Umumiy maʻlumotlar
Shveysariyaning École polytechnique fédérale de Lausanne (EPFL) — Kompyuter va aloqa fanlari maktabi chet ellik talabalarga yozgi amaliyot dasturini taklif qiladi.
Ishtirokchilar kuchli va tajribali mutaxassislar bilan hamkorlikda yangi koʻnikmalarni oʻrganish va oʻzlari tanlagan sohada tajriba orttirish imkoniyatiga ega boʻladilar. Dastur tanlangan sohaga qarab 2-3 oy davom etadi va talabalar oylik stipendiya bilan taʼminlanadi, yoʻl xarajatlari qoplab beriladi.
Nomzodlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻqiyotgan boʻlishi kerak:
- Kompyuter fanlari;
- Kompyuter muhandisligi;
- Telekommunikatsiyalar;
- Elektr muhandisligi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Dasturda bakalavriat va magistratura talabalari qatnashishi mumkin (bakalavriat dasturining kamida 1-yilini muvaffaqiyatli tamomlagan boʻlish shart);
- Yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlish lozim;
- Nomzod kompyuter fanlari, kompyuter muhandisligi, telekommunikatsiyalar yoki elektr muhandisligi yoʻnalishlaridan birida tahsil olayotgan boʻlishi kerak;
- PhD talabalari qabul qilinmaydi.
Foydali tomonlari
- Yashash xarajatlari uchun CHF 1,800 (~$2,045) miqdorida oylik stipendiya beriladi;
- Sayohat xarajatlari qoplanadi (temiryoʻl yoki ekonom klassda aviachipta);
- Amaliyot davomida oʻz sohasi boʻyicha tajriba yigʻish imkoniyati.
Hujjat topshirish
Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.
Talab qilinadigan hujjatlar:
- CV;
- Universitetdagi akademik transkriptlar va uning inglizcha tarjimasi;
- Motivatsion xat (nega dasturda qatnashmoqchiligi haqida batafsil maʼlumot berilgan boʻlishi kerak).
Muhim: Barcha hujjatlar bitta PDF fayl shaklida ingliz tilida topshirilishi lozim.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
- Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 2-dekabr, 2024-yil (16:39);
- Natijalar 2025-yil 25-yanvardan kechikmasdan elektron pochta orqali xabar qilinadi;
- Email: summer@epfl.ch;
- Takroran soʻraladigan savollarga javob bu yerda.