Madaniy va ijodiy sohalarda ishlaydiganlar uchun to‘liq moliyalashtirilgan holda Marokashda malaka oshirish imkoni  — Global Cultural Relations Programme

Madaniy va ijodiy sohalarda ishlaydiganlar uchun to‘liq moliyalashtirilgan holda Marokashda malaka oshirish imkoni — Global Cultural Relations Programme

  • 20/06/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Marokash Davlat
  • 14.07.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    25 yoshdan 39 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Madaniy va ijodiy sohalarda ishlaydigan yoshlar uchun Global Cultural Relations dasturi e’lon qilinadi. 

Dasturga qabul qilinganlar  interfaol o‘quv dasturi orqali xalqaro madaniy aloqalar bo‘yicha ko‘nikmalarini kengaytirish, butun dunyo bo‘ylab madaniy aloqalar platformasining 180 GCRP  bitiruvchilar hamjamiyati bilan aloqada bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Dasturga 40 nafar ishtirokchi qabul qilinib, ularning yo‘l va turar-joy xarajatlari qoplanadi.

Bu yil GCRP 2024-yil 25-28-noyabr kunlari Marokashning Marrakech shahrida boʻlib oʻtadi. Dastur ingliz tilida olib boriladi.

Maqbullik shartlari

Dastur uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

  • 25-39 yosh orasida bo‘lishi lozim;
  • Xalqaro hamkorlik sohasida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi (bu sohada ishlagan ammo 3 yil tajribaga ega bo‘lmagan nomzodlar ham topshira olishi mumkin, garchi ushbu mezonga javob bergan nomzodlarga ustunlik berilsa ham);
  • Davlat yoki xususiy fuqarolik jamiyati tashkilotlarida ishlashi  yoki  frilanser bo‘lishi;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi;
  • Madaniyat va ijodiy sohalarda ishlayotgan mutaxassis va tadbirkor bo‘lishi;
  • 2024-yilning 25-28 noyabr kunlari dasturda to‘liq qatnasha olishi kerak;
  • Yevropa Ittifoqi institutlarida yoki konsorsium hamkorlarida (Gyote Instituti, IETM, Yevropa Madaniyat Jamg'armasi va Siena Universiteti) ishlaydigan nomzodlar Global Madaniy Aloqalar Dasturida qatnasha olmaydilar.

Dasturning maqbullik shartlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlarga javob berishlari kerak:

  • Borib-kelish xarajatlari;
  • Viza xarajatlari  xarajatlari;
  • Turar-joy hamda  dastur bilan bog‘liq boshqa xarajatlar qoplanadi.

Dastur imkoniyatlari bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga quyidagi havola orqali ariza topshiriladi.

Ariza topshirishda quyidagilar so‘raladi:

  • Nomzodning o‘zi va ish tajribasi haqida ma’lumot;
  • Nomzodning GCRP 2024 da ishtirok etish orqali erishmoqchi boʻlgan 3 ta narsa haqida;
  • Dastur davomida xalqaro madaniy aloqalar sohasida qaysi 2 ta asosiy yo‘nalishni ko‘rib chiqishlari  va sababi haqida;
  • Xalqaro madaniy loyihalar ustida ishlagan 1 yoki 2 ta tajribalari haqida qisqacha bayon qilishlari so‘raladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

  • Email: cultural.relations.platform@goethe.de;
  • Tez-tez beriladigan savollar;
  • Muvaffaqiyatli ishtirokchilar dasturga qabul qilinganligi to‘g‘risida avgust oyining oxirida xabardor qilinadi;
  • Ishtirokchilarning Marokashga yetib kelishlari: 24-noyabr, 2024;
  • Dastur davomiyligi: 24-28 noyabr, 2024


 

Marokash
Madaniy va ijodiy sohalarda ishlaydiganlar uchun to‘liq moliyalashtirilgan holda Marokashda malaka oshirish imkoni — Global Cultural Relations Programme

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar