Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (WIPO) akademiyasi ixtirochi, ijodkor, biznes menejerlar, IP boʻyicha mutaxassislar, siyosatchilar, IP institutlarining hukumat amaldorlari, diplomatlar, IP va fuqarolik jamiyatining talaba va oʻqituvchilari uchun bepul onlayn kurslarni taqdim etadi. Kurslar taniqli IP mutaxassislarining global tarmogʻi tomonidan yettidan ortiq tilda oʻqitiladi.
Akademiya innovatsiyalar uchun muhim boʻlgan IP sohasida inson salohiyatini oshirishga yordam berish uchun ishlaydi. Shuning uchun ham kurs innovatsiyalar, ijodkorlik va rivojlanishni qanday ragʻbatlantirishni tushuntiruvchi oflayn va onlayn taʼlim metodologiyalarini birlashtiradi.
Onlayn kurslar quyidagi mavzularni qamrab oladi:
Maʼlumot uchun: Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) intellektual mulk (IP) xizmatlari, siyosati, axborot va hamkorlik uchun global forumidir. Tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkilotining oʻz-oʻzini moliyalashtirgan agentligi boʻlib, unga 193 ta davlat aʼzo. Tashkilotni BIMT davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish orqali butun dunyo boʻylab intellektual mulkni (IP) targʻib qilish va himoya qilish uchun yaratilgan.
Tashkilotning vazifasi barcha manfaati uchun innovatsiyalar va ijodkorlikni taʼminlaydigan muvozanatli va samarali xalqaro IP tizimini rivojlantirishga rahbarlik qilishdir.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Eslatma: Yuqoridagilar nomzodlarga qoʻyilgan umumiy talablardir. Taklif qilinayotgan kursning turiga qarab talablar oʻzgarishi mumkin. Shuning uchun tanlangan kursning ichki talablari bilan tanishib chiqish lozim.
Har bir kurs oxirida yozma insho yoki test koʻrinishida yakuniy imtihon boʻladi. Faqat imtihondan oʻtganlar maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi;
Onlayn kurslar haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Kurs haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali olish mumkin: