8-18 yoshlilar uchun kompyuter o'yinlari boʻyicha virtual tanlov — NASEF Farmcraft™ 2022

8-18 yoshlilar uchun kompyuter o'yinlari boʻyicha virtual tanlov — NASEF Farmcraft™ 2022

  • 16/02/2022 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 31/03/2022 23:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    8 yoshdan 18 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

NASEF Farmcraft™ 2022 oʻsib borayotgan dunyoni barqaror oziqlantirishda innovatsion texnologiyalarning rolini oʻrganib, qishloq xoʻjaligi, atrof-muhit va oziq-ovqat xavfsizligi oʻrtasidagi interfeysga eʼtibor qaratadi. Jamoalar AQSh missiyalari bilan hamkorlikda ommaviy diplomatiya dasturlari doirasida oʻz virtual dunyolarini yaratadilar va bir-birlari bilan raqobatlashadilar.

Tanlov doirasidagi topshiriqlarning maqsadi haqiqiy ishlab chiqarish, savdo va atrof-muhit sharoitlariga mos keladigan qishloq xoʻjaligi tizimlarini yaratishdan iborat boʻladi.

Dasturda 3 xil yosh kategoriyasi mavjud boʻlib, bular:

  • 8-13; yoshli kichik yoshdagilar guruhi;
  • 13-18; katta yoshdagilar guruhi;
  • 8+ va jamoa aʼzosi sifatida qatnashuvchi katta yoshlilar guruhi.

Tanlovda ishtirok etuvchilar jamoa yoʻriqnomasida berilgan qoidalarga amal qilishlari lozim. Qoidalarni buzuvchilar uchun ariza berish tartibi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Musobaqada gʻoliblar raqobatdosh jamoalar orasidan koʻrsatgan miqdoriy koʻrsatkichlari (hosildorlik, atrof-muhitga taʼsir) asosida tanlanadi va turli xil sovgʻalar bilan mukofotlanadi.

Maqbullik shartlari

Dasturda qatnashish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • Har bir jamoa aʼzosi 8-18 yoshda boʻlishi kerak;
  • Ishtirokchilar NASEF veb-saytida toʻliq roʻyxatdan oʻtishlari kerak. Roʻyxatdan oʻtish shakli homiy (oʻqituvchi, ota-ona yoki vasiy) sifatida kattalar tomonidan toʻldirilishi lozim;
  • Jamoalar kamida 2 ta, koʻpi bilan 4 ta aʼzoga ega boʻlishi kerak. Ikki nafardan kam aʼzosi boʻlgan jamoalar NASEF Farmcraft™ 2022 talablariga koʻra tanlovda qatnasha olmaydi;
  • Jamoaga nom berilishi lozim;
  • Har bir jamoa aʼzosi roʻyxatdan oʻtish va birgalikda musobaqada qatnashish uchun bir mamlakatda yashashi kerak;
  • Har bir jamoa aʼzosi Jamoa qoʻllanmasini oʻqishi va rozi boʻlishi kerak. Jamoa qoʻllanmasi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin;
  • Tanlovda nomzodlar oʻzlarining original ishlari bilan qatnashishi lozim. Ishlar odobsiz yoki haqoratomuz boʻlmasligi, zoʻravonlik yoki har qanday etnik, irqiy, jinsiy, kasbiy yoki yoshni kamsitmasligi, nafrat yoki nafratning har qanday shaklini maʼqullamasligi, shaxsiyatga tajovuz qilmasligi va amaldagi har qanday qonunni buzmasligi kerak;
  • Har bir jamoa aʼzosi jamoaviy raqobatlashish huquqiga ega boʻlishi uchun ota-onaning roziligiga ega boʻlishi kerak;
  • Tanlov mavsumi boshlanishi bilan oʻyinchi faqat bitta jamoada boʻlishi mumkin;

Dasturda qatnashish uchun oʻrnatilgan texnik talablar:

  • Jamoaning barcha aʼzolari oʻzlari tanlagan sozlamalar, jumladan, kompyuterning ishlashini (apparat, tashqi qurilmalar, internet aloqasi va quvvat) taʼminlash uchun javobgardir;
  • Ishtirokchilar Minecraft ilovasini yuklab, uning Education Edition shaklidan foydalanishlari lozim. Ushbu ilovadan foydalanish yoʻriqnomasi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
  • Ushbu ilovani noutbuk, Mac yoki IPad qurilmalarida oʻrnatish mumkin;
  • NASEF barcha roʻyxatdan oʻtgan va tanlangan jamoa aʼzolariga tizimga kirish uchun hisobga olish maʼlumotlarini taqdim etadi;
  • Shuningdek, ishtirokchilar videolarni yuklash uchun Flipgrid ilovasini yuklab olishlari lozim. Ushbu ilovani kamerasi boʻlgan har qanday qurilmada ishlatish mumkin;
  • Ishtirokchilar internet tarmogʻiga ulanish imkoniyatiga ega boʻlishlari va qurilma quvvatini taʼminlashlari lozim.

Dastur maqbullik jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar:

  • Ilm-fan va texnologiya boʻyicha xalqaro miqyosda raqobatlashishlari;
  • Minecraft oʻynab, atrof-muhit, iqlim, oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish haqida oʻrganishlari;
  • Qimmatbaho sovgʻalarni yutib olishlari mumkin.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Tanlovda qatnashish uchun jamoa homiysi (ota-ona, oʻqituvchi yoki vasiy) jamoani ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtkazishi lozim. Jamoa homiysi jamoa roʻyxatdan oʻtishi uchun javobgar boʻladi.

Ariza quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:

  • Voyaga yetgan homiyning ism-familiyasi;
  • Shahar;
  • Shtat/viloyat/hudud;
  • Mamlakat;
  • E-pochta manzili;
  • Telefon raqami;
  • Jamoa nomi;
  • Boʻlim;
  • Har bir jamoa aʼzosi uchun:;
  • Ism-familiya;
  • Yosh;
  • Baho (joriy);
  • Maktab nomi;
  • Ota-onasining ism-familiyasi;
  • Ota-onasining elektron pochta manzili.

Ota-ona roziligi haqidagi shakl toʻldirilishi bilan, jamoa homiysining email manziliga Minecraft:Education Edition ilovasini yuklab olish uchun havola va hisob (akkaunt) ochish uchun username va kalit soʻz (parol) berilgan xabar yuboriladi. Kalit soʻzlar hech kim bilan almashinmasligi kerak.

Minecraft va Flipgrid ilovalarida ishlash yoʻriqnomasi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

NASEF Farmcraft™ 2022 ning Oʻzbekiston jamoasiga ushbu havola orqali qoʻshilish yoki jamoa tashkil qilish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Muhim xabar va eʼlonlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Tadbirlar, yigʻilishlar va yangiliklar jamoa homiysining elektron pochta manziliga yuboriladi.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun:

info@NASEF.org

AQSh
8-18 yoshlilar uchun kompyuter o'yinlari boʻyicha virtual tanlov — NASEF Farmcraft™ 2022

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar