Butun dunyo yoshlarini qamrab oluvchi Young Professional Fellowship Bali 2024  konferensiyasi

Butun dunyo yoshlarini qamrab oluvchi Young Professional Fellowship Bali 2024 konferensiyasi

  • 01/03/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Indoneziya Davlat
  • 30.04.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    16 yoshdan 40 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

"Young Professional Fellowship Bali 2024" - bu har yili dunyoning turli burchagida o'tkaziluvchi 16-40 yosh oralig‘idagi global yoshlar uchrashuvidir. Ushbu dastur madaniyatlararo almashinuv, o‘zini o‘zi tadqiq qilish, yetakchilikni rivojlantirish, global o‘zaro munosabatlar va do‘stlik, hamkorlik, Barqaror rivojlanish maqsadlari va yoshlar o'rtasidagi ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

MAPS - Yoshlar Lideri Tashkiloti butun dunyo bo‘ylab o‘z jamoalari atrofida ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirayotgan 150 nafar eng yaxshi yoshlarni saralab oladi. Bu yil uchun to‘liq moliyalashtirilgan 15 ta, qisman moliyalashtirilgan 20 ta va 110 ta o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan o'rin ajratilgan.

Dastur maqsadi:

  1. Butun dunyo bo‘ylab yoshlar o‘rtasida o‘zaro madaniyatlararo almashinuv va global do'stlikni o'rnatish;
  2. Ishtirokchilar orasida yetakchilik, jamoani shakllantirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va bunda BMTning Barqaror Taraqqiyot Maqsadlari tashkilotining tutgan o‘rnini anglatish;
  3. Delegatlarni iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanishlar natijasida dunyodagi bo‘layotgan hodisalardan xabardor qilish;
  4. Ishtirokchilarga sog'lom turmush va farovon hayot kechirishlari uchun o'zliklarini anglash va hayotga ijobiy yondashishlari borasida yordam berish va b.

Dasturga bu yil 25-28 iyun kunlari Indoneziya davlati mezbonlik qiladi. 

Dastur bo'yicha ushbu videorolikni tomosha qilish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dunyoning istalgan burchagidan 16 - 40 yosh oralg'idagi yoshlar;
  • Ijtimoiy o‘zgarishlarga qiziqadigan;
  • Ijtimoiy tajribaga ega bo'lmagan, ammo ijtimoiy o‘zgarishlarga oid o'z qarashlarini bildira oladigan.
  • Har qanday darajadagi ijtimoiy / ta'lim faoliyati bilan shug‘ullanadigan;
  • Ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan yoshlar qatnasha oladi;
  • IELTS / TOEFL sertifikatlari talab qilinmaydi.

Foydali tomonlari

To'liq moliyalashtirilgan grant (15):

  • borib-kelish safar xarajatlari, butun dastur davomida yashash uchun turarjoy, ovqatlanish (nonushta va tushlik) xarajatlari qoplanadi;
  • diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurish va madaniy kechki marosimlarda qatnashish;
  • dastur uchun qilgan harakatlarini inobatga olgan holda beriladigan mukofot va dastur uchun kerakli bo‘lgan narsalar to‘plami;
  • sertifikat;
  • turli xil bayramlarda ishtirok etish;
  • viza uchun yordam. 

Qisman moliyalashtirilgan grant (20):

  • turarjoy, sertifikat, ovqatlanish (nonushta va tushlik), konferensiya to'plami, madaniy kechalar, turli xil bayramlarda ishtirok etish.

Shaxsiy hisobdan qatnashish:

To'liq yoki yarim to'plamni xarid qilishiga qarab:

  • taklifnoma;
  • fellowship uchun kerakli bo‘lgan narsalar to‘plami;
  • fellowship tadbirlarida ishtirok etish;
  • diqqatga sazovor joylarga tashrif.

Izoh: Ushbu toifadagi mablag‘lar o‘zini o‘zi moliyalashtirish asosida bo‘ladi va kelishuvlar sayohat bo'yicha hamkor tomonidan olib boriladi.

Hujjat topshirish

Dasturga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin. 

Ariza berish tartibi:

  • Ariza uchun to‘lov ($30) - bu qaytarilmas bir martalik ariza badali hisoblanadi.
  • Ariza shakli (ko'rsatilgan havola orqali yuboriladigan ariza);
  • To‘lovni tasdiqlovchi hujjatni ilovasi.

To‘liq va qisman moliyalashtirilgan delegatlarni tanlash mezoni qanday amalga oshiriladi?

  • Ariza beruvchilarning motivatsiyasi, g‘oyalari va yutuqlariga qarab;
  • Delegat sifatida tanlanganda jamiyatga qanday ta'sir o‘tkazishi borasidagi savollarga bergan javoblariga qarab;
  • Suhbat natijasiga qarab (dastlabki saralashdan o'tganlar uchun).

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Eslatma: Dasturga ariza berish narxi 30$. Agar ariza muvaffaqiyatli deb topilmasa ariza uchun to‘lov hech qanday holatda qaytarilmaydi. 

Muhim sanalar:

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 30-aprel, 2024-yil

Natijalar deklaratsiyasi: 2024-yil 10-may;

Ishtirok etishni tasdiqlashning oxirgi muddati: 2024-yil 15-may;

YPF Bali: 25-28 iyun, 2024-yil.

Aloqa uchun:

Indoneziya
Butun dunyo yoshlarini qamrab oluvchi Young Professional Fellowship Bali 2024 konferensiyasi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar