Ayol-qizlar uchun Qozogʻistonda magistraturani toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati — OSCE Scholarship Programme granti

Ayol-qizlar uchun Qozogʻistonda magistraturani toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati — OSCE Scholarship Programme granti

  • 16/05/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Qozogʻiston Davlat
  • 01.07.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan
  • IELTS talabi
    minimum 6

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (OSCE) Germaniya-Qozogʻiston Universiteti (DKU) bilan hamkorlikda qayta tiklanadigan energiya (renewable energy) sohasidagi yosh ayol-qizlar uchun Qozogʻistonda magistraturani toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkonini beruvchi OSCE Scholarship Programme grantini taqdim etadi. Dastur boʻyicha jami 7 nafar nomzodga grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Moʻgʻulistondan kelgan ayol-qizlarni Germaniya-Qozogʻiston Universitetida (DKU) magistratura bosqichini oʻqish uchun qoʻllab-quvvatlaydi. Chunki ushbu dastur qayta tiklanadigan energiya sohasida karyerasining dastlabki bosqichidagi yosh ayol-qizlar uchun zaruriy koʻnikmalar bilan taʼminlashga qaratilgan.

Dastur 2024-yil 2-sentyabrdan 2025-yil 31-maygacha davom etadi.

Maʼlumot uchun: OSCE Scholarship Programme dasturi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Markaziy Osiyoda energiya xavfsizligi va barqarorligi uchun energetika sektorida ayollar ishtirokini ragʻbatlantirish loyihasi doirasida tashkil etilgan boʻlib, Avstriya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Norvegiya va Polsha hukumatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Ushbu dasturning muhim xususiyati Germaniya tajribasini Qozogʻistonga va umuman Markaziy Osiyoga oʻtkazishdir, chunki Markaziy Osiyo davlatlarining hech birida qayta tiklanadigan energiyani boshqarish boʻyicha ixtisoslashtirilgan magistratura dasturlari mavjud emas.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda muhandislik va texnologiya, issiqlik energetikasi, elektroenergetika va boshqa muhandislik va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha bakalavr va magistrlik darajasiga ega yosh ayol-qizlar qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini yaxshi bilish lozim (til bilish sertifikati majburiy emas):
    • TOEFL 560;
    • IELTS 6.0 .
  • Qozogʻiston, Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari, Afgʻoniston va Moʻgʻulistondan boʻlgan, yashil energiya texnologiyalarini (green energy technologies) targʻib qilishga qaratilgan qayta tiklanadigan energiya kompaniyalari va davlat tashkilotlarida karyerasining dastlabki bosqichida faoliyat olib borayotganlar hamda iqtisod va boshqaruv sohasi vakillari ham ishtirok etishi mumkin (Oʻzbekiston roʻyxatda bor).

Eslatma: Yosh mutaxassislar va talaba qizlarning ishtiroki qoʻllab-quvvatlanadi.

Foydali tomonlari

  • Oʻqish toʻlovlaridan ozod etiladi;
  • Oylik stipendiya beriladi;
  • Yoʻl xarajatlari, turar joy va boshqa tegishli xarajatlar qoplanadi;
  • Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha ilgʻor tajribalarni oʻrganish boʻyicha oʻquv safarida qatnashish imkoniyati;
  • Germaniyaning yetakchi universitetlarining oʻqituvchilari hamda Qozogʻiston energetika sohasidagi yetakchi kompaniyalardan taklif etilgan oʻqituvchilar tomonidan maʼruzalar oʻtiladi;
  • Qayta tiklanadigan energiya obyektlarini yaratish va boshqarish, toza energiya texnologiyalari, shu jumladan energiyani tejash va samaradorlik bilan ishlash boʻyicha tajriba orttirish.

Muhim: Shuningdek, magistratura bosqichi uchun 10 ta USAID granti ajratiladi va u oʻqish toʻlovi, turarjoy, ovqatlanish va transport uchun barcha xarajatlarni qoplaydi.

Hujjat topshirish

Dasturga ariza topshirish quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Ariza shakli toʻldiriladi (2024-yil 1-iyulga qadar).
  2. Dastlabki tekshirish uchun talab qilingan hujjatlar skanerlagan holda 2024-yil 15-iyulgacha renenergy@dku.kz elektron pochta manziliga yuboriladi.
  3. DKU universitetining nomzodlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish tizimida roʻyxatdan oʻtiladi.
  4. Xorijiy talabalar suhbat kunigacha (2024-yil 3-avgustgacha) ingliz tilini bilish va ingliz tilidan mutaxassislik fanlari (Boshqaruv, Biznesni tashkil etish) boʻyicha DKU test sinovlaridan oʻtishlari kerak.
  5. Qabul komissiyasi bilan suhbat oʻtkaziladi (2024-yil 4-7-avgust).
  6. Qabul qilinganlar hujjatlarning asl nusxasini 2024-yil 20-avgustgacha DKU qabul komissiyasiga topshirishlari kerak.

Eslatma: Agar nomzod belgilangan muddatda Qozogʻistonga shaxsan kela olmasa, u DKU vakiliga umumiy ishonchnoma tuzishi va barcha hujjatlarni ishonchnoma va apostil bilan birga pochta orqali yuborishi kerak. Qozogʻiston Respublikasi meʼyoriy-huquqiy hujjatlariga koʻra, diplomni tan olish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalarga qaramay, barcha chet ellik talabalar nostrifikatsiyadan oʻtishlari shart.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • ID karta va/yoki pasport nusxasi (rus tiliga rasmiy tarjima qilingan boʻlishi kerak);
  • 6 dona pasport fotosurati (3*4 sm);
  • Ingliz va rus tillarida CV (nomzodning ish tajribasi va ilmiy maqolalarini aks ettirgan holda);
  • Ingliz tilini TOEFL 560 yoki IELTS 6.0 darajada bilishini koʻrsatuvchi sertifikat (agar mavjud boʻlsa);
  • “Renewable Energy Development in your country” mavzusida insho (2 bet, shrift “Times New Roman”, shrift oʻlchami 12, ingliz tilida);
  • Motivatsion xat (ingliz va rus tillarida);
  • Ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar roʻyxati (mavjud boʻlsa);
  • Ish joyidan shaxsiy mehnat daftarchasi yoki mehnat daftarchasining notarial tasdiqlangan nusxasi (mavjud boʻlsa);
  • Harbiylarni roʻyxatga olish guvohnomasi/harbiy guvohnoma nusxasi (erkaklar uchun).

Dastur haqida batafsil maʼlumot, talab qilinadigan hujjatlar roʻyxati va ariza berish tartibi haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 1-iyul, 2024-yil;
  • Saralangan nomzodlar yozma test va suhbatga taklif qilinadi;
  • Tel: +43 1 514 360;
  • Fax: +43 1 514 36 6996.

Dastur haqida qoʻshimcha murojaatlar uchun:

  • Aleksey Kobzev, DKU Yashil energiya va iqlim oʻzgarishi laboratoriyasi rahbari: kobzev@dku.kz;
  • Saniya Axmetova, magistratura dasturi koordinatori, DKU:
    akhmetova@dku.kz;
  • Abylayxon Soltanayev, “Qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligini strategik boshqarish” magistratura dasturi ilmiy koordinatori: soltanayev@dku.kz.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Qozogʻiston
Ayol-qizlar uchun Qozogʻistonda magistraturani toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati — OSCE Scholarship Programme granti

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar