Yoshlar ishlari agentligi yoshlarni turizm, IT, media, biznes, taʼlim, moliya, huquq, arxitektura sohalarida koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan 1 haftalik Skills Camp loyihasini eʼlon qiladi. Dastur yoshlarni yuqori talabdagi kasb-hunarga yoʻnaltirish va kerakli koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Mehnatsevar loyihasi doirasidagi Skills Camp oromgohi 1-mavsumidan farqli ravishda, 2-mavsumda faqat ikkita yo'nalish qamrab olinadi: IT va biznes.
Loyihada ishtirok etish mutlaqo bepul. Ariza topshirganlar orasidan jami 180 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.
Loyihada 14-19 yosh oraligʻidagi nomzodlar qatnashishi mumkin. Dasturda qatnashish uchun nomzodlarning IELTSdan kamida 5.0 yoki shu darajaga teng CEFR yoki DET sertifikatlari boʻlishi zarur (biznes yo'nalishi uchun).
Roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2023-yil 16-iyungacha davom etadi. Saralash natijalari 18-iyun kuni eʼlon qilinadi. Oromgohga esa 20-iyun kuni erta tongda yoʻlga chiqiladi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:
Eslatma: avvalgi mavsumda qatnashganlar dasturda qatnashish huquqiga ega emas.
Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:
Dastur bo'yicha eng ko'p beriladigan savollarga ushbu havola orqali javob topish mumkin.
Dastur telegram sahifasi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.