Yaponiyaning National Institute of Genetics tashkilotidan bakalavr va magistratura talabalari uchun xarajatlari qoplanadigan yozgi amaliyot dasturi

Yaponiyaning National Institute of Genetics tashkilotidan bakalavr va magistratura talabalari uchun xarajatlari qoplanadigan yozgi amaliyot dasturi

  • 06/12/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Yaponiya Davlat
  • 06/01/2025 08:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Magistr talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Milliy Genetika Instituti/Genetika fakulteti (National Institute of Genetics (NIG)/ Department of Genetics, SOKENDAI) genetika va tabiiy fanlar bilan bogʻliq sohalarda tadqiqot tajribasiga ega boʻlishni xohlovchi bakalavr va magistratura bosqichidagi talabalar uchun tadqiqot amaliyoti dasturini taklif etadi.

Amaliyot dasturi Life Science (Hayotiy fanlar) boʻyicha olib boriladi. Dastur ilmiy tadqiqotlar, ilmiy aloqalar, laboratoriya tadqiqotlari va treninglarni oʻz ichiga oladi. Amaliyot davomida qatnashchilar oʻzlariga amaliyot joyidan rahbar topib, birga ishlashlari lozim. Dastur yakunida ishtirokchilar “NIGINTERN Reports Symposium” da oʻz tajribalari haqida taqdimot qiladilar. NIG dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2024-yil 6-dekabrda boshlanib, 2025-yil 6-yanvar Oʻzbekiston vaqti bilan 08:00 gacha davom etadi. Amaliyot esa 2025-yil 13-iyundan 24-iyulgacha boʻlib oʻtadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Nomzodlar tabiiy fanlarga qiziqishi va bu sohada bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • Dasturga ariza topshirish vaqtida nomzodlar oʻqishni bitirishlariga bir yil qolgan, masalan, bakalavr talabalari 3-kurs boʻlishlari kerak (dastur tugagach nomzod mamlakatiga qaytib kelib yana bir yil oʻqiy olishi lozim);
  • Qabul qilingan ishtirokchilar dastur qoidalariga rioya qilishlari kerak.

Eslatma: Tanlovning saralash bosqichi yuqori darajada raqobatbardoshlikka asoslangani sababli bakalavr hamda magistraturaning soʻnggi kursdan bitta oldingi kursida oʻqimayotgan yoki doktorantura bosqichidagi talabalarning arizalari koʻrib chiqilmaydi.

Ushbu havola orqali dastur bilan batafsil tanishib chiqish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Borib-kelish yoʻl xarajatlari qoplanadi;
  • Bepul turar-joy bilan taʼminlanadi;
  • Tibbiy sugʻurta qilinadi;
  • NIG dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga sertifikat beriladi;
  • Dastur davomida ishtirokchilarga ilmiy tadqiqotlar boʻyicha magistratura dastur maʼruzalari, mashgʻulotlar, seminarlar hamda yapon tili kurslari taqdim qilinadi.

Eslatma! Yuqoridagilardan tashqari yashash va boshqa xarajatlar ishtirokchilarning oʻzlari tomonidan qoplanadi.

Hujjat topshirish

Dasturga dastlab onlayn roʻyxatdan oʻtiladi. Roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2024-yil 6-dekabrda boshlanib, 2025-yil 6-yanvar Oʻzbekiston vaqti bilan 08:00 gacha davom etadi.

Dastlabki roʻyxatdan oʻtishda nomzodlardan ikkita tavsiyanoma beruvchilarning ismlari va elektron pochta manzillarini kiritish soʻraladi. Nomzodlar roʻyxatdan oʻtgandan soʻng, tavsiyanoma beruvchi rahbarlardan tavsiyanomani kiritishlarini soʻrab elektron pochtalariga xabar yuboriladi.

Hujjat topshirish jarayonida quyidagilar soʻraladi:

  • Motivatsion xat (500 soʻz atrofida)
  • CV;
  • Bakalavr yoki magistratura bosqichidagi universitet baholari(ingliz yoki yapon tiliga tarjima qilinishi kerak);
  • Ikkita tavsiyanoma.

Eslatma! Dasturga ariza topshirishdan oldin ushbu havola orqali dastur shartlari bilan batafsil tanishib chiqish lozim.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Muhim sanalar:

  • 2024-yil 6-dekabr-2025-yil 6-yanvar: Arizalarni qabul qilish jarayoni;
  • 2025-yil fevral oxiri: Natijalar eʼlon qilinishi;
  • 2025-yil mart-may oylari: Joʻnab ketishga tayyorgarlik;
  • 2025-yil 13-iyun-24-iyul: Amaliyot;
  • 2025-yil Iyul oxirigacha: Vazifalar topshirilishi va dastur yakunlanishi.

Maʼlumot uchun:

Yaponiya
Yaponiyaning National Institute of Genetics tashkilotidan bakalavr va magistratura talabalari uchun xarajatlari qoplanadigan yozgi amaliyot dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar