AQSh elchixonasi tomonidan Fargʻona vodiysi ayol-qizlari uchun tadbirkor ayollar akademiyasi — Academy for Women Entrepreneurs (AWE) dasturi

AQSh elchixonasi tomonidan Fargʻona vodiysi ayol-qizlari uchun tadbirkor ayollar akademiyasi — Academy for Women Entrepreneurs (AWE) dasturi

  • 24/09/2024 Qabul boshlanishi
  • Bepul Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 20.10.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Rus tili
  • Yosh chegarasi
    25 yoshdan 40 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Tadbirkor ayollar akademiyasi (AWE) kichik biznesiga ega boʻlgan ayollar uchun maxsus ishlab chiqilgan trening va murabbiylik dasturidir. Bu dastur tashabbuskor ayollarga muvaffaqiyatli biznesni boshlash va kengaytirish uchun zarur boʻlgan bilim, hamkorlar topish imkoniyatini beradi.

AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi va Tech4Impact nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida butun dunyo boʻylab tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlovchi AQSh hukumati tashabbusi bilan Oʻzbekistonda ilk bora Tadbirkor ayollar akademiyasini (AWE) tashkil etilmoqda. Dastur Fargʻona vodiysidagi tadbirkor ayollar uchun taqdim etiladi.

AWE dasturi Arizona shtat universiteti tomonidan ishlab chiqilgan DreamBuilder deb nomlangan onlayn kursga asoslangan holda olib boriladi. Oʻzbekistonning yetakchi mahalliy biznes rahbarlari 2025-yil yanvar-fevral oylarida davom etishi rejalashtirilgan intensiv dasturda ishtirok etishlari mumkin.

AWE dasturi orqali ishtirokchilar asosiy biznes koʻnikmalariga ega boʻladilar va tajribali dasturchilar, mahalliy murabbiylar va AQSh almashinuvi bitiruvchilari bilan qizgʻin muhokama olib borish imkoniyatiga ega boʻladi.

Saralangan ishtirokchilar avval onlayn kurslarni yakunlaydi va mahalliy tashkil etiladigan oflayn kurslarni davom ettiradi.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda 25-40 yoshdagi Fargʻona vodiysida istiqomat qiluvchi ayol-qizlar ishtirok etishi mumkin;
  •  Ingliz tili va/yoki rus tilini mukammal darajada bilish zarur. Sertifikat talab etilmaydi;
  • Kamida 1-2 yildan beri faoliyat yuritayotgan biznesiga ega boʻlishi kerak;
  • Noutbukdan foydalanish imkoniyati mavjud boʻlishi lozim;
  • Ushbu dasturda ishtirok etish uchun kuchli motivatsiyasiga ega boʻlishi va uni ariza topshirishda koʻrsata olishi kerak.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturda ishtirok etish quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • Dasturda bepul ishtirok etish;
  • Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi;
  • Biznesni boshqarish boʻyicha jahon darajasidagi onlayn treninglarda, shuningdek, mahalliy biznes rahbarlari bilan murabbiylik mashgʻulotlarida, mahalliy tadbirkorlar bilan aloqa oʻrnatishda ishtirok etish;
  • Ishtirokchilar dasturni tugatgandan soʻng sertifikat va US Exchange Alumni jamoasiga aʼzo boʻlish.

Maʼlumot uchun: Dasturning 2021-yilgi mavsumi tamomlagan 80 ta mamlakat ayollarining 74 foizi biznes daromadlarini oshirdi va 29 foizi koʻproq xodimlarni ish bilan taʼminladi,

Dastur imkoniyatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturda ishtirok etish uchun ushbu onlayn ariza shaklini toʻldirish lozim.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Muhim sanalar:

  • Saralangan nomzodlar bilan intervyu — 2024-yil 18-19-noyabr;
  • Intervyu bosqichi natijalari — 2024-yil 23-noyabr;
  • Dreambuilder onlayn kursi, mahalliy biznes sessiyalari, xalqaro ekspertlar bilan seminarlar (onlayn va shaxsan), Fargʻonada muvaffaqiyatli biznesga sayohat — 2024-yil noyabr-dekabr;
  • Namangan shahrida individual biznes-mentorlik mashgʻulotlari va o'zaro aloqaga kirish tadbiri: 2025-yil yanvar-fevral;
  • Toshkentdagi Final Pitching tadbiri va taqdirlash marosimi : 2025-yil mart. 

AWE xalqaro dasturi haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Dastur talablari va foydali tomonlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Oʻzbekiston
AQSh elchixonasi tomonidan Fargʻona vodiysi ayol-qizlari uchun tadbirkor ayollar akademiyasi — Academy for Women Entrepreneurs (AWE) dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar