Xitoyda bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichini oʻqish uchun JSU Presidential Scholarship grant dasturi

Xitoyda bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichini oʻqish uchun JSU Presidential Scholarship grant dasturi

  • 01/05/2024 Qabul boshlanishi
  • Grant Moliyalash turi
  • Xitoy Davlat
  • 14.07.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    18 yoshdan 40 yoshgacha
  • IELTS talabi
    minimum 5.5

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Xitoyning Jiangsu universiteti bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida oʻqish uchun JSU Presidential Scholarship grant dasturini eʼlon qiladi. 

Bakalavr bosqichiga hujjat topshirish uchun nomzodlar 25 yoshdan, magistratura bosqichi uchun 30 yoshdan va doktorantura bosqichi uchun 40 yoshdan yuqori boʻlmasliklari zarur. Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan ingliz tili sertifikati va yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlish soʻraladi. Nomzodlarga talabalar oʻqiyotgan bosqichi va grant kategoriyasiga qarab turlicha miqdorda stipendiya beriladi.

Dasturga qabul jarayoni 2024-yil 14-iyulgacha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturda qatnashish uchun nomzodlarga quyidagi talablar qoʻyilgan:

  • Nomzodlar Xitoy davlati fuqarosi boʻlmasligi, jismonan sogʻlom boʻlishi, Xitoy qonunlari, universitet talablariga amal qilishi hamda Xitoy anʼanalarini hurmat qilishi kerak;
  • Bakalavr bosqichiga hujjat topshirish uchun nomzodlar 25 yoshdan, magistratura bosqichi uchun 30 yoshdan va doktorantura bosqichi uchun 40 yoshdan yuqori boʻlmasliklari zarur;
  • Ishtirokchilar yuqori akademik koʻrsatkichlariga ega boʻlishlari lozim;
  • Dasturda qatnashish uchun jismonan va ruhan sogʻlom boʻlish soʻraladi;
  • Nomzodlar ingliz tilidan kamida IELTS 5.5 yoki shunga teng darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishlari lozim;
  • Dasturda boshqa grant gʻoliblari qatnasha olmaydilar.

Eslatma! Dastur talablari nomzodlar oʻqimoqchi boʻlgan yoʻnalish va bosqichga qarab farq qiladi.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:

  • Bakalavr bosqichining A kategoriyasi gʻoliblariga birinchi oʻquv yili uchun 10,000 xitoy yuani, B kategoriyasi gʻoliblariga esa har yili 10,000 xitoy yuani miqdorida stipendiya taqdim etiladi;
  • Magistratura bosqichining A kategoriyasi gʻoliblariga yillik 25,000 xitoy yuani, B kategoriya gʻoliblariga esa yillik 10,000 xitoy yuani miqdorida stipendiya beriladi;
  • Doktorantura bosqichining A kategoriyasi gʻoliblarining kontrakt, turar-joy xarajatlari qoplanadi hamda 5000 xitoy yuani miqdoridagi stipendiya bilan taʼminlanadi. B kategoriyasi gʻoliblarining kontrakt hamda turar-joy xarajatlari qoplanadi;
  • Talabalarga birinchi oʻquv yilida yashash xarajatlari uchun 5,000 xitoy yuani miqdoridagi bir martalik pul oʻtkaziladi.

Dasturning foydali tomonlari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga ariza topshirish jarayoni quyidagicha:

  1. Jiangsu universiteti onlayn ariza topshirish tizimida roʻyxatdan oʻting;
  2. Dastur talablari bilan batafsil tanishib chiqing;
  3. Hujjat topshirish uchun tegishli badal pulini toʻlang;
  4. Dastur uchun soʻralgan quyidagi hujjatlarni topshiring:
  • Pasport;
  • Tegishli oʻquv muassasasi diplomi;
  • Diplom transkripsiyasi;
  • Motivatsion xat;
  • Tibbiy maʼlumotnoma;
  • Moliyaviy sharoit haqida maʼlumotnoma;
  • 6 oy ichida jinoyat sodir etmaganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma.

Eslatma! Topshiriladigan hujjatlar roʻyxati nomzodlar oʻqimoqchi boʻlgan yoʻnalish va bosqichga qarab farq qiladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Jiangsu universiteti haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Jiangsu universitetida mavjud yoʻnalishlar haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Universitet kampus hayoti haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Xitoy
Xitoyda bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichini oʻqish uchun JSU Presidential Scholarship grant dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar