Irlandiyada magistratura va doktoranturani istalgan yo‘nalish bo‘yicha o‘qish imkonini beruvchi Government of Ireland Postgraduate Scholarship dasturi

Irlandiyada magistratura va doktoranturani istalgan yo‘nalish bo‘yicha o‘qish imkonini beruvchi Government of Ireland Postgraduate Scholarship dasturi

  • 29/08/2024 Qabul boshlanishi
  • Grant Moliyalash turi
  • Irlandiya Davlat
  • 10/10/2024 19:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Istalgan soha boʻyicha Irlandiya oliygohlarida tadqiqotlarini davom ettirmoqchi boʻlgan magistratura va doktorantura talabalari uchun Irlandiya Ilmiy tadqiqotlar Kengashi yillik €31,000 ga teng boʻlgan grant taklif qiladi.

Yoshi, irqi va millatidan qatʼi nazar, barcha mamlakat fuqarolari oʻzlari tanlagan yoʻnalish boʻyicha ariza berishlari mumkin. Grantga loyiq topilgan nomzodlar yillik stipendiya, tadqiqotlar va qoʻshimcha toʻlovlar uchun alohida mablagʻ bilan taʼminlanadilar. Oʻqishning davomiyligi nomzodlar tanlagan bosqichga yoʻnalishlarga (anʼanaviy magistratura va doktorantura; ixtisoslashtirilgan magistratura va doktorantura) qarab, 1 yildan 4 yilgacha davom etishi mumkin.

Hujjat topshirish mumkin boʻlgan oliygohlar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturga topshirish uchun hech qanday yosh chegarasi belgilanmagan;
  • Nomzod tanlagan dasturi (universiteti)ning talablariga mos boʻlishi kerak;
  • Irlandiya oʻqishiga ariza topshirgan boʻlishi yoki tadqiqot markazlaridan biri bilan aloqa oʻrnatgan boʻlishi kerak;
  • Dastur uchun topshirilgan barcha hujjatlar rasman tasdiqlangan boʻlishi shart;
  • Bakalavr (yoki shunga teng) yoki magistrlik diplomiga ega istalgan yoshdagi va istalgan mamlakatdan kelgan nomzodlar topshirishi mumkin (agar bakalavr imtihoni natijasi ariza topshirilgan vaqtda maʼlum boʻlmasa, nomzod diplomni qoʻlga olishi sanasini rasmiy tasdiqlangan hujjat bilan havola etishi lozim. Shundagina Irlandiya ilmiy kengashi nomzodga shartli ravishda stipendiya berishi mumkin, ammo bakalavr yoki unga tenglashtirilgan diplom natijasi birinchi yoki ikkinchi darajali natija koʻrsata olishi kerak);
  • Magistratura uchun ariza topshirganlar yoki doktoranturaga imtiyoz asosida kirmoqchi boʻlganlar Irlandiya ilmiy tadqiqot konsulligi (Irish Research Council) grantini ayni damda ham, ilgari ham qoʻlga kiritmagan boʻlishi lozim;
  • Barcha nomzodlar ularning tadqiqot mavzusi/loyihasini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ilmiy rahbarga hamda nomzodning salohiyatidan yaxshi xabardor 2 ta taqrizchiga ega boʻlishi kerak (Irlandiya konsulligi bu vazifani boʻyniga olmaydi);
  1. Ilgari ham dastur boʻyicha ariza topshirgan boʻlsa, muvaffaqiyatsiz urinishlari soni ikkitaga yetmagan boʻlishi shart (xoh tadqiqot mavzusini oʻzgartirish, xoh mezbon universitetni almashtirish boʻlsin);
  2. Toʻlovlardagi har qanday farq mukofot oluvchi va/yoki qabul qiluvchi tashkilot tomonidan toʻlanishi kerak;
  3. Hujjat topshirishga kech qolgan, bir martadan koʻp ariza joʻnatishga uringan, yolgʻon maʼlumot taqdim etgan, keragidan ortiq yoki kam hujjatlar topshirgan, belgilangan soʻz miqdoridan oshirib yozgan yoki birdan ortiq ilmiy rahbarga ega hamda ariza shaklida keltirilgan rahbar ismi asliyatga muvofiq kelmagan va b. nomzodlarning arizasi qabul qilinmaydi.

Dasturga qoʻyilgan talablar bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Muhim: Quyidagi sohalar boʻyicha tadqiqot olib bormoqchi boʻlgan tadqiqotchilarga grant ajratilmaydi:

  • reproduktiv maqsadlarda odamlarni klonlash;
  • insoniyatning genetik modifikatsiyasi (jinsiy aʼzolardagi saraton kasalligini davolash bilan bogʻliq tadqiqotlar bundan mustasno);
  • inson embrionlarini faqat tadqiqot maqsadida yoki somatik hujayrasini yadroviy oʻtkazish yoʻli bilan sotish maqsadida yaratish.

Foydali tomonlari

Grant yutib olgan talabalarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • Oʻquv muddati vaqtida yillik €22,000 miqdoridagi stipendiya beriladi;
  • Tadqiqot uchun €3,250 yillik alohida stipendiya taqdim etiladi;
  • Qabul qiluvchi oʻquv muassasasi, shu jumladan Yevropa Ittifoqiga tegishli boʻlmagan toʻlovlar uchun qoʻshimcha €5,750 gacha mablagʻ ajratiladi.

Ajratiluvchi mablagʻlarning umumiy yillik miqdori: €31,000.

Hujjat topshirish

Dasturga hujjat tорshirish uchun nоmzоdalar ushbu havоla оrqali registratsiyadan оʼtishi va kerakli maʼlumоtlarni tоʼldirishi lоzim.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza shaklini toʻldirish;
  2. Bakalavr yoki magistrlik diplomining tasdiqlangan nusxasi.
  3. Nomzodning ORCID havolasi (bu yerdan roʻyxatdan oʻtish mumkin).
  4. Nomzodga tavsiyanoma beruvchi 2 ta taqrizchining arizasi (taqrizchlar mustaqil roʻyxatdan oʻtishlari kerak; namuna uchun)
  5. Nomzodning asosiy rahbari arizasi (ilmiy rahbar nomzoddan alohida tarzda mustaqil roʻyxatdan oʻtishi lozim; namuna uchun);
  6. Pasport nusxasi (soʻralishi mumkin);

Eslatma:

  • Onlayn arizani toʻldirishdan oldin yoʻriqnoma bilan batafsil tanishib chiqish shart!
  • Ariza topshirish boʻyicha umumiy tavsiyalar ushbu havolada;
  • Ingliz yoki irland tilida toʻldirilgan arizalargina qabul qilinadi;
  • Yuqoridagi hujjatlar umumiy boʻlib, nomzod tanlagan universitetiga qarab qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Ikki toifadagi arizachilar imtiyozli o‘qishga da’vogarlik qilishlari mumkin:

  1. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatning doimiy yoki vaqtinchalik fuqarolari;
  2. Birinchi toifaga kirmaydigan barcha.

Garchi stipendiya, asosan, birinchi toifadagi arizachilarga ajratilsa-da, ikkinchi toifaga mansub nomzodlar ham yetarli foizlarda STEM yoki AHSS yo‘nalishlari bo‘yicha stipendiyani qo‘lga kiritib kelishmoqda.

Har bir ariza va material alohida ko‘rib chiqiladi. Mukofot egalari kamida 2 ta mustaqil hamkor tekshiruvchilar bahosiga asoslanib, loyiqlik darajasiga ko‘ra shaffof, xolis va adolatli tanlov tartibidan so‘ng tanlanadi. Arizalarni saralashda arizachilarning ismi, tug‘ilgan sanasi va jinsi komissiyaga ma’lum qilinmaydi. Eng yuqori baholarni qo‘lga kiritgan arizachilar Irish Research Council ga tavsiya qilinadi. Yakuniy qaror Irish Research Council tomonidan qabul qilinadi. 

Arizalar 4 sarlavha asosida saralanadi:

  1. Arizachi;
  2. Loyiha;
  3. Taklif qilinayotgan (loyiha/tadqiqot)ni o‘qitish va rivojlantirish yo‘llari;
  4. Atrof-muhit.
  • 10-oktabr, 2024-yil, Toshkent vaqti bilan 19:00 ga qadar nomzodlar arizani topshirib bo‘lishlari shart.
  • Nomzodning ilmiy rahbari va taqrizchilari arizasi uchun oxirgi muddat esa 17-oktabr. 
  • Ilmiy idorani tasdiqlash muddati 24-oktabrda yakunlanadi. 
  • Natijalar 2024-yilning aprel oyida e’lon qilinadi. 
  • Ijobiy yakuniy xulosani qo‘lga kiritganlar 1-sentabr, 2025-yildan o‘qishni boshlari mumkin.

Nomzodlar tanlagan o‘qish turiga qarab (an’anaviy magistratura va doktorantura; ixtisoslashtirilgan magistratura va doktorantura) o‘qiydilar va stipendiyani qo‘lga kiritadilar. 

Qoʻshimcha maʼlumot va savollar uchun:

Irlandiya
Irlandiyada magistratura va doktoranturani istalgan yo‘nalish bo‘yicha o‘qish imkonini beruvchi Government of Ireland Postgraduate Scholarship dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar