Umumiy maʻlumotlar
Saudiya Arabistonidagi top universitetlardan biri King Fahd University of Petroleum and Minerals (KFUPM) universiteti tomonidan muhandislik, ilm-fan va biznes sohalarida ilgʻor ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun yuqori salohiyatga ega boʻlgan nomzodlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2025-2026 oʻquv yili uchun grant dasturi taqdim etiladi.
Grantga nomzodlik qilish uchun talabalar yuqori akademik yutuqlar va ish tajribasiga ega boʻlishi lozim. Dastur ishtirokchilarning oʻqish toʻlovini toʻliq qoplaydi, turar-joy, oylik stipendiya va universitetda qoʻshimcha imtiyozlarga ega boʻladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Istalgan davlat fuqarolari qatnashishi mumkin;
- Nomzod universitetning magistratura / PhD bosqichida oʻqish talablariga mos kelishi kerak;
- Ingliz tilini yaxshi bilish talab qilinadi:
- IELTS — minimal 6,0 (magistratura uchun), 6,5 (PhD bosqichi uchun);
- TOEFL — minimal 68 iBT (magistratura uchun), 79 iBT (PhD bosqichi uchun);
- TOEFL IBT — minimal 70.
- GPA 4.0 dan minimal 3 boʻlishi lozim.
- Magistratura uchun 4 yillik bakalavr darajasiga, PhD bosqichi uchun 4 yillik bakalavr va 2 yillik magistr darajasiga ega boʻlish talab qilinadi.
Eslatma: MBA talabalari uchun minimal GPA 4.00 dan 3.0 va ulardan kamida bir yillik ish tajribasi soʻraladi.
Foydali tomonlari
- Oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi;
- Borish-qaytish uchun aviachipta bilan taʼminlanadi;
- Yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya beriladi;
- Turar-joy, tibbiy yordam, bepul darsliklar va universitetda oʻqish davomidagi qoʻshimcha imtiyozlar beriladi;
- Universitet oshxonasida imtiyozli ovqatlanish va universitet tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarda qatnashish mumkin.
Hujjat topshirish
Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.
Talab qilinadigan hujjatlar:
- Pasport/ID nusxasi;
- PhD darajasida oʻqish bakalavr va magistratura ilmiy darajalari uchun rasmiy transkriptlar (magistratura uchun faqat bakalavr darajasi transkripti);
- Taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kerakli bosqichni tugatganini isbotlovchi diplom yoki sertifikat;
- Maqsad bayonoti — professional faoliyati va tadqiqot maqsadlariga bagʻishlangan bir sahifali insho;
- Tavsiyanoma;
- CV;
- GMAT ballari — MBA uchun.
- Fotosurat.
Qoʻshimcha hujjatlar:
- IELTS/TOEFL sertifikatlari;
- GRE/GMAT.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
- Hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 26-dekabr, 2024-yil (02:00);
- Email: d-cgs@kfupm.edu.sa;
- Tel: +966 (13) 8602800.