Qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya va muhandislik sohalaridagi oliy oʻquv yurti talabalari uchun yosh muhandislar tanlovi

Qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya va muhandislik sohalaridagi oliy oʻquv yurti talabalari uchun yosh muhandislar tanlovi

  • 25/03/2024 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 25/06/2024 18:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va Islom Taraqqiyot Banki hamkorlikda “Smart Agriculture” tanlovini eʼlon qiladi. 

Dastur qishloq xoʻjaligi, muhandislik va sugʻorish sohalaridagi oliy oʻquv yurtlari talabalari hamda bitiruvchilarini qishloq xoʻjaligi va sugʻorish jarayonlarida muammolarni hal etish, takomillashtirishda yoshlarning innovatsion va kreativ yondashuvlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Tanlovda loyihalari 2020-yil 1-yanvardan 2024-yil 25-maygacha ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi qishloq xoʻjaligi, muhandislik va sugʻorish yoʻnalishlari talabalari/bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov 2 (ikki) yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:

  1. “Smart Agriculture” — Qishloq xoʻjaligini takomillashtirish boʻyicha innovatsion loyiha;
  2. “Smart Irrigation” — Suv xoʻjaligini takomillashtirish boʻyicha innovatsion loyiha.

Har bir yoʻnalish gʻoliblari noutbuk va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi. Arizalar 2024-yil 25-iyun kuni soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Maqbullik shartlari

Dasturda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Tanlovda loyihalari 2020-yil 1-yanvardan 2024-yil 25-maygacha ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi qishloq xoʻjaligi, muhandislik va sugʻorish yoʻnalishlari talabalari/bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin;
  • Tanlov ishi amaliy yoʻnaltirilgan loyiha boʻlishi, uni amalga oshirish uchun mumkin boʻlgan resurs taʼminoti, amalga oshirishning aniq mexanizmlari, erishilgan samarani nazorat qilish tavsifi aks ettirilishi kerak;
  • Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyiha boʻlishi zarur;
  • Tanlov ishida muallifning shaxsiy tadqiqoti natijalari mavjud boʻlishi lozim;
  • Past uglerodli, suv tejamkor texnologiyalaridan foydalanishni nazarda tutuvchi innovatsion va ilgʻor yechimlardan foydalanilishi zarur;
  • Loyiha yangi va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlishi, shuningdek, uni amalga oshirish imkoniyati boʻlishi kerak;
  • Loyiha mualliflik huquqiga rioya qilingan holda ishlab chiqilishi kerak.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Har bir yoʻnalish gʻoliblari noutbuk va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Hujjat topshirish

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar soʻraladi:

  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
  • Talaba guvohnomasi/oliy taʼlim muassasasi diplomi/oʻqiyotganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
  • Oʻzbekiston Respublikasi hududini qamrab oluvchi loyiha.

Arizalar 2024-yil 25-iyun kuni soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) ushbu havola orqali qabul qilinadi. Dasturga QR-kod orqali ushbu havoladan hujjat topshirish mumkin.

Eslatma! Tanlov materiallarida reklama maʼlumotlari, shuningdek, Oʻzbekiston hududida tarqatilishi taqiqlangan yoki cheklangan maʼlumotlar boʻlmasligi kerak. Ushbu maʼlumotlarga ega arizalar koʻrib chiqilmaydi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dastur haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlarni ushbu havola orqali topish mumkin.

Oʻzbekiston
Qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya va muhandislik sohalaridagi oliy oʻquv yurti talabalari uchun yosh muhandislar tanlovi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar