Bakalavr, magistratura talabalari va ilmiy izlanuvchilar uchun Markaziy Osiyoda NEXUS yondashuvi boʻyicha “Eng yaxshi ilmiy maqola” tanlovi

Bakalavr, magistratura talabalari va ilmiy izlanuvchilar uchun Markaziy Osiyoda NEXUS yondashuvi boʻyicha “Eng yaxshi ilmiy maqola” tanlovi

  • 25/01/2022 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 01.03.2022 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Magistr talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Rus tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

BMT Taraqqiyot dasturi va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda NEXUS yondashuvi boʻyicha “Eng yaxshi ilmiy maqola” tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlov maqsadi: Markaziy Osiyo talaba va izlanuvchilari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash, ularda suv-energetika, oziq-ovqat xavfsizligi va sogʻliqni saqlash yoʻnalishlarining iqlim oʻzgarishiga oʻzaro bogʻliqligi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish, hamda Fargʻona vodiysi (Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston) hududida roʻy beradigan iqlim oʻzgarishi xavflarini tahlil qilishni ragʻbatlantirish.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar onlayn holatda ushbu havola  yoki competition1@tiiame.uz elektron pochtasi orqali 2022-yil 1- martga  qadar qabul qilinadi.

Maqbullik shartlari

  • Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalarining bakalavr va magistratura talabalari, ilmiy izlanuvchilari ishtirok etishi mumkin.

Foydali tomonlari

Har bir mamlakatdan aniqlangan gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1️-oʻrin – Noutbuk (15,6);
  • 2️-oʻrin – Planshet (Samsung Galaxy Tab);
  • 3️-oʻrin – Tashqi xotira (Hard disk 1 TB);
  • Ayol kishi tomonidan yozilgan eng yaxshi maqola uchun – Planshet (Samsung Galaxy Tab).

Qoʻshimcha nominatsiyalar (3 ta mamlakat uchun umumiy) ham beriladi.

Hujjat topshirish

Ishtirokchilar tanlovda qatnashish uchun “Suv-energetika, oziq-ovqat xavfsizligi va sogʻliqni saqlash yoʻnalishlarining iqlim oʻzgarishiga oʻzaro bogʻliqligi” mavzusida ilmiy maqolalarni elektron shaklda taqdim etadilar.

Ilmiy maqola yoʻnalishlari:

  • Iqlim oʻzgarishi sharoitida suv resurslarini boshqarish (Suv Resurslarini Mukammal Boshqarish tamoyillari, suvni tejovchi texnologiyalar);
  • Energetika (gidroenergetika, qayta tiklanadigan energiya manbalari);
  • Oziq-ovqat xavfsizligi (iqlim oʻzgarishi sharoitida qishloq xoʻjaligi);
  • Sogʻliqni saqlash (ichimlik va oqava suvlari sifati, iqlim oʻzgarishining ijtimoiy hayotga va inson salomatligiga taʼsiri);
  • Qaror qabul qilishda Geoaxborat Tizimlari va Masofadan Zondlash kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish.

Maqola yozishga qoʻyilgan talablar:

  • Maqola titul varagʻida OTM nomi, tanlov ishtirokchisi F.I.Sh., telefon raqami, kursi va maqola mavzusi; Matni MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14-oʻlchamda, 1.5 intervalda boʻlishi; har bir sahifa raqamlanishi, sahifa moʻljali kitob shaklida, yuqori va pastki maydoni – 2 sm, oʻng taraf – 1,5 sm, chap taraf – 3 sm boʻlishi; taqdim etiladigan ishlar maksimal 3000 (uch ming) soʻzdan iborat boʻlishi shart;
  • Ishlar faqat rus yoki ingliz tilida taqdim etilishi mumkin;
  • Belgilangan talablarga muvofiq kelmaydigan, plagiatga yoʻl qoʻyilgan va muallifi koʻrsatilmagan hamda belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan ishlar koʻrib chiqilmaydi. Maqolalarda plagiatdan foydalanish qatʼiyan man etiladi. Noyobligi 80% past boʻlgan maqolalar tanlovdan chetlashtiriladi.

Tanlov shartlari bilan batafsil ushbu havolada tanishib chiqish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Murojaat uchun: 

Oʻzbekiston
Bakalavr, magistratura talabalari va ilmiy izlanuvchilar uchun Markaziy Osiyoda NEXUS yondashuvi boʻyicha “Eng yaxshi ilmiy maqola” tanlovi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar