Buyuk Britaniyada doktorantura va magistraturada oʻqish uchun xarajatlari toʻliq qoplanuvchi stipendiya dasturi — Gates Cambridge Scholarship

Buyuk Britaniyada doktorantura va magistraturada oʻqish uchun xarajatlari toʻliq qoplanuvchi stipendiya dasturi — Gates Cambridge Scholarship

  • 04/09/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Buyuk Britaniya Davlat
  • 03.12.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Gates Cambridge Scholarship — Geyts Kembrij stipendiya dasturi har yili Buyuk Britaniyadan tashqari barcha mamlakat fuqarolaridan 80 kishi uchun xarajatlari toʻliq qoplanuvchi stipendiya dasturini taklif etadi. Ushbu kvotaning taxminan, ⅔ qismi PhD talabalari uchun boʻladi. Stipendiya dasturida AQShdan 25 ta va qolgan barcha davlatlardan 55 kishi uchun oʻrin moʻljallangan,

Tanlov mezonlari quyidagilardan iborat:

  • Yuqor intellektual salohiyat;
  • Kurs tanlovidagi sabablarning asosli ekanligi;
  • Oʻzgalarning hayotini yaxshilash hissi;
  • Yetakchilik salohiyati.

Dasturning maqsadi dunyo boʻylab oʻzgalarning hayotini yaxshilashga intiluvchan hamda yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlgan shaxslarni bir nuqtaga toʻplashdan iborat.

Kembrij universitetida quyidagi kurslardan birini oʻtash uchun ariza berish mumkin:

  • PhD (full-time yoki part-time)
  • Mlitt — The Master of Letters — Ixtisoslashgan magistratura (full-time)
  • Bir yillik magistratura (full-time)

Eslatma: Ushbu havola orqali berilgan kurslar uchun stipendiya ajratilmaydi.

Dastur stipendiyaga tayinlangan nomzodning xarajatlarini toʻliq qoplaydi hamda zarur boʻlgan taqdirda qoʻshimcha yordam mablagʻi ham ajratiladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda Buyuk Britaniya mamlakatidan tashqari barcha davlat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin;
  • Kembrij universitetiga PhD (to'liq yoki yarim shtatda), magistratura (to'liq shtatda) yoki 1 yillik bakalavrdan keyingi kursga (to'liq shtatda) o'qishga topshirishi kerak;
  • Nomzodlar oldingi oʻqish joylaridan aʼlo baholarga, soha doirasida maʼlum miqdorda tajriba hamda tavsiyanomalarga ega boʻlishlari lozim.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin,

Foydali tomonlari

  • Gates Cambridge stipendiyasi grant sohibining xarajatlarini toʻliq taʼminlaydi;
  • Bundan tashqari nomzodlarga qoʻshimcha hamda ixtiyoriy moliyaviy mablagʻlar ham ajratilishi mumkin.

Mazkur stipendiya toʻlashi mumkin boʻlgan quyidagi asosiy xarajatlar qoplanadi:

  • Gʻolibning tegishli stavka boʻyicha universitetda oʻqish toʻlovi qoplanadi;
  • Bitta talaba uchun stipendiya miqdori 2024-2025 stavkasi boʻyicha 12 oy uchun £21,000 pul miqdorini tashkil qiladi;
  • PhD olimlari uchun grant 4 yilgacha amal qiladi;
  • Oʻqish boshlanishi va tugashidagi borish-kelish aviachipta toʻlovlari qoplanadi;
  • Kirish vizasi xarajatlari va sugʻurta xarajatlari toʻliq toʻlab beriladi.

Bundan tashqari qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash uchun nomzodlarga quyidagi moliyaviy yordam turi ham berilishi mumkin:

  • Akademik rivojlanishni moliyalashtirish — konferensiyalar va kurslarda qatnashish uchun kurs davomiyligiga qarab £ 500 dan £ 2,000 gacha;
  • Oilaviy nafaqa — bitta bola uchun 11 604 funt sterlinggacha va ikki yoki undan ortiq bola uchun 16,548 funt sterlinggacha (2023-24 stavkasi). Turmush oʻrtoq uchun pul ajratilmaydi;
  • Nomzod doktorlik dissertatsiyasining bir qismi sifatida dala ishlarida boʻlgan taqdirda odatdagi texnik nafaqani saqlab qolish uchun ariza berishlari mumkin;
  • Onalik/otalikni moliyalashtirish. Agar kerak boʻlsa, stipendiat 6 oygacha oʻqishni toʻxtatish uchun ariza topshirishi va shu vaqt ichida parvarishlash uchun nafaqa olishni davom ettirishi mumkin;
  • Qiyinchiliklarni moliyalashtirish. Nomzod duch keladigan kutilmagan qiyinchiliklar uchun moʻljallangan.

Eslatma: Agar ishtirokchi ish beruvchidan maosh olayotgan boʻlsa yoki boshqa katta stipendiyaga ega boʻlsa, The Trust (homiy) stipendiya miqdorini kamaytirish yoki toʻlamaslik huquqini oʻzida saqlab qoladi. Agar nomzod Kembrijdagi ilmiy darajasi uchun biron-bir mablagʻ ajratilgan boʻlsa, bu haqda maʼlumot berishi lozim.

Koʻpgina xarajatlar stipendiya tomonidan qoplanadi, ammo Geyts Kembrij dastgoh toʻlovlari yoki ilmiy asbob-uskunalar yoki shunga oʻxshash akademik resurslar xarajatlarini qoplamaydi. Bunday asosiy kurs xarajatlari Kembrijdagi akademik boʻlim tomonidan qoplanishini kutilmoqda.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Nomzodlar oʻz arizalarini qabul qilish va moliyalashtirish uchun universitetning “Bitiruvchilar uchun ariza topshirish portali” orqali topshiradilar.

Geyts Kembrij stipendiyasini olish uchun nomzod kurs/kollejga kirish uchun ariza berish boʻlimini va moliyalashtirish boʻlimining Geyts Kembrij qismini toʻldirishlari lozim.

Ariza shaklida nomzodlardan quyidagilar soʻraladi:

  • Nomzod nega bu kursga ariza topshirayotgani haqida 3000 ta belgi (taxminan 500 ta soʻz) dan iborat boʻlgan insho;
  • PhD nomzodlari uchun tadqiqot ishi;
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.

Hujjatlar haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Dasturga ariza topshirish uchun ushbu havola orqali universitet kurslaridan maʼquli tanlab olinadi va portal orqali ariza topshiriladi.

Dasturga ariza topshirishning soʻnggi muddati kurs turiga qarab 2023-yil 6-dekabr soat 03:59 yoki 2024-yil 5-yanvar soat 03:59   qilib belgilangan. Kurslarga topshirishning soʻngi muddati bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dasturga topshirilgan arizalar dekabr-fevral oylarida koʻrib chiqiladi. Mart oyining soʻngiga qadar nomzodlarga stipendiya taklif etiladi va ushbu stipendiya 72 soat ichida tasdiqlanishi lozim.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: info@gatescambridge.org

Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniyada doktorantura va magistraturada oʻqish uchun xarajatlari toʻliq qoplanuvchi stipendiya dasturi — Gates Cambridge Scholarship

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar