IT sohasiga qiziquvchi ayol-qizlar uchun "Raqamli Avlod Qizlari " Respublika tanlovi

IT sohasiga qiziquvchi ayol-qizlar uchun "Raqamli Avlod Qizlari " Respublika tanlovi

  • 19/03/2024 Qabul boshlanishi
  • Bepul Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • Iloji boricha tez Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Qizlarning axborot-texnologiyalari sohasiga qiziqishini oshirish hamda ishtirokini ragʻbatlantirishga, taʼlimni targʻib qilishga va yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan “Digital Generation Uzbekistan” NNT tomonidan navbatdagi “Raqamli avlod qizlari” loyihasiga start berilmoqda.

24-29-aprel kunlari “Renessans” oromgohida “Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovi boʻlib oʻtadi.

Dasturda quyidagi yo'nalishdagi loyihalar bilan qatnashish mumkin:

  • Ta'lim;
  • Sun'iy intellekt;
  • Iqlim o'zgarishi.

Tajribali mentorlar tomonidan professional darslar va xalqaro kompaniyalar ekspertlarining mahorat darslari tadbir ishtirokchilarini kutmoqda!

Maqbullik shartlari

  • Dasturda axborot-texnologiyalari (IT)sohasiga qiziquvchi barcha ayol-qizlar qatnashishi mumkin.

Foydali tomonlari

  • AQSH ta'lim sayohatini yutib olish imkoniyati;
  • Sertifikat va yangi do'stlar orttirish;
  • IT bo'yicha bilimlarni oshirish;
  • Seminarlar va qiziqarli dasturlar;
  • To'liq moliyalashtirilgan oromgoh.

Hujjat topshirish

Roʻyxatdan oʻtish ushbu havola orqali amalga oshiriladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

“Raqamli avlod qizlari” loyihasida 5 kun davomida ishtirokchilar oʻzlari tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha malakali mentorlardan darslar oladilar. Shu bilan birga, mashgʻulotlar davomida oʻzlari mustaqil tarzda, oʻrganganlari asosida loyihalar ishlab chiqadilar.

Ushbu loyiha darslardan tashkil etgan oddiy tadbir emas, balki qizlarning axborot-texnologiyalari sohasidagi bilim va koʻnikmalari, yetakchilik qobiliyatlari, jamoa bilan ishlash malakalarini oshiradigan drayver.

Oʻzbekiston
IT sohasiga qiziquvchi ayol-qizlar uchun "Raqamli Avlod Qizlari " Respublika tanlovi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar