Angliyaning nufuzli Sheffield universiteti tomonidan muvafaqqiyatli ariza toʻldirish, mukammal CV yozishga yordam beruvchi bepul onlayn kurs

Angliyaning nufuzli Sheffield universiteti tomonidan muvafaqqiyatli ariza toʻldirish, mukammal CV yozishga yordam beruvchi bepul onlayn kurs

  • 28/09/2024 Qabul boshlanishi
  • Grant Moliyalash turi
  • Buyuk Britaniya Davlat
  • Doimiy Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    13 yoshdan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Dunyo boʻyicha universitetlarning TOP 100 taligiga kiruvchi, oʻqitish va ilmiy izlanishlari bilan mashhur Angliyaning Sheffield universiteti tomonidan FutureLearn onlayn taʼlim platformasida bepul kurs taqdim etilgan.

Ushbu kurs barcha uchun bepul va ochiq boʻlib, ish, amaliyot dasturlari, chet el oliygohlariga qanday qilib muvafaqqiyatli ariza toʻldirish, mukammal CV (tarjimai hol) yozishga yordam beruvchi amaliy usullarni oʻrgatadi.

Sheffild Universitetida joylashgan Ishga qabul qilish xizmati mutaxassislari mukammal motivatsion xatlar va shaxsiy bayonotlar, CV (tarjimai hol) yozishga yordam beradigan eng yaxshi maslahatlari bilan boʻlishadilar.

Maqbullik shartlari

  • Dastur ish yoki tanlov asosida qabul qiladigan kurs/dasturlarga hujjat topshirmoqchi bo'lgan barchaga mo'ljallangan;
  • Ayniqsa, ushbu kurs o'z faoliyatining dastlabki bosqichida yoki o'z malakasini yangilashga muhtoj bo'lganlar uchun qiziq bo'lishi mumkin;
  • Hech qanday oldingi bilim va tajriba talab qilinmaydi.

Foydali tomonlari

Ushbu kurs:

  • Ishga yoki universitetga kirishingizda muvaffaqiyat qozonish imkoniyatini oshirish;
  • Ishga, chet el oliygohlariga, amaliyot dasturlari va turli tanlovlarga ariza/hujjat topshirishga tayyorgarlik ko'rish, rezyume yozish va ariza shakllarini to'ldirishda eng yaxshi amaliy ko'nikmalarni shakllantirish;
  • Ish takliflarini tahlil qilib, ish beruvchilar va muassasalarni o'rganib, takliflaringizni ularning talablariga moslashtirishni bilish uchun ishga yollovchilar nimani qidirayotganini aniqlash;
  • Orzuingizdagi ishga yoki kursga ishonch bilan murojaat qilish uchun o'zingizning kuchli jihatlaringiz va ko'nikmalaringizni aniqlash;
  • Boshqalarnikidan ajralib turuvchi mukammal ariza tayyorlash usullarini o'rganish imkoniyatlarini taqdim etadi.

Hujjat topshirish

Kursda onlayn FutureLearn platformasi orqali rоʼyxatdan оʼtish mumkin:

  1. FutureLearn platformasida roʻyxatdan oʻtish.
  2. Kursga bepul qoʻshilish.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dastur haqida batafsil ushbu havоla оrqali оʼqish mumkin.

Buyuk Britaniya
Angliyaning nufuzli Sheffield universiteti tomonidan muvafaqqiyatli ariza toʻldirish, mukammal CV yozishga yordam beruvchi bepul onlayn kurs

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar