Yoshidan qatʼi nazar barcha professional va havaskor fotograflar uchun The 2024 Banff Mountain Photo Essay Competition tanlovi. Bosh mukofot — $3000 CDN

Yoshidan qatʼi nazar barcha professional va havaskor fotograflar uchun The 2024 Banff Mountain Photo Essay Competition tanlovi. Bosh mukofot — $3000 CDN

  • 25/01/2024 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Kanada Davlat
  • 06.05.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Mountain Culture at Banff Centre for Arts and Creativity markazi The Mountain Photo Essay Competition — Togʻli fotosuratlar tanlovi dasturini eʼlon qiladi.

Ushbu dastur professional hamda havaskor fotograflarga togʻ tajribasi, gʻoyalari va qarashlari bilan boʻlishish, ilhomlanish imkoniyatlarini yaratadi. Bu orqali togʻli hududlarni koʻproq oʻrganish hamda qadrlashni ragʻbatlantirish koʻzda tutilgan.

Tanlovda biror hikoya yoki xabarni yetkazishga qaratilgan rasmlar ketma-ketligi bilan qatnashish mumkin. Nomzodlar dasturda madaniyat, sarguzasht, yovvoyi tabiat, sport, atrof-muhit yoki tabiat tarixi haqidagi tasvirlar bilan qatnasha olishadi.

Tanlovning dastlabki bosqichida yuqori aniqlikdagi tasvirlar talab qilinmaydi.

Dasturda yosh chegarasi belgilanmagan boʻlib, har qanday professional yoki havaskor fotograflar qatnashishi mumkin.

Dasturga qabul 2024-yil 6-mayda tugatilib, 2024-yilning iyun oyida gʻoliblar eʼlon qilinadi. 

Bosh mukofot $3000 CDN qilib belgilangan. Bundan tashqari gʻolib boʻlgan ishlar 2024 Banff Centre Mountain Film and Book Festival koʻrgazmasida namoyish etilishi koʻzda tutilgan.

Maqbullik shartlari

Dasturda qatnashish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • Barcha rasmlar muallifgagina tegisjli boʻlishi kerak;
  • Tanlovda havaskor va professional fotosuratchilar ishtirok etishlari mumkin;
  • Rasmlar soʻnggi ikki yil ichida (2023–2024) olingan boʻlishi lozim;
  • Arizalar faqat foto insho shaklida qabul qilinadi. Yaʼni topshirilgan ishlar biror bir hikoya yoki xabarni yetkizib berishi lozim;
  • 3 tadan 5 tagacha surʼatdan iborat boʻlgan toʻplam bitta koʻrgazma hisoblanadi;
  • Tasvirlar madaniyat, sarguzasht, yovvoyi tabiat, sport, atrof-muhit yoki tabiat tarixi haqida boʻlishi soʻraladi.
  • Arizalarni baholashda togʻ hikoyasini oʻz ichiga olgan ishlarning kompozitsiyasi, texnikasi, mazmuni va originalligi eʼtiborga olinadi. Nomzodlardan faqatgina oʻz hikoyalarini koʻrsatish uchun kerak boʻladigan rasmlarnigina taqdim etishlari soʻraladi. Keraksiz surʼatlar umumiy tanlov natijalariga taʼsir qilishi mumkin;
  • Faqat raqamli tasvir fayllari qabul qilinadi.

Rasm formatiga qoʻyilgan talablar:

  • Ishlar 1024 x 768 pikselda; 72ppi formatida boʻlishi lozim;
  • JPG tasvir fayllarining hajmi har biri uchun 1 mb dan oshmasligi lozim. 1 mb dan oshgan ishlar tanlovdan chetlashtiriladi. Dastlabki bosqichda yuqori aniqlikdagi tasvirlar talab qilinmaydi;
  • Hech qanday moyboʻyoqli yoki raqamli mattlar (jilolar), ramkalar yoki hoshiyalar boʻlmasligi kerak;
  • Fotosuratchining ismi tasvirlarda koʻrinmasligi kerak (Ishlar hech qanday chalgʻishlarsiz faqat surʼatlarning oʻzi bilangina baholanishi koʻzda tutilgan);
  • Rasmli insholarning qisqacha xulosasi ham topshirilishi kerak;
  • Fayllar Ism_familiya_inshonomi_rasmraqami tarzida nomlanishi kerak. Masalan: DOE_JANE_MT RUNDLE_1.JPG
    DOE_JANE_MT RUNDLE_2.JPG
  • Nomzod bir nechta foto insho topshirayotgan taqdirda, insholarni bir-biridan farqlash uchun insho nomi va rasm raqamlari noyob boʻlishi lozim;
  • Rasmlar koʻrish kerak boʻlgan ketma-ketlikda nomlanishi kerak;
  • Topshirilgan ishlar gʻolib deb topilgan taqdirda, nomzoddan koʻrgazmaga chop etish uchun rasmlarning yuqori aniqlikdagi tasviri soʻraladi.
  • Shuningdek, dasturda tomonlarning huquq va talablarini belgilovchi qoidalar ham o'rnatilgan bo'lib, ushbu qoidalar ro'yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladilar:

  • Bosh mukofot gʻolibi $3000 CDN ni qoʻlga kiritadi;
  • Gʻolib boʻlgan ishlar 2024 Banff Centre Mountain Film and Book Festival koʻrgazmasida namoyish etiladi;
  • Qolgan boshqa finalistlarning ishlari ham ushbu koʻrgazmada namoyish etilishi mumkin;
  • Gʻolib boʻlgan insho uchinchi tomon kontentida koʻpaytirilishi mumkin. Bunda mualliflar uchinchi tomon bilan musobaqaga daxldor boʻlmagan holatda alohida tijoriy shartnoma tuzishlari lozim.

Dastur imtiyozli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga ariza topshirish uchun nomzodlardan ushbu havola orqali saytga oʻtib, kerakli ariza formasini toʻldirishlari soʻraladi.

Eslatma: Topshirilayotgan surʼatlar hajmi 2mb dan oshmasligi lozim.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dasturga ariza topshirishning soʻnggi muddati 2024-yil 6- may boʻlib, soʻnggi natijalar shu yilning iyun oyida eʼlon qilinadi.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: banffmountainphotos@banffcentre.ca 

Kanada
Yoshidan qatʼi nazar barcha professional va havaskor fotograflar uchun The 2024 Banff Mountain Photo Essay Competition tanlovi. Bosh mukofot — $3000 CDN

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar