Bakalavr va magistratura talabalari uchun media tarixi va nazariyasi boʻyicha masofaviy kurs

Bakalavr va magistratura talabalari uchun media tarixi va nazariyasi boʻyicha masofaviy kurs

  • 01/12/2024 Qabul boshlanishi
  • Bepul Moliyalash turi
  • Rossiya Davlat
  • Doimiy Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Rus tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Media tarixi va nazariyasi onlayn kursining asosiy maqsadi milliy davlatlar, kapitalistik iqtisodiyot va aholining siyosatdagi ishtirokida ommaviy axborot vositalarining rolini koʻrsatishdir. Kurs orqali nomzodlar ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalarni oʻrganishga nazariy yondashuvlarni koʻrib chiqishlari mumkin.

Ushbu kurs media kommunikatsiyalari tarixi va nazariy jihatlariga qiziqqan barcha magistratura va bakalavriat talabalari uchun moʻljallangan.

Ushbu kurs ommaviy axborot vositalari nazariyasining koʻplab koʻrinishlari: tanqidiy nazariya, innovatsiyalar sotsiologiyasi, ommaviy axborot vositalarining siyosiy iqtisodi, madaniyatshunoslik, lingvistik yondashuvlar va boshqalarni oʻz ichiga oladi.

Ushbu dasturda quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ishtirok etish mumkin:

39.04.01 Sotsiologiya

41.03.06 Ommaviy siyosat va ijtimoiy bilimlar

42.03.01 Jamoat bilan aloqa va reklama

42.03.02 Jurnalistika

42.04.02 Jurnalistika

42.04.05 Media-kommunikatsiya

Kursdagi bitta dars har biri 12-15 daqiqadan iborat bir nechta video maʼruzalardan iborat boʻladi. Har bir maʼruzada 1-2 ta interfaol savol boʻladi. Bundan tashqari, uy vazifasi sifatida har bir mavzu boʻyicha test savollari beriladi.

Kurs yakunida ishtirokchilar insho yozish boʻyicha topshiriqlarni bajarishlari va bir-birlarining insholarini belgilangan mezonlar boʻyicha tekshirishlari kerak boʻladi.

Dastur 12 hafta davom etadi va har bir hafta uchun kurs dasturi rejasi berilgan boʻlib, u bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • Nomzod ushbu kursni oʻrganish uchun madaniyat va sotsiologiya sohasidagi asosiy bilimlarga ega boʻlishi lozim;
  • Dasturda barcha bakalavr va magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin;
  • Yosh boʻyicha chegara yoʻq.

Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etiladi;
  • Nomzodlar sotsiologiya, jurnalistika, media-kommunikatsiya va boshqa turdosh yoʻnalishlar boʻyicha bilim olish imkoniyatiga ega boʻladi.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga ariza topshirish uchun nomzodlardan ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari soʻraladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Eng koʻp berilgan savollar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Dastur boʻyicha quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham maʼlumot olish mumkin:

Rossiya
Bakalavr va magistratura talabalari uchun media tarixi va nazariyasi boʻyicha masofaviy kurs

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar