Markaziy Yevropa universitetida magistratura bosqichini bepul oʻqish va oylik stipendiyaga ega boʻlish imkoniyati — CEU Masterʼs Scholarships grant dasturi

Markaziy Yevropa universitetida magistratura bosqichini bepul oʻqish va oylik stipendiyaga ega boʻlish imkoniyati — CEU Masterʼs Scholarships grant dasturi

  • 10/09/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Avstriya Davlat
  • 05/02/2025 03:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan
  • IELTS talabi
    minimum 6.5

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Central European University (Markaziy Yevropa universiteti) — Yevropaning markazida Vena va Budapesht shaharlarida joylashgan. Ushbu universitet magistratura bosqichida oʻqimoqchi boʻlgan talabalar uchun turli grant dasturlarini taklif etadi. Bunda talabalar akademik koʻrsatkichlari, bilimi va salohiyatida kelib chiqib turli imtiyozlarga ega boʻlishlari mumkin.

Universitetning magistratura bosqichi yoʻnalishlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Dasturga qabul qilingan nomzodlar oʻqish kontraktidan toʻliq ozod etiladi, tibbiy sugʻurtaga ega boʻladi. Qolaversa, akademik koʻrsatkichlariga qarab 1000 yevrogacha oylik stipendiya bilan taʼminlanadilar.

Maqbullik shartlari

Dasturga qabul qilinish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzod bakalavr bosqichini yakunlagan yoki dastur boshlangunga qadar bitiruvchi bo'lishi kerak;
  • Ingliz tilini yaxshi bilish kerak (IELTS 6.5 sertifikat talab qilinadi);
  • Ayni damda boshqa oliygohda magistrant sifatida tahsil olmayotgan bo'lishi lozim.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Tanlangan kurslarga qarab talablar oʻzgarishi mumkin. Batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.

Foydali tomonlari

Ushbu dasturga qabul qilingan barcha nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Oʻqish kontrakt toʻlovi 100% moliyalashtiriladi;
  • Tibbiy sugʻurtaga ega boʻladilar;
  • Yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya bilan taʼminlanadilar.

Oylik stipendiyalar 2023-2024-oʻquv yili uchun quyidagicha belgilangan:

  • CEU Masterʼs Excellence Scholarship — 1000 yevro;
  • CEU Masterʼs Distinction Scholarship — 750 yevro;
  • CEU Masterʼs Scholarship — 500 yevro;
  • CEU Masterʼs Partial Scholarship — 300 yevro.

Hujjat topshirish

Dasturda ishtirok etish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Magistrlik kursiga ariza topshirish jarayonida ushbu grantga nomzodligini koʻrsatish kerak.

Magistratura bosqichiga ushbu havola orqali onlayn ariza topshiriladi. Nomzodlar 5 tagacha yoʻnalish uchun ariza topshirishlari mumkin. Ariza topshirish toʻlovi 30 yevroni tashkil etadi.

Kerakli hujjatlar:

  • Academic Writing Submission(s), yaʼni akademik yozma ish. Bunda nomzod oʻzi tanlagan yoʻnalish boʻyicha akademik essay (insho), research proposal (tadqiqot taklifi) yoki statement of purpose (oʻqish maqsadi aks etgan maʼlumotnoma) kabilardan birini yozishlari kerak boʻladi. Akademik yozma ish yozish talablari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
  • Letters of Recommendation, yaʼni tavsiyanoma. Bunda nomzod uchun 2 ta tavsiyanoma berilishi kerak. Tavsiyanoma ariza topshirish jarayonidan koʻpi bilan bir hafta oldin yozilgan boʻlishi lozim.
  • Academic Records, yaʼni akademik koʻrsatkichlari aks etgan hujjat. Bunda nomzodlar bakalavr diplomi va baholarini taqdim etishlari kerak;
  • Curriculum Vitae or Resume, yaʼni nomzod haqida maʼlumot aks etgan tarjimayi hol.
  • Proof of English Proficiency, til bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat. Kamida IELTS 6,5/ TOEFL 88;
  • Standard Test Scores (GRE, GMAT, etc.). Bunda baʼzi yoʻnalishlar uchun ushbu sertifikatlar talab qilinishi mumkin.
  • Completed CEU Application Form, toʻldirilgan ariza shakli.

Barcha hujjatlar ingliz tilida hajmi 2 Mb dan oshmagan holda boʻlishi lozim. Hujjatlarga qoʻyilgan talablar haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Ariza topshirib boʻlingandan soʻng baʼzi fakultetlar qoʻshimcha test yoki intervyu oʻtkazishlari mumkin.

Koʻp berilgan savollar va ularning javoblari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Dasturga qabul qilinganlik yoki qilinmaganlik natijasi ariza topshirilgandan 3 yoki 6 haftada ichida eʼlon qilinadi.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: admissions@ceu.edu

Avstriya
Markaziy Yevropa universitetida magistratura bosqichini bepul oʻqish va oylik stipendiyaga ega boʻlish imkoniyati — CEU Masterʼs Scholarships grant dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar