Koreyada bakalavr bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati beruvchi Global Korea Scholarship dasturi

Koreyada bakalavr bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati beruvchi Global Korea Scholarship dasturi

  • 15/09/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Koreya Davlat
  • 25.10.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi)
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Koreys tili
  • Yosh chegarasi
    25 yoshgacha

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Janubiy Koreya hukumati tomonidan xalqaro talabalar uchun deyarli barcha sohalar boʻyicha bakalavr bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyatini beruvchi Global Korea Scholarship dasturining qabuli boshlandi.

GKS dasturiga 2 xil yoʻl bilan ariza topshirish mumkin:

  • Embassy Track;
  • University Track.

Embassy Track orqali hujjat topshirgan nomzodlar 3 ta universitet tanlash imkoniyatiga ega boʻlishadi. Buning uchun nomzodlar Koreyaning Oʻzbekistondagi elchixonasiga murojaat qilishi soʻraladi.

University Track orqali hujjat topshirgan nomzodlar 1 ta universitet tanlash imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Dasturga qabul qilingan talabalar Koreyadagi eng nufuzli oliygohlarda hech qanday toʻlovlarsiz eng soʻnggi taʼlim berish usullari orqali oʻqish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Dasturga topshirayotganlar koreys tilini bilishmasa, 1 yillik til kursida oʻqib TOPIC 5 olishlari soʻraladi. Til kursi toʻlovlari ham GKS tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi.

Qabul kvotalari:

  • Bakalavriat uchun — 280 ta.

Ariza topshirish uchun minimum talablar:

  • Akademik koʻrsatkichi 80% dan yuqori,
  • Shu yil oxirigacha oʻqishini tamomlashi soʻraladi.

Dastur va uning toʻliq imkoniyatlari haqida bu yerda batafsil bilib olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Nomzodlar va ularning ota-onasi Koreya fuqarosi boʻlmasligi kerak;
  • Bakalavr bosqichi uchun 25 yoshdan kichik (2000-yil 1-martdan keyin tugʻilganlar) boʻlish soʻraladi;
  • Nomzodlarning oxirgi oʻqigan taʼlim muassasasida olgan baholar koʻrsatkichi 80% dan yuqori boʻlishi;
  • Nomzodlar chet elda uzoq vaqt yashash uchun ruhan va jismonan sogʻlom boʻlishi kerak;
  • Ilgari bakalavr bosqichini oʻqigan talabalar ariza topshira olmaydilar;

Quyidagilar dasturga ariza topshira olmaydilar:

  • Koreya oʻrta maktabini (shu jumladan xalqaro maktablarni) tugatgan (yoki bitirishi kutilayotgan) yoki Koreya assotsiatsiya dasturini tugatgan (yoki bitirishi kutilayotgan) shaxs ariza topshirishi mumkin emas;
  • Ilgari Koreya hukumati tomonidan diplom dasturi uchun stipendiya olgan shaxs ariza topshirish huquqiga ega emas;
  • Soʻnggi uch yil ichida GKS gʻolibi sifatida tanlab olingandan soʻng dasturdan chetlatilgan yoki stipendiyadan mahrum boʻlgan sobiq GKS gʻoliblari ariza bera olmaydilar;

Dastur talablari haqida bu yerda batafsil tanishib chiqish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Dastur har bir semestrda kontrakt uchun 5 million KRW ($3,781) miqdorida toʻliq toʻlab beradi;
  • Shuningdek, yashash, tibbiy sugʻurta, til kurslari uchun yiliga 13,600,000 KRW gacha ($10,280) miqdorda mablagʻ ajratiladi;
  • Aviachipta xarajatlari qoplanadi.

Hujjat topshirish

Embassy Track boʻyicha hujjat topshirayotgan nomzodlar Koreyaning Oʻzbekistondagi elchixonasiga murojaat qilishi soʻraladi.

Hujjatlarni 1 tadan aslini yoki 3 tadan apostil qilingan shaklini nusxasini topshirish mumkin.

Asosiy soʻraladigan hujjatlar:

  • Ariza shaklini toʻldirish va imzo bilan tasdiqlash (Application form);
  • Personal Statement;
  • Study Plan (dastur davomida qanday oʻqishi haqida reja);
  • Bitta tavsiyanoma (Recommendation Letter);
  • Sogʻligi qoniqarli ekanini tasdiqlovchi hujjat (Personal Medical Assessment);
  • Pasport;
  • Oʻqishini tamomlagani haqida maʼlumot;
  • Baholar transkripti;
  • Yoshini, Koreya fuqarosi emasligini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • Til sertifikatlari IELTS, TOPIC ular ham yuklanadi (ixtiyоriy). Til sertifikati borlarga saralashda ustunlik beriladi.

Muhim: hujjatlarning barchasi Ingliz yoki Koreys tiliga rasman tarjima qilinib apostil qilinishi shart!

Hujjat topshirish va saralash jarayoni haqida bu yerda batafsil oʻqib chiqish mumkin.

Eslatma: ariza topshirilganda Koreyada oʻqish boshlangunga qadar shu bosqichini tamomlashlari soʻraladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dasturga ariza topshirishning oxirgi muddati:

  • Embassy track: har bir elchixona tomonidan belgilanadi;
  • University track: oxirgi muddat 25-oktyabr, 2024-yil.

Embassy Track bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni Koreyaning O'zbekistondagi elchixonasining quyidagi aloqa manzillaridan batafsil bilib olish mumkin:

Koreya
Koreyada bakalavr bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati beruvchi Global Korea Scholarship dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar