Shvetsiyada biznes sohasi boʻyicha magistratura bosqichini oʻqish uchun grant dasturi — SSE MBA scholarship

Shvetsiyada biznes sohasi boʻyicha magistratura bosqichini oʻqish uchun grant dasturi — SSE MBA scholarship

  • 01/03/2024 Qabul boshlanishi
  • Qisman Moliyalash turi
  • Shvetsiya Davlat
  • 31.05.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

SSE MBA Scholarship 2024 Autumn dasturi Shvetsiyaning Dagens industry gazetasi, ungdom.se sayti va Stokgolm Iqtisodiyot Maktabi hamkorligida tashkil etilgan, ishtirokchilarning biznes mahoratlarini oshirishga mo’ljallangan kuzgi stipendiya dasturidir. 

Dastur maqsadi ishtirokchilarning biznes sohasida hamda kompaniya yoki tashkilotlarni boshqarish va omadli ish yurgizish bo’yicha mahoratlarini oshirish imkoniyatini taqdim etishdan iborat.

Dastur 645,000 SEK (~$61,154) qiymatida o’quv xarajatlari hamda qo’shimcha qiymat solig’ini to’liq moliyalashtiradi, bundan tashqari o’quv jarayonida chet ellarga o’quv safarlari uyushtiriladi.

Maqbullik shartlari

  • Kamida 3 yillik bakalavr darajasiga (180 ECTS) ega bo’lishi;
  • Kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo’lishi;
  • Ingliz tilini bilish darajasi yaxshi bo’lishi kerak.

Foydali tomonlari

  • 645,000 SEK (~$61,154) qiymatidagi o’quv xarajatlari to’liq qoplab beriladi;
  • Ta'lim davomida chet elga o'quv safarlari ham amalga oshiriladi;
  • Qo’chimcha qiymat solig’i dastur tashkilotchilari tomonidan qoplanadi;

Eslatma: Stipendiya doirasida faqatgina o’quv xarajatlari va qo’shimcha qiymat solig’i moliyalashtiriladi, turarjoy, oziq-ovqat, sayohat xarajatlari, ariza topshirish bilan bog’liq xarajatlar bundan mustasno!

Hujjat topshirish

  1. Ushbu saytda berilgan savollarga javob berish orqali ro’yxatdan o’tiladi;
  2. Ushbu savollarga berilgan javobga qarab 10-15 ariza beruvchi tanlab olinadi va ulardan to’liq ariza topshirish so’raladi;
  3. Ular ichidan 4-7 nafar finalistlar tanlab olinadi va intervyu qilinadi; 
  4. Dagens Industri, utbildning.se va Stokgolm iqtisodiyot maktabi vakillaridan iborat hakamlar hay'ati ular ichidan g’olibni aniqlab berishadi; 

Eslatma: To’liq ariza topshirish hamda intervyu jarayoni haqida batafsil ma’lumot tanlab olingan nomzodlarga tashkilotchilar tomonidan tushuntiriladi. 

Qoʻshimcha maʻlumotlar

O'quv mashg'ulotlari 2024-yil 2-dekabrda boshlanadi va 18 oy davom etadi;

Eslatma: COVID-19 pandemiyasi o’quv jarayoniga ta’sir etish-etmasligini bilish uchun tashkilotchilarga murojaat qiling!

Murojaat uchun: https://www.utbildning.se/om-oss/kontakt-18124

Quyidagi havola orqali stipendiya dasturining avvalgi g’oliblari bilan tanishishingiz mumkin: https://www.utbildning.se/inspiration/guider/allt-om-mba/mba-stipendiet-15160 

Batafsil ma’lumot uchun: 

https://www.utbildning.se/inspiration/guider/allt-om-mba/mba-scholarship-15219 

https://www.utbildning.se/inspiration/guider/allt-om-mba/mba-stipendiet-15160 

Shvetsiya
Shvetsiyada biznes sohasi boʻyicha magistratura bosqichini oʻqish uchun grant dasturi — SSE MBA scholarship

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar