Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Orol dengizining qurigan tubidagi yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish, suvni tejash hamda tuzni kamaytirish muammolarining ilmiy yechimini taʼminlashga mavjud ilmiy-innovatsion salohiyatni jalb etish maqsadida amaliy va innovatsion loyihalar milliy tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovning asosiy maqsadi – Orol muammosining salbiy taʼsirini kamaytirish asosida mintaqa aholisi turmush sharoiti va sifatini yaxshilash, Orol dengizining qurigan tubi tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirilgan urugʻ zaxirasi mavjud boʻlgan tayyor oʻsimliklar yoki ekin turlari mavjud boʻlgan navlar ekilgan maydonlarini kengaytirish, hududda yerdan foydalanish samaradorligini oshirish, tuproq tarkibidagi tuzni kamaytirish va Orol tubida chorvachilikni rivojlantirish muammolarining ilmiy yechimini taʼminlashga qaratilgan samarador yangi texnologiyalar, innovatsion usul va vositalarga asoslangan eng yaxshi amaliy yechimlarni tanlab olishdan iborat.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablari doirasida bajariladigan amaliy va innovatsion loyihalar 4 amaliy yoʻnalishlarda ishlab chiqilishi lozim. Saralangan loyihalar moliyalashtirilishi uchun 1,0 mlrd soʻmgacha grant mablagʻi ajratiladi.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablari doirasida bajariladigan amaliy va innovatsion loyihalar quyidagi 4 amaliy yoʻnalishlarda ishlab chiqilishi lozim:
Dastur talab va shartlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Tanlov gʻoliblari loyihalari quyidagicha moliyalashtiriladi:
Tanlov manfaatli jihatlari boʻyicha batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qatʼiy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining toʻliqligi, ishonchliligi va haqqoniyligi, koʻchirmachilikka (plagiatga) yoʻl qoʻyilmaganligi, belgilangan talablar asosida shakllantirilganligi, shuningdek loyiha yakunida qoʻlga kiritiladigan muhim ilmiy natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq toʻliq asoslanganligi va soʻralgan mablagʻlarning toʻgʻri hisob-kitob qilinganligi/asoslanganligi, shuningdek, tanlovga taqdim etilgan loyihalarni amalga oshirish muddatlarining tanlov shartlariga mosligi boʻyicha dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi.
Dastlabki texnik ekspertizadan oʻtmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilgan amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalari ular yakunlanganidan soʻng toʻliq tijoratlashtirilishi shart.
Taqdim etilgan loyihalardagi maʼlumotlarning toʻliqligi, haqqoniyligi va ishonchliligi hamda ilmiy loyihalarning natijadorligi, tijoratlashtirish salohiyati, loyihada rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqotlarni toʻla va oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy loyihani bajaruvchi ijrochi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarning masʼul xodimlari javobgar hisoblanadilar.
Tanlovga taqdim etiladigan loyihani amalga oshirish uchun soʻralayotgan umumiy moliyalashtirish hajmini (5-shakl) hisoblashda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ushbu havolaga joylashtirilgan hisob-kitob shaklidan foydalanish tavsiya etiladi.
Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovlar natijalarni aniqlash boʻyicha interfaol xizmat” sahifasi, shuningdek www.mininnovation.uz veb-saytidagi “Tanlovlar” ruknining “Tanlov natijalari” interaktiv xizmati orqali taqdim etib boriladi.
Ilmiy loyihalarni grant.mininnovation.uz elektron platformasi orqali elektron roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq texnik masalalar boʻyicha Innovatsion rivojlanish vazirligining texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash xizmati: +998-71-203-32-32.