18 yoshdan yuqori boʻlgan innovator yoshlar uchun Create the Future Design Contest tanlovi. Bosh mukofot — $25,000

18 yoshdan yuqori boʻlgan innovator yoshlar uchun Create the Future Design Contest tanlovi. Bosh mukofot — $25,000

  • 01/03/2024 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 02/07/2024 08:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    18 yoshdan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

COMSOL, Inc., Mouser Electronics va SAE International kompaniyasi hamda SAE Media Group (SMG) homiyligida Create the Future Design Contest tanlovi 2024-yil uchun ariza topshirishni ochiq deb eʼlon qiladi.

Dasturda dunyoning istalgan burchagidan 18 yosh va undan kattalar ishtirok etishi mumkin.

Nomzodlar tanlovda 7 ta kategoriya boʻyicha oʻz dizaynlari bilan qatnashishlari mumkin:

Arizalarni topshirish jarayonida nomzodlar ushbu havola orqali berilgan yoʻl-yoʻriqlar hamda innovatsion fikrlar bilan tanishib chiqishlar mumkin.

Tanlovda bosh mukofot $25,000 qilib belgilangan. Bundan tashqari 7 nafar mintaqaviy gʻoliblar, 10 nafar eng faol ishtirokchilarga ham bir qator mukofotlar berilishi koʻzda tutilgan.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturda qatnashish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • Nomzodlar 18 yosh yoki 18 yoshdan yuqori boʻlishi kerak. Jamoa boʻlib ishtirok etilgan taqdirda, jamoa sardori 18 yosh yoki undan yuqori boʻlsa yetarli. Qolgan ishtirokchilarning yoshi ahamiyatga ega emas;
  • Dunyo boʻylab barcha mamlakat fuqarolari qatnasha oladi. Cheklovlar oʻrnatilgan davlatlar bundan mustasno;
  • Qatnashchilar yakka tarzda yoki jamoa boʻlib qatnashishlari mumkin;
  • Birlamchi homiylarning, ularning bosh kompaniyalarining, shoʻba korxonalarining, vakillarining va reklama/promouterlik agentliklarining xodimlari va yaqin qarindoshlari tanlovda ishtirok etish huquqiga ega emas;
  • Tanlovga har bir kategoriya boʻyicha istalgan miqdorda ishlarni topshirish mumkin. Lekin ishlar bir birini takrorlamasligi va oʻziga xos boʻlishi kerak;
  • Ishlar elektron tarzda ushbu formaga amal qilgan holda topshirilishi lozim;
  • Ishlar tanlovga ariza topshirish vaqtida hali ishlab chiqarilmagan yoki ushbu vaqtdan soʻng 12 oy ichida tijorat bozoriga kiritiladigan mahsulotlarning dizayni uchun boʻlishi lozim. Dasturga hujjat topshirish vaqtida 12 oydan ortiq vaqt davomida sotuvda mavjud boʻlgan mahsulotlar ushbu tanlov uchun mos emas;
  • Topshirilgan dizaynlar original boʻlishi, qatnashchining oʻzigagina tegishli boʻlishi hamda oʻzgalarning huquqlarini poymol qilmasligi kerak;
  • Taqdim etilgan materiallarda uchinchi tomondan yaratilgan kontent (masalan, uchinchi tomon logotiplari yoki boshqa savdo belgilari, mualliflik huquqi bilan himoyalangan material yoki boshqa mulkiy huquqlari) kontent egasining yozma ruxsati yoki litsenziyasisiz boʻlmasligi lozim;
  • Ishtirokchilar homiylar ular bilan bogʻlanishlari uchun tanlov arizasida soʻralgan maʼlumotlar, jumladan ism, manzil, elektron pochta manzili va telefon raqamini koʻrsatishlari lozim;
  • Jamoa tomonidan qoʻlga kiritilgan har qanday sovrin ariza varaqasida koʻrsatilgan jamoa rahbariga beriladi.

Ishlarga qoʻyilgan talablar:

  • Nomzod rasmiy ariza topshirish formasini toʻldirishi va oʻz ishlari bilan birgalikda eng kamida 1 ta rasm joylashi kerak;
  • Tanlov tomonidan belgilangan 7 ta kategoriyadan biri tanlanishi lozim;
  • Nomzod oʻz ishiga 500 soʻzdan iborat boʻlgan ingliz tilidagi tavsifnoma topshirishi lozim;
  • Ishlar quyidagi 3 ta kriteriya boʻyicha baholanadi:

- innovatsiyaligi (50%)

- istiqboli/ishlab chiqarish imkoniyati (25%)

- Sotish qobiliyati (25%)

  • Oldingi yil qatnashchilarining dizaynlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin;
  • Nomzodlardan kamida bitta (lekin uchtadan koʻp boʻlmagan) vizual rasmlarni yuklashlari soʻraladi. Fayllar PDF (bitta sahifali), GIF, JPEG yoki PNG shaklida boʻlishi lozim.
  • Vizual rasmlar nomzodning dizayn haqida tavsifnomasini toʻldirishi kerak va ular chizmalar, fotosuratlar, diagrammalar yoki SAPR tasvirlari boʻlishi mumkin. Fayl hajmi har bir rasmda 500 kb dan oshmasligi kerak;
  • Rasmsiz yuborilgan arizalar avtomatik ravishda istisnolarsiz tanlovdan chetlatiladi. Tanlov maʼmuriyati PowerPoint taqdimotlarini, oq qogʻozlarni yoki boshqa hujjatlarni rasm sifatida qabul qilmaydi.
  • Tavsiflovchi matn ariza formasida koʻrsatilgan maydonga kiritilishi kerak;
  • Nomzodlar oʻz ishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻshimcha ravishda video lavha ham joʻnatishlari mumkin. Qatnashchilardan videoni oldin You Tube platformasiga joylab, uning linkini arizada qoldirishlari soʻraladi.

Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • Grand Prize mukofoti nomzodiga COMSOL va Mouser Electronics tomonidan 25,000 AQSh dollari taqdim etiladi;
  • Har bir mintaqadan mintaqaviy gʻoliblarga (jami 7 ta) HP va NVIDIA kompaniyasining ish stansiyasi kompyuteri beriladi;
  • Onlayn ovoz berish orqali aniqlangan eng mashhur oʻntalikka magnitli toʻplamlar topshiriladi;
  • Hakamlar bahosiga koʻra eng koʻp ball toʻplagan 100 nafar ishtirokchi sertifikatga ega boʻladi.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga ariza topshirish uchun nomzodlar ushbu havolada roʻyxatdan oʻtishlari, joʻnatilgan e-mail xabarni tasdiqlab, kerakli ariza formasini toʻldirishlar lozim.

Dasturga ariza topshirishning soʻngi muddati: 2024-yil 2-iyul 8:59 (Toshkent vaqti bilan)

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Eng koʻp berilgan savollar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar ushbu havola orqali amalga oshiriladi.

AQSh
18 yoshdan yuqori boʻlgan innovator yoshlar uchun Create the Future Design Contest tanlovi. Bosh mukofot — $25,000

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar