʻtadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Maqbullik shartlari
Dasturda qatnashish uchun ishtirokchilardan quyidagilar talab qilinadi:
- Tanlovda millati, irqi va jinsidan qatʼi nazar, 18-35 yosh oraligʻidagi barcha qatnashishi mumkin;
- Nomzodlar talaba yoki professional toifalaridan birida qatnashishi mumkin. Kunduzgi va sirtqi taʼlim talabalari (bakalavr, magistr, MBA, PhD), shuningdek, oxirgi darajani tugatgan nomzodlar talaba kategoriyasiga; odamlar, loyihalar, byudjet va/yoki jarayonlar menejeri, tadbirkor yoki biznes egasi, litsenziyalangan mutaxassis va ijtimoiy koʻngilli yoki jamoat rahbarlari professional kategoriyasiga oʻz insholarini topshirishlari mumkin;
- Ishtirokchi 2010-yildan beri eng yaxshi 10 talik orasidan koʻpi bilan bir marta (yoki umuman tanlanmagan) tanlangan boʻlishi kerak;
Insholarga qoʻyilgan talablar bilan quyida tanishish mumkin:
- Insho Ingliz tilida yozilishi kerak. Boshqa tillarda yozilgan insholar tanlovdan chetlashtiriladi;
- Insho PDF yoki Word formatda yozilishi, soʻzlar soni 1500 dan 3000 gacha (sozlamalar va har qanday grafiklardan tashqari) boʻlishi lozim;
- Shrift hajmi 12 boʻlishi lozim;
- Nomzodning ismi inshoning hech bir qismida yozilmasligi kerak;
- Barcha insholar original va ushbu tanlov uchun yozilgan boʻlishi lozim;
- Insholar faqat bir kishi tomonidan yozilishi talab qilinadi. Guruh boʻlib yozilgan ishlar qabul qilinmaydi.
- Insho mavzusi: “The Next Educatiоn” — “Keyingi Taʼlim”.
Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Foydali tomonlari
Dasturga qabul qilingan nomzodlar talaba va professional kategoriyalariga mos ravishda quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
- 1 — oʻrin sohiblariga €2,000 miqdoridagi pul mukofoti;
- 2 — oʻrin sohiblariga €1,200 miqdoridagi pul mukofoti;
- 3 — oʻrin sohiblariga €1,000 miqdoridagi pul mukofoti;
Shuningdek, top 10 talikka kiritilgan barcha nomzodlar qoʻshimcha mukofot sifatida quyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar:
- 2024-yil 14 va 15-noyabr kunlari Avstriyaning Vena shahrida boʻlib oʻtadigan 16-Global Peter Drucker forumi uchun bepul shaxsiy chipta;
- Forumda qatnashish uchun xalqaro sayohat va turar joy xarajatlari tashkilotchilar tomonidan sayohat jarayoni va siyosati tamoyillariga koʻra qoplanadi;
- Taqdirlash marosimi uchun Gala tadbiriga hamda madaniy dasturda ishtirok etishga taklif;
- Eng original insho uchun maxsus eʼtirof mukofoti (Special Recognition Award)ni qoʻlga kiritish imkoniyati;
- Sertifikat;
- Ijtimoiy tarmoqlarda Drucker Challenge bitiruvchilari hamjamiyatiga qoʻshilish uchun taklif;
- Harvard Business Review jurnaliga bir yillik obuna;
- Nomzodning reyting roʻyxati, inshosiga havola, fotosurati va tarjimai holi www.druckerchallenge.org saytida nashr qilinadi. Gʻoliblarning insholari ularning universiteti/kompaniyasi tomonidan Peter Drucker Society Europega berilgan kreditlar bilan qayta nashr etilishi mumkin.
Bundan tashqari, 11-15-oʻrinlarga saralab olinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar:
- Eng original insho uchun maxsus eʼtirof mukofoti (Special Recognition Award)ni qoʻlga kiritish;
- Sertifikat;
- Forumda qatnashish imkoniyati. Lekin bunda nomzodlar sayohat xarajatlarini oʻzlari qoplashlari kerak boʻladi.
Dastur imtiyozli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Hujjat topshirish
Tanlovga hujjat topshirish ushbu havola orqali ariza toʻldirish hamda insho faylini yuklash orqali amalga oshiriladi.
Yuklash boʻyicha muammoga duch kelingan taqdirda, nomzodlardan oʻz maʼlumotlarini hamda fayllarini quyidagi e-mail manziliga joʻnatishlari soʻraladi:
essay@druckerchallenge.org
Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati 2024-yil 31-may 19:00 (Toshkent vaqti bilan)
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Tanlov 3 bosqichda boʻlib oʻtadi.
May oyining oʻrtalariga kelib Peter Drucker Society Europe tomonidan tayinlangan hakamlar har bir kategoriya boʻyicha 20 tadan insholarni tanlab olishadi.
Tanlangan ishlar ikkinchi bosqichga oʻtadi. Iyun oyida ekspertlar tomonidan ishlar qayta koʻrib chiqiladi va eng yaxshi 10 ta insho final bosqichiga oʻtadi. Nomzodlarga email orqali xabar qilinadi va Forumda qatnashish uchun viza shaklini toʻldirish soʻraladi.
Iyun oyining oxiri yoki Avgust oyining boshida ishbilarmonlar va akademiklardan iborat xalqaro hayʼat har bir kategoriya boʻyicha 1-,2-, 3-oʻrin egalarini hamda top 10 talik va 11-15-oʻrin sohiblarini eʼlon qilishadi.
Tanlov haqida eng koʻp soʻralgan savollar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: contact@druckerchallenge.org