Umumiy maʻlumotlar
Texnologiya va IT sohasidagi qizlar/ayollar uchun 2025-yil 4-5-iyun kunlari Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtadigan The Perspektywy Women in Tech sammiti taqdim etiladi.
Sammit davomida ishtirokchilar dunyoning eng nufuzli IT kompaniyalarida faoliyat olib borayotgan muvaffaqiyatli ayol-qizlar bilan jonli muloqot qilish imkoniyatini qoʻlga kiritishadi, shuningdek, Expo & Career markazlarda turli davlatdan tashrif buyurgan nomzodlar bilan fikr almashish va yaqindan tanishishlari mumkin. Sammit oflayn va onlayn formatda boʻlib oʻtadi.
Sammit quyidagi sohalar doirasida boʻlib oʻtadi:
- Metaverse, web 3.0, NFT;
- Human-Machine Interaction;
- 5G;
- Space Technologies 4.0;
- Sustainable Leadership;
- Cybersecurity;
- Tech&Arts;
- Deep Tech;
- Digital Ecology, Tech4Climate;
- Cloud;
- Artificial Intelligence 3.0;
- Fintech.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Dasturda STEM, axborot texnologiyalari va IT sohasida tahsil olayotgan talaba qizlar/ayollar hamda shu soha mutaxassislari ishtirok etishi mumkin;
- Shuningdek, yosh mutaxassislar, olimlar, professional shaxslar, startaplar sohasida faoliyat yuritayotganlar, faollar, liderlar va texnologiya sohasidagi ayollarni qoʻllab-quvvatlovchi erkaklar qatnashishi mumkin;
- Sammit toʻliq ingliz tilida olib borilishi sababli ingliz tilini yuqori darajada bilishlari shart.
Eslatma: Dasturlash/texnologiya sohasida tajribaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.
Foydali tomonlari
Dastur quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
- Varshavada oʻtkaziladigan 2 kunlik sammitda bepul qatnashish;
- Panel muhokamalarida ishtirok etish;
- Asosiy spikerlarning nutqlarini bevosita tinglash;
- Mavzuga doir netvorkinglarda qatnashish;
- Texnologiyaga oid maʼruzalarni tinglash;
- Expo & Career markazlarida mutaxassislar bilan uchrashib fikr almashish;
- 3 oy davomida videoyozuvlarga kirish va foydalanish huquqi;
- Tajribali mutaxassislar uchun ishga joylashish imkoniyati ham beriladi.
Hujjat topshirish
Dasturda 3 xil formatda qatnashish mumkin:
Dasturda bepul qatnashish uchun quyidagi maʼlumotlarni toʻldirish soʻraladi:
- Ism-familiya;
- Email;
- Telefon raqam;
- Davlat va shahar;
- Universitet va mutaxassisligi;
- Sammit haqida qayerdan maʼlumot olganligi;
- Shuningdek, nomzodlar nega sammitda ishtirok etishni xohlashlari va nega aynan shu nomzod grant uchun tanlab olinishga munosibligi haqida motivatsion xat yozishlari soʻraladi (maksimal 1000 ta belgi);
- Dasturlash va texnologiya sohasida tajribaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi;
- Barcha maʼlumotlar toʻldirilganidan soʻng, APPLY tugmasi bosiladi.
Sammit hakamlar hayʼati yuborilgan arizalarni koʻrib chiqib munosib nomzodlar bilan aloqaga chiqishadi.
Eslatma: Grantlar soni cheklanganligi bois tezroq ariza topshirish tavsiya etiladi!