Umumiy maʻlumotlar
Italiyaning Milan Politexnika universiteti (Politecnico di Milano) magistratura bosqichida oʻqish uchun moʻljallangan grantlarni taklif qiladi.
Grant ajratadigan stipendiya miqdori va dasturning boshqa foydali tomonlari grant turiga qarab farq qiladi. Dastur ingliz tilida olib boriladi va nomzodlardan til bilish sertifikati talab qilinadi. Saralash jarayonida nomzodlarning erishgan yutuqlari, akademik koʻrsatkichlari, bakalavr diplomi dastur yoʻnalishlariga mos kelishi, motivatsion xat, tavsiyanoma va topshirilgan hujjatlarning sifati inobatga olinadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:
- Grantga ariza topshirish uchun nomzodlar Italiya davlati fuqarosi boʻlmasliklari lozim;
- Nomzodlar kamida IELTS 6 yoki shunga teng xalqaro til sertifikati topshirishlari kerak;
- Dasturda qatnashishni istagan nomzodlar magistratura bosqichining birinchi bosqichini tugatgan bo'lishlari lozim;
- Saralash jarayonida nomzodlarning erishgan yutuqlari, akademik koʻrsatkichlari, bakalavr diplomi dastur yoʻnalishlariga mos kelishi, motivatsion xat, tavsiyanoma va topshirilgan hujjatlarning sifati inobatga olinadi, shuning uchun ariza topshirayotganda mana shu jihatlarga eʼtibor qaratish zarur;
- Ushbu grantni yutgan nomzod boshqa grantga nomzodlik qilishi yoki qatnashishi mumkin emas;
- Dasturda qatnashish uchun nomzodlardan badal pulini toʻlash soʻraladi.
Dastur talablari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.
Foydali tomonlari
Dastur gʻoliblariga 6 xil grant ajratilgan boʻlib, ularning quyidagi foydali jihatlari mavjud:
- Platinum granti- ushbu grantga saralab olingan ishtirokchilar universitetning Milandagi kampusida ingliz tilida tahsil olish imkonini qoʻlga kiritishadi. Shuningdek, ishtirokchilar kontrakt pulidan ozod qilinadi va ularga 10,000 yevro stipendiya ajratiladi;
- Gold granti- ushbu grantga saralab olingan ishtirokchilar universitetning Milandagi kampusida tahsil olish imkonini qoʻlga kiritishadi. Shuningdek, ishtirokchilar kontrakt pulidan ozod qilinadi va ularga 8,000 yevro stipendiya ajratiladi;
- Gold Polo di Cremona granti- ushbu grantga saralab olingan ishtirokchilar universitetning Cremonadagi kampusida ingliz tilida oʻqitiladigan Music and Acoustics Engineering yoki Agricultural Engineering yoʻnalishlaridan birida tahsil olish imkonini qoʻlga kiritadi. Shuningdek, bu ishtirokchi kontrakt pulidan ozod qilinadi va unga 5,000 yevro stipendiya ajratiladi;
- Gold Polo di Piancenza granti- ushbu grantga saralab olingan ishtirokchilar universitetning Polo di Piacenza kampusida Suistainable Architecture and Landscape Design yoki Energy Engineering- Renewables and Environmental Sustainability yoʻnalishlaridan birida ingliz tilida tahsil olish imkonini qoʻlga kiritishadi. Shuningdek, ishtirokchilar bepul yotoqxona, bepul nonushta va dushanba-juma kunlari oraligʻida bir mahal taom bilan ham taʼminlanadi;
- Bronze Polo di Piacenza Gold granti- ushbu grantga saralab olingan ishtirokchilar universitetning ingliz tilida oʻqitiladigan Polo di Piacenza kampusida Mechanical Engineering-Mechatronics for Manufacturing yoʻnalishida tahsil olish imkonini qoʻlga kiritishadi. Shuningdek, ishtirokchilar kontrakt pulidan ozod qilinadi va ularga 2,500 yevro stipendiya ajratiladi;
- Silver Polo di Cremona, Lecco, Mantova, Piacenza granti- ushbu grantga saralab olingan ishtirokchilar universitetning ingliz tilida oʻqitiladigan Cremona, Lecco, Mantova, Piacenza kampuslarida tahsil olish imkonini qoʻlga kiritishadi.
Dastur foydali tomonlari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.
Hujjat topshirish
Dasturga qabul uch muddatda amalga oshiriladi, hozircha uchinchi muddat uchun qabul davom etmoqda. Ushbu muddat uchun qabul jarayoni 2025-yil 10-martdan 19-maygacha davom etadi.
Dasturda qatnashish uchun dastlab roʻyxatdan oʻtish, soʻng onlayn ariza shaklini toʻldirish va soʻralgan hujjatlar topshirish kerak boʻladi. Arizani toʻldirish jarayonida quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
- Universitet baholari transkripti;
- GPA bayonoti (universitet tomonidan taqdim etilsa);
- Bakalavr diplomi (hali universitetni tamomlamaganlar, oʻqish muddati tugashi haqidagi maʼlumotnoma taqdim etishlari kerak boʻladi);
- Universitetda oʻtilgan fanlar haqida maʼlumot (namuna mavjud);
- CV (uzogʻi 2 bet);
- Tavsiyanoma;
- Til sertifikati (kamida IELTS 6 yoki shunga teng xalqaro sertifikat);
- Motivatsion xat;
- Portfolio (baʼzi soʻralgan yoʻnalishlar uchun);
- GRE testi natijalari (arxitektura va muhandislik yoʻnalishlariga hujjat topshirayotgan nomzodlardangina soʻraladi).
Eslatma! Ariza topshirish jarayonida 170 yevro miqdordagi badal pulini toʻlash kerak boʻladi. Universitetdan olinadigan hujjatlar ingliz, italyan, fransuz yoki ispan tillaridan birida boʻlishi, qolgan hujjatlar esa ingliz yoki italyan tilida boʻlishi lozim.
Dasturga roʻyxatdan oʻtish haqida batafsil qoʻllanma bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dasturda soʻraladigan hujjatlar namunasi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Milan Politexnika universiteti (Politecnico di Milano) haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Milan Politexnika universitetida mavjud magistratura yoʻnalishlari roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dastur elektron manzilini ushbu havola orqali topish mumkin.
Dastur haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni ushbu havola orqali topish mumkin.