Dasturga quyidagi soha vakillari hujjat topshirishlari mumkin:
- Gumanist va ijtimoiy fanlar olimlari;
- Ijodkorlar (jurnalist va badiiy boʻlmagan yozuvchilar);
- Olimlar, injenerlar va matematiklar;
- Amaliyotchilar.
Gumanist va ijtimoiy fanlar olimlari uchun qoʻyiladigan talablar:
- Doktorlik yoki tegishli sohasi boʻyicha ilmiy darajani dasturda ishtirok etishidan kamida ikki yil oldin olgan boʻlishi kerak. (2026-2027-oʻquv yilida qatnashish uchun 2025-yil dekabrda darajani olgan boʻlishi lozim);
- Kamida 1 ta monografiyasi hamda 2 ta maqolasi maqolalar qatʼiy tekshiriladigan jurnallar yoki tekshiriladigan maqolalar kolleksiyasida chop etilgan boʻlishi lozim.
Ijodkorlar (jurnalist va badiiy boʻlmagan yozuvchilar) uchun qoʻyiladigan talablar:
- Ishtirokchilar doktorlik yoki magistrlik darajasiga ega boʻlishlari talab qilinmaydi;
- Quyidagi sohaning har bir ijodkorlari uchun alohida talablar mavjud.
Film va video: Nomzodlar ushbu yoʻnalish boʻyicha muhim yutuqlarga erishgan mustaqil ishlarga ega boʻlishlari kerak. Ularning asarlari odatda galereyalar, muzeylar, kino yoki video festivallarda namoyish etilgan yoki televizorda efirga uzatilgan boʻlishi kerak.
Tasviriy sanʼat: Ushbu fan boʻyicha ariza topshiruvchilar professional rassom sifatida kamida besh yillik ish tajribasi, shu jumladan maxsus saralab olingan guruh shoularida va kamida ikkita professional shaxsiy koʻrgazmada ishtirok etganliklarini isbotlash orqali dasturda qatnashishlari mumkin.
Badiiy va fantastik asarlar yozish: Ushbu yoʻnalish nomzodlari quyidagilardan biriga ega boʻlishlari kerak:
a) bir yoki bir nechta kitoblari nashr etilgan boʻlishi kerak;
b) kitob hajmidagi qoʻlyozmani nashr etish boʻyicha shartnoma boʻlishi lozim;
c) kamida uchta ishlari (gazetadagi maqolalardan uzunroq) nashr etilgan boʻlishi lozim.
Sheʼriyat: Ushbu yoʻnalish boʻyicha abituriyentlar soʻnggi besh yil ichida kamida 20 ta sheʼr nashr etgan yoki sheʼriy kitob chop ettirgan boʻlishi va qoʻlyozma toʻldirish jarayonida boʻlishi kerak.
Jurnalistika: Ushbu fan boʻyicha nomzodlardan kamida besh yil jurnalist sifatida professional ishlagan boʻlishi talab qilinadi.
Dramaturgiya: Ushbu yoʻnalishda qatnashish uchun nomzodlar oʻzlarining mustaqil ishlariga ega boʻlishlari kerak. Bunga, odatda, ijodkor tashkillashtirgan sahna asarlar va shu kabi asarlar kiradi.
Musiqa: Nomzodlar musiqa yoʻnalishi boʻyicha PhD yoki magistrlik darajasiga ega boʻlishlari ustunlikni beradi, lekin bu majburiy emas. Eng muhimi, nomzodlik qiluvchi professional ijodkor sifatida erishgan yutuqlarini isbotlab berishi kerak. Avvalgi ishlarining qayd etilgan materiallari ham taqdim etilishi kerak.
Olimlar, injenerlar va matematiklar uchun qoʻyiladigan talablar:
- Doktorlik boʻyicha ilmiy darajani dasturda ishtirok etishidan kamida ikki yil oldin olgan boʻlishi kerak. (2026-27-oʻquv yilida qatnashish uchun 2025-yil dekabrda darajani olgan boʻlishi lozim);
- Kamida 5 ta maqolasi maqolalar qatʼiy tekshiriladigan jurnallarda chop etilgan boʻlishi lozim. Koʻpchilik olim, injener va matematiklar koʻplab maqolalar chop ettirishadi;
- Faqatgina kuchli mustaqil tadqiqot va yozish mahoratiga ega nomzodlar qatnashishlari talab qilinadi.
Eslatma! Dasturga hujjat topshirish davrida doktorantura yoki magistratura bosqichida oʻqiyotganlar hamda dasturda avval qatnashganlar ishtirok eta olmaydilar. Ishtirokchilar ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim.
Maqbullik shartlari bilan ushbu havola orqali toʻliq tanishish mumkin.