Bakalavriat va magistratura talabalari uchun Janubiy Koreyada xarajatlari qoplanadigan 7 haftalik amaliyot dasturi

Bakalavriat va magistratura talabalari uchun Janubiy Koreyada xarajatlari qoplanadigan 7 haftalik amaliyot dasturi

  • 31/12/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Koreya Davlat
  • 04/02/2025 20:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Magistr talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Koreys tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

KAI-X Research Internship Program Janubiy Koreya davlatining nufuzli KAIST universiteti tomonidan tashkillashtirilgan amaliyot dasturi boʻlib, tabiiy fanlar yoʻnalishida tahsil olayotgan bakalavr va magistratura bosqichi talabalarini qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan.

Dastur 2025-yil 1-iyuldan 16-avgustga qadar, yaʼni 7 hafta davom etib, saralab olingan ishtirokchilar maxsus laboratoriyada amaliyot olib borishadi. Qatnashchilarning yoʻl, yotoqxona va yashash xarajatlari qoplanadi.

Dasturga ariza topshirish jarayoni 2024-yil 31-dekabrdan 4-fevralgacha (Toshkent vaqti bilan) davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda bakalavriatning 3-4- kurs yoki magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin;
  • Nomzodlar fizika, kimyo, matematika, biologiya, kognitiv fanlar va tibbiyot kabi tabiiy fanlar yoʻnalishida oʻqiyotgan boʻlishlari kerak;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
  • Yotoqxonada roʻyxatdan oʻtishdan oldin barcha ishtirokchilar oʻz mamlakatida oʻpka rentgenogrammasidan (lung X-ray test) oʻtishlari shart. Agar Koreyada tekshiruvdan oʻtadigan boʻlsa, jismoniy shaxslar tekshiruv uchun 50 AQSh dollari miqdoridagi toʻlovni qoplash uchun javobgardir.

Eslatma: Doktorantura bosqichida tahsil olayotgan talabalar dasturga ariza topshirishlari mumkin emas.

Foydali tomonlari

Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:

  • Koreyaga borish va kelish yoʻl xarajatlari qoplanadi. Yoʻl xarajatlari uchun maksimal 1 million von (taxminan $691) ajratiladi;
  • Nomzodlarning yotoqxona xarajatlari toʻlanadi va buning uchun 500,000 von (taxminan $346) beriladi;
  • Yashash xarajatlari 500,000 von (taxminan $346) miqdorida qoʻllab-quvvatlanadi;
  • Ishtirokchilar dastur davomida quyidagi tadbirlarda qatnashish imkonini qoʻlga kiritishadi:
    • Ochilish marosimi;
    • Dejon shahridagi KAIST laboratoriyalari kampusida sayohat;
    • Yakuniy taqdimot;
    • Tadqiqot natijalari hisobotini topshirish;
    • Yakuniy ziyofat;
    • Kamida bir martalik Koreya madaniyati bilan tanishtiruv sayohati.

Dasturning foydali jihatlari haqida ushbu poster orqali ham maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlarni kai-x_internship@kaist.ac.kr elektron manziliga joʻnatish soʻraladi:

  • Ariza shakli: Excel shaklida boʻlishi kerak. Namunani ushbu havola orqali yuklab olish mumkin;
  • Insho. Maksimum 1200 soʻzdan iborat boʻlishi va unda dasturda qatnashishdan maqsad hamda rejalar yoritilgan boʻlishi kerak. Namunani ushbu havola orqali yuklab olish mumkin;
  • Akademik transkript. Olinganiga 3 oydan oshmagan boʻlishi, shuningdek, unga universitet muhri va imzosi qoʻyilgan boʻlishi lozim. Hujjat ingliz tilida boʻlishi yoki ushbu tilga rasmiy tarjima qilinishi kerak;
  • Tavsiyanoma;
  • Talabalikni tasdiqlovchi maʼlumotnoma. Olinganiga 3 oydan oshmagan boʻlishi, shuningdek, unga universitet muhri va imzosi qoʻyilgan boʻlishi lozim. Hujjat ingliz tilida boʻlishi yoki ushbu tilga rasmiy tarjima qilinishi kerak.

Eslatma! Saralangan nomzodlar dastur davomida oʻzlari ixtiyoriy belgilagan uch laboratoriyadan birida faoliyat olib borishadi.

Dasturda soʻralgan hujjatlarni ushbu havola orqali yuklash mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 4-fevral, 2025-yil (20:00);
  • Natijalar 2025-yil 31-martda eʼlon qilinadi;
  • Tadqiqot amalga oshiriladigan laboratoriyalar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin;
  • Dastur haqidagi yoʻriqnomani ushbu havola orqali yuklab olish mumkin;
  • KAIST universiteti haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Koreya
Bakalavriat va magistratura talabalari uchun Janubiy Koreyada xarajatlari qoplanadigan 7 haftalik amaliyot dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar