“Yoshlar kuni”da dunyo yoshlarini Oʻzbekistonda jamlaydigan Butunjahon yoshlar festivali

“Yoshlar kuni”da dunyo yoshlarini Oʻzbekistonda jamlaydigan Butunjahon yoshlar festivali

  • 24/05/2024 Qabul boshlanishi
  • Grant Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 15.06.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Rus tili, O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Butunjahon yoshlarini Oʻzbekistonda jamlovchi Global Youth festivali ilk bor 26-30-iyun kunlari Oʻzbekistonda 150 ta davlat yoshlariga oʻzaro fikr va tajriba almashish imkonini yaratish maqsadida tashkil etiladi. 

Festival taʼlim, innovatsiya, IT, biznes, media, madaniyat, sanʼat, sport kabi yoʻnalishlarda nufuzli spikerlarni oʻz ichiga oladi. Festival Samarqand, Buxoro, Jizzax, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida bir vaqtda oʻtkaziladi. 

Dastur doirasida toʻliq, qisman grantlar ajratilgan, shuningdek, ishtirokchilar oʻz hisobidan ham qatnashishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni 2024-yil 15-iyungacha davom etadi.

Maqbullik shartlari

Dasturning quyidagi talablari mavjud:

  • Dasturda barcha davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
  • Qatnashchilar uchun maʼlum bir yosh chegarasi belgilanmagan;
  • Ishtirokchilar istalgan soha vakillari boʻlishlari mumkin, chunki festival turli yoʻnalishlarda olib boriladi;
  • Saralash jarayonida ishtirokchilar oʻzlari haqida yozgan 100 soʻzdan oshmagan maʼlumot va ishtirok etish uchun 100 soʻzdan oshmagan motivatsiya xatiga alohida eʼtibor qaratiladi.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:

  • Dastur doirasida toʻliq va qisman grantlar ajratilgan boʻlib, toʻliq grant sohiblarining transport, mehmonxona va ovqatlanish xarajatlari qoplab beriladi;
  • Ishtirokchilar dasturda oʻz hisobidan ham qatnashishlari mumkin;
  • Festival taʼlim, innovatsiya, IT, biznes, media, madaniyat, sanʼat, sport kabi yoʻnalishlarda nufuzli spikerlarni oʻz ichiga oladi;
  • Ishtirokchilar 150 dan ortiq davlat fuqarolari bilan uchrashish, suhbatlashish, bilim oshirish hamda tajriba oshirish imkonini qoʻlga kiritishadi.

Hujjat topshirish

Dasturga ariza topshirish jarayoni quyidagicha:

  • Dastur saytidan roʻyxatdan oʻting;
  • Oʻqish/ish joyini belgilang;
  • 100 soʻzdan oshmagan motivatsiya xati yozing;
  • Pasport nusxasini yuklang;
  • Oʻzingiz haqingizda 100 soʻzdan oshmagan xat yozing;
  • Moliyalashtirish turini tanlang;
  • Oʻzbekistonga kelishingiz uchun viza talab qilinish yoki qilinmasligini belgilang;
  • Qatnashish uchun dastur turining tanlang (2 tagacha);
  • 2024-yil 15-iyungacha arizani topshiring.

Dasturga ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Savol va takliflarni gyf2024@yoshlar.gov.uz elektron manzili yoki 1093 qisqa raqami orqali yoʻllash mumkin.

Dastur haqida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham maʼlumot olish mumkin:

-Telegram;

-Instagram;

-Facebook;

-YouTube.

Oʻzbekiston
“Yoshlar kuni”da dunyo yoshlarini Oʻzbekistonda jamlaydigan Butunjahon yoshlar festivali

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar