AQShning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan 13 yoshdan katta ayol-qizlar uchun o’z-o’zini himoya qilishga qaratilgan bepul oflayn mashg’ulotlar

AQShning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan 13 yoshdan katta ayol-qizlar uchun o’z-o’zini himoya qilishga qaratilgan bepul oflayn mashg’ulotlar

  • 19/08/2022 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 24.08.2022 Oxirgi muddat

Umumiy maʻlumotlar

AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi Fudokan Karate-Do boʻyicha professional instruktorlar — AQSh xalqaro sport almashinuvi dasturining bitiruvchilari — bilan hamkorlikda qizlar va ayollar uchun maxsus to'garak tashkil etilmoqda. Kurs davomida ishtirokchilar o'zlarini himoya qilish hamda o'zlariga bo'lgan ishonchni rivojlantirish uchun zarur boʻladigan koʻnikmalarni shakllantirishga erishadilar. Kurs Toshkent shahrida o'tkaziladi.

Mashgʻulotlar 2022-yil sentabr oyidan boshlab Makro supermarketlar tarmogʻi tomonidan yordam sifatida ajratiladigan zamonaviy sport zalida uch oy davomida oʻtkaziladi. Mashgʻulotlarning aniq boshlanish sanasi boʻyicha maʼlumot tanlab olingan barcha ishtirokchilarga qoʻshimcha ravishda yetkaziladi. Ikkita yosh toifasida guruhlar tashkil etiladi: 

  • A guruhi: 13 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan qizlar — dushanba, chorshanba va juma soat 16:00 dan 17:00 gacha;
  • B guruhi: 18 yoshdan oshgan ayollar — dushanba, chorshanba va juma soat 20:00 dan 21:00 gacha.

Har bir guruhda ishtirokchilari soni 30 kishidan oshmaydi.

Maqbullik shartlari

Mashgʻulotda qatnashish uchun ishtirokchilar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Jismoniy tayyorgarlik holatidan qat'i nazar, 13 yoshdan katta barcha ayol-qizlar qatnashishi mumkin;
  • Sport mashg'uloti Toshkentda, oflayn formatda o'tkazilgani sabab shu vaqt oralig'ida Toshkentda yashay olishi kerak.

Foydali tomonlari

Mashgʻulotga qabul qilingan ayol-qizlar quyidagi imtiyozlarga boʻladi:

  • Mashgʻulotda bepul ishtirok etadilar;
  • Oʻzlarini jismoniy zoʻravonlikdan himoya qilish, yaxshi jismoniy holat va osoyishtalikni saqlash uchun bir qator texnika va mashqlarni oʻrganadilar;
  • Nizolarni hal qilish, ochiq muloqot va stressni boshqarish usullari haqida maʼlumotga ega boʻladilar;
  • Jismoniy tayyorgarlik dasturi professional psixolog, shuningdek, AQShning xalqaro almashinuv dasturining bitiruvchisi boshchiligidagi ruhiy salomatlik boʻyicha treninglarida ishtirok etadilar.

Hujjat topshirish

Mashg'ulotda ishtirok etish uchun ayol-qizlar ushbu ariza shaklini to'ldirishlari kerak.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Muhim eslatmalar:

  • Ushbu loyiha faqat qizlar va ayollar uchun moʻljallangan;
  • Mashgʻulotlar bepul;
  • Ishtirokchilar qatnashish uchun taqdim etilgan arizalar asosida tanlanadi;
  • Darslar Toshkentdagi BeFit Box fitness-klubida oʻtkaziladi.

Murojaatlar uchun:

Tel.: +998 781205450.

Oʻzbekiston
AQShning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan 13 yoshdan katta ayol-qizlar uchun o’z-o’zini himoya qilishga qaratilgan bepul oflayn mashg’ulotlar

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar