Umumiy maʻlumotlar
AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi Fudokan Karate-Do boʻyicha professional instruktorlar, Amerika psixologlar assotsiatsiyasi aʼzosi boʻlgan professional psixolog – AQSh xalqaro almashinuvi dasturlarining bitiruvchilari – bilan hamkorlikda qizlar va ayollar oʻzlarini himoya qilishlari uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar va oʻz-oʻziga boʻlgan ishonchni rivojlantirishga qaratilgan oʻz-oʻzini himoya qilish boʻyicha oʻquv dasturining 2022-yildagi ilk raundini Toshkent shahrida boshlamoqda.
Mazkur loyihaning oʻtgan yilgi muvaffaqiyati, ishtirokchilarning ijobiy fikr-mulohazalari, mahalliy hamjamiyatga koʻrsatgan foydasiga tayangan holda hamda oʻz-oʻzini himoya qilish dasturlariga boʻlgan katta talabni inobatga olib, tashkilotchilar mazkur loyihani 2022-yilda ham davom ettirishga qaror qildi.
Mashgʻulotlar 2022-yil fevral oyidan boshlab BeFit Box zamonaviy sport zalida uch oy davomida oʻtkaziladi. Mashgʻulotlarning aniq boshlanish sanasi boʻyicha maʼlumot tanlab olingan barcha ishtirokchilarga qoʻshimcha ravishda yetkaziladi. Ikkita yosh toifasida guruhlar tashkil etiladi:
- A guruhi: 13 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan qizlar – dushanba, chorshanba va juma soat 15:00 dan 16:00 gacha.
- B guruhi: 18 yoshdan oshgan ayollar – dushanba, chorshanba va juma soat 21:00 dan 22:00 gacha.
Har bir guruh ishtirokchilari soni 30 kishidan oshmaydi.
Maqbullik shartlari
Mashgʻulotda qatnashish uchun ishtirokchilar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- Mashgʻulotlar jismoniy tayyorgarlik darajasidan yoki oldingi mashgʻulot tajribasidan qatʼi nazar, 13 yoshdan oshgan qizlar va ayollar uchun moʻljallangan;
- Nomzod ayol-qizlar 2022-yil fevral oyidan boshlab 3 oy davomida Toshkent shahrida boʻlishi kerak.
Foydali tomonlari
Mashgʻulotga qabul qilingan ayol-qizlar quyidagi imtiyozlarga boʻladi:
- Mashgʻulotda bepul ishtirok etadilar;
- Oʻzlarini jismoniy zoʻravonlikdan himoya qilish, yaxshi jismoniy holat va osoyishtalikni saqlash uchun bir qator texnika va mashqlarni oʻrganadilar;
- Nizolarni hal qilish, ochiq muloqot va stressni boshqarish usullari haqida maʼlumotga ega boʻladilar;
- Fudokan Karate-Do boʻyicha professional instruktorlar, Amerika psixologlar assotsiatsiyasi aʼzosi boʻlgan professional psixolog – AQSh xalqaro almashinuvi dasturlarining bitiruvchilari – bilan hamkorlikda qizlar va ayollar oʻzlarini himoya qilishlari uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar va oʻz-oʻziga boʻlgan ishonchni rivojlantirish imkoniga ega boʻladi.
Hujjat topshirish
Mashgʻulotda ishtirok etish uchun ayol-qizlar ushbu ariza shaklini toʻldirishlari kerak.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Muhim eslatmalar:
- Ushbu loyiha faqat qizlar va ayollar uchun moʻljallangan;
- Mashgʻulotlar bepul;
- Ishtirokchilar qatnashish uchun taqdim etilgan arizalar asosida tanlanadi;
- Darslar Toshkentdagi BeFit Box fitness-klubida oʻtkaziladi.
Murojaatlar uchun:
Tel.: +998 781205450.