Oliy taʼlim muassasalarining bakalavr taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun  “Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻllarimiz bilan bunyod etamiz!” shiori ostida respublika esselar tanlovi

Oliy taʼlim muassasalarining bakalavr taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun “Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻllarimiz bilan bunyod etamiz!” shiori ostida respublika esselar tanlovi

  • 27/04/2022 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 27/05/2022 23:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Rus tili, O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi va boshqa tashkilotlar tomonidan oliy taʼlim muassasalarining bakalavr taʼlim yoʻnalishi talabalari oʻrtasida “Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻllarimiz bilan bunyod etamiz!” shiori ostida respublika esselar tanlovi oʻtkazilmoqda. 

Tanlovda oliy taʼlim muassasalarining bakalavr taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻzlariga biriktirilgan ustozlar tavsiyasi va maslahati asosida esselar bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov 4 ta bosqichda boʻlib oʻtadi: 

  • Fakultet bosqichi – oliy taʼlim muassasalari fakultetlari doirasida tanlovda qatnashish istagini bildirgan bakalavr taʼlim yoʻnalishi talabalari ishtirokida 28-30-aprel kunlari;
  • Oliy taʼlim muassasasi bosqichi – fakultet bosqichida 1-, 2-, 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan talabalar ishtirokida 2-10-may kunlari;
  • Hududiy bosqich – oliy taʼlim muassasasi bosqichida 1-, 2-, 3-oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar oʻrtasida 10-12-may kunlari;
  • Respublika bosqichi – hududiy bosqich doirasida 1-, 2-, 3-oʻrinlarga loyiq deb topilgan talabalar ishtirokida 16-20-may kunlari Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Tanlovda ishtirokchilar oʻzbek, rus, qoraqalpoq yoki ingliz tillarida esselar yozishlari mumkin.

Tanlovning asosiy maqsadi yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuygʻusi, bagʻrikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga boʻlgan qatʼiy ishonch va qarashlar, buyuk maqsadlarga ega shaxslar sifatida tarbiyalash, Uchinchi Renessans poydevorini qurishda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash va daxldorlik fazilatlarini qaror toptirishdan iborat.

Maqbullik shartlari

Tanlov talablari quyidagicha:

  • Tanlovda oliy taʼlim muassasalarining bakalavr taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻzlariga biriktirilgan ustozlar tavsiyasi va maslahati asosida esselar bilan ishtirok eta oladilar;
  • Tanlovda ishtirokchilar oʻzbek, rus, qoraqalpoq yoki ingliz tillarida esselar yozishlari mumkin;
  • Ishtirokchilar esselarni barcha yoʻnalishlar nuqtai nazaridan mukammal yoritishga intilishi lozim.

Tanlov shartlari bilan batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash quyidagicha amalga oshiriladi: 

  • 1-oʻrin sohibiga 30 million soʻm va diplom;
  • 2-oʻrin sohibiga 20 million soʻm va diplom; 
  • 3-oʻrin sohibiga 10 million soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari va diplom topshiriladi;
  • Tanlovning respublika bosqichi ishtirokchilarining barchasiga 1 donadan noutbuk taqdim etiladi;
  • Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari (1-, 2-, 3-oʻrin)ning ustozlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan noutbuk bilan taqdirlanadilar.

Shuningdek:

  • Ishtirokchilarning ballari teng kelib qolgan taqdirda gʻoliblar soni ortishi mumkin;
  • Tanlovning respublika bosqichi faol ishtirokchilari nominatsiyalar boʻyicha ham taqdirlanishi mumkin.

Tanlov mukofoti bilan batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Tanlov, avvalo, fakultet va universitet miqyosida oʻtkaziladi. Ishtirok etish uchun universitet masʼullari bilan bogʻlanishlari darkor.

  • Tanlovning fakultet bosqichi doirasida fakultet dekani, yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari hamda professor-oʻqituvchilardan iborat ishchi guruh tomonidan tanlov ishtirokchilariga “Biz kelajak bunyodkorimiz!” mavzusida esse yozish topshiriladi va baholanadi;
  • Oliy taʼlim muassasasi bosqichi fakultet doirasida 1-, 2-, 3-oʻrinlarni egallagan talaba-yoshlar oʻrtasida tashkillashtirilib, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining hududiy kengashi vakili, oliy taʼlim muassasasining yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori, yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimlaridan iborat (4 nafar) tarkibda tuzilgan ishchi guruh tomonidan “Yangi Oʻzbekiston – yangi maqsadlar” mavzusida yozish belgilanadi;
  • Hududiy bosqichi hududdagi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida, har bir muassasada 1-, 2-, 3-oʻrinlarni egallagan talaba-yoshlar ishtirokida tashkillashtirilib, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining hududiy kengashlarida tuzilgan Tashkiliy guruh tomonidan “Yangi Oʻzbekiston mening tasavvurimda” mavzusida hajmi 7-8 varaqdan iborat esse yozish topshiriladi;
    Tanlovning hududiy bosqichi ilovaga muvofiq oliy taʼlim muassasalarida oʻtkaziladi.
  • Respublika bosqichida tanlovning hududiy bosqichi natijalariga koʻra 1-, 2-, 3-oʻrinlarni egallagan, jami 42 nafar talaba-yoshlar ishtirokida “Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻlimiz bilan bunyod etamiz” mavzusida esse yozadilar.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Tanlov shartlari va baholash mezonlari:

  • Tanlovda ishtirokchilar oʻzbek, rus, qoraqalpoq yoki ingliz tillarida esselar yozishlari mumkin;
  • Ishtirokchilar esselarni barcha yoʻnalishlar nuqtai nazaridan mukammal yoritishga intilishi lozim;
  • Yozilgan esselar quyidagi mezonlarda baholanadi:
    • Mavzuning toʻlaqonli ochib berilganligi – 20 ball;
    • Tarix, bugun va istiqbol haqidagi tasavvur kengligi – 20 ball;
    • Mavzuga oid mavjud muammolar va ularning yechimi boʻyicha takliflar – 20 ball;
    • Imloviy savodxonligi, soʻz boyligi va uslubiy mahorat – 20 ball;
    • Amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan oʻz munosabatining mavjudligi va ular boʻyicha xulosaviy fikrlarning mavjudligi hamda ularni ifoda etish mahorati – 20 ball.
  • Tanlov ishtirokchisi (boshqa shaxs) tomonidan tanlovni tashkil etish va oʻtkazish hamda uning natijasi bilan bogʻliq murojaat (eʼtiroz)lar qabul qilinmaydi.

Tanlov nizomi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Oʻzbekiston
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavr taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun “Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻllarimiz bilan bunyod etamiz!” shiori ostida respublika esselar tanlovi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar