Italiyada magistratura va doktorantura bosqichini oʻqish uchun Italiya hukumati grant dasturi — MAECI Grant

Italiyada magistratura va doktorantura bosqichini oʻqish uchun Italiya hukumati grant dasturi — MAECI Grant

  • 10/05/2024 Qabul boshlanishi
  • Grant Moliyalash turi
  • Italiya Davlat
  • 14/06/2024 17:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Italyan tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Italiya Tashqi Ishlar va Xalqaro Munosabatlar Vazirligi (MAECI) Italiya hamda chet el fuqarolari uchun 2024-2025-oʻquv yillariga moʻljallangan grantlarni eʼlon qiladi. Grant xalqaro madaniyat, ilm-fan va texnologik sohalarda xalqaro munosabatlarni rivojlantirish hamda Italyan tilini rivojlantirish va dunyo miqyosida Italiya iqtisodiy tizimini ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Grantlar Italiya hududida magistratura va doktoranturada oʻqishni istaganlar yoki tadqiqot dasturlarini olib borayotganlar uchun moʻljallangan.

Dastur uchun tanlab olingan nomzodlarga 2024-yil 1-noyabrdan 2025-yil 31-iyulga qadar muddat oraligʻida grant taqdim etiladi. Grantlar oʻqish davomida 9 oy, italyan tili va madaniyati sohasi boʻyicha tahsil olmoqchi boʻlayotganlar uchun esa 3 oy davomida taqdim etiladi. 

Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

  • Nomzod ariza topshirish davrida pasport yoki ID kartaga ega boʻlishi lozim;
  • Ariza topshirish davrigacha Italiya universiteti yoki institutida oʻqish uchun talab qilinadigan hujjatlar tayyor boʻlishi kerak.
  • Magistraturada oʻqimoqchi boʻlganlar 28, doktoranturada oʻqimoqchi boʻlganlar 30 va akademik rivojlanishi uchun Italiyada tadqiqot olib bormoqchi boʻlganlar 40 yoshdan oshmagan boʻlishlari lozim;
  • Taʼlim italyan tilida olib boriladigan yoʻnalishlar uchun kamida B2 CEFR sertifikati talab qilinadi.
  • Taʼlim ingliz tilida olib boriladigan yoʻnalishlar uchun ingliz tilining B2 CEFR sertifikati soʻraladi. Faqatgina bakalavr darajasini ingliz tilida oʻqiganlargina sertifikat taqdim etmasligi mumkin;
  • Italyan tili yoki madaniyatiga oid yoʻnalishlarda tahsil olmoqchi boʻlganlardan italyan tilining A2 CEFR sertifikati talab qilinadi;
  • PhD hamda akademik nazorat ostidagi tadqiqot loyihalari uchun til sertifikati talab qilinmaydi;
  • Magistraturaga ariza topshirish uchun bakalavr darajasining diplomi soʻraladi;
  • Sanʼat, musiqa va raqs yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim uchun nomzodlar belgilangan talablarga javob berishi va akademik koʻrsatkichlari hujjat topshirilayotgan muassasaning maxsus talablariga javob berishi lozim;

Grant talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

CEFR sertifikati haqida ushbu havola orqali batafsil bilib olish mumkin.

Foydali tomonlari

Grant sohiblari quyidagi imkoniyatlarni qoʻlga kiritadi:

  • Nomzodlar tekin tibbiy xizmat bilan taʼminlanadi. Ammo surunkali xastaliklar va tish kasalliklari ushbu xizmat tarkibiga kirmaydi;
  • Dastur gʻoliblariga jami 9,000 yevro miqdordagi stipendiya beriladi;
  • Italiya tili va madaniyati kurslari uchun grant yutganlarga 3,000 yevro miqdordagi stipendiya beriladi.
  • Ayrim universitetlar grant gʻoliblarini oʻqish kоntrakt toʻlovlaridan ozod qilishi mumkin. Buni bilish uchun gʻоliblar oʻzlari tanlagan universitetga murojaat qilishlari kerak.

Eslatma: italyan tili va madaniyati kurslari uchun grant yutganlar оʼqish tоʼlоvidan оzоd qilinmaydi.

Hujjat topshirish

  • Arizalar aynan STUDY IN ITALY portali orqali yuborilgan boʻlishi kerak;

Italiya tomonidan taqdim etilgan boshqa grant yoki stipendiyani qoʻlga kiritganlar ushbu grant uchun nomzodlik qila olmaydi.

Dastur uchun topshiriladigan hujjatlar haqida ushbu havola orqali batafsil bilib olish mumkin;

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Grant faqatgina Italiya hududida tahsil oluvchilar uchun moʻljallangan.

Dastur gʻoliblari Study in Italy sayti orqali eʼlon qilinadi.

Dastur uchun ariza topshirish huquqiga ega davlatlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. Oʻzbekiston ham roʻyxatda mavjud.

Italiya
Italiyada magistratura va doktorantura bosqichini oʻqish uchun Italiya hukumati grant dasturi — MAECI Grant

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar