Umumiy maʻlumotlar
Koreys tili olimрiadasi 2024 dasturi Koreya markazi tomonidan tashkil etilmoqda. Ushbu olimрiadada Oʻzbekiston hududidagi maktablarning 9-11-sinflarida oʻqiyotgan oʻquvchilar qatnashishi mumkin.
Musobaqada koreys tiliga oid quyidagi turdagi savollar beriladi:
- Eshitish mashqi – 40 ta savol;
- Oʻqish mashqi – 40 ta savol;
- Yozish mashqi (insho) – 1 ta savol.
Eslatma! Kuchlar teng boʻlib qolgan taqdirda “Yozish” qismidan yuqoriroq ball toʻplagan oʻquvchi ustunroq hisoblanadi.
Musobaqa oʻtkazilish joyi: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Qushbegi 8 (Smart Assessment binosi).
Musobaqa oʻtkazish vaqti: 2024-yil 20-yanvar soat 9.00.
Eng yaxshi natija koʻrsatgan 10 ta gʻolibga pul mukofotlari taqdim etiladi. Qolgan barcha ishtirokchilarga ham kichik sovgʻalar taqdim qilinadi. Shuningdek, birinchi 3 oʻrin sohiblari 2024-yilda Koreyadagi bir haftalik “Yoshlar dasturi”da ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Musobaqada qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi: 15-yanvar, 2024-yil.
Maqbullik shartlari
- Oʻzbekiston hududidagi maktablarning 9-11-sinflarida oʻqiyotgan boʻlishi kerak;
- Musobaqada qatnashish uchun maktab shtampi tushirilgan direktor tavsiyanomasini olgan boʻlish (namunani roʻyxatdan oʻtish qismida yuklab olish mumkin);
- Koreys tilini bilish kerak;
- Kollej hamda litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin emas!
Foydali tomonlari
- Musobaqada qatnashish beрul;
- Eng yaxshi natija koʻrsatgan 10 ta gʻolibga pul mukofotlari taqdim etiladi. Qolgan barcha ishtirokchilarga ham kichik sovgʻalar taqdim qilinadi;
- Birinchi 3 oʻrin sohiblari 2024-yilda Koreyadagi bir haftalik “Yoshlar dasturi”da ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Hujjat topshirish
- Musobaqada qatnashish uchun ushbu sahifadagi “tizimga kirish” tugmasini bosib, shaxsiy maʼlumotlarni kiritish va oxirida hosil boʻladigan faylni yuklab olish kerak.
Eslatma! Yuklab olingan faylni musobaqa kuni chiqarib olib borish talab etiladi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Ishtirokchilar tanlovga oʻzlari bilan quyidagi hujjatlarni olib borishlari kerak:
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, tugʻilganlik haqida guvohnoma kabi);
- Maktab direktori tomonidan berilgan tavsiyanoma (namunani roʻyxatdan oʻtish qismida yuklab olishi mumkin)
- Roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida anketa.
Tez-tez beriladigan savollarga javoblarni ushbu havola orqali oʻqish mumkin.
Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videorolikni ushbu havola orqali koʻrish mumkin.