AQShning mashhur Kaliforniya shtatida global muammolarning muqobil yechimiga faol hissa qoʻshishni istaganlar uchun International Youth Conference 11 konferensiyasi taqdim etiladi.
Konferensiya mavzusi: Youth Leading Inclusive Social Transformation.
Dastur mavzusi yoshlarning nafaqat ertangi kunning yetakchilari, balki bugungi kunda faol oʻzgarishlarni yaratuvchisi ekanligini eʼtirof etib, inklyuziv ijtimoiy oʻzgarishlarni amalga oshirishda yoshlarning muhim rolini yanada oshirishga qaratilgan. Bu siyosat, iqtisodiy imkoniyatlar, taʼlim yoki ijtimoiy adolat kabi ijtimoiy rivojlanishdagi doimiy kamchiliklarni bartaraf etishda yoshlar yetakchilik qilishi zarurligini taʼkidlaydi.
Dastur 2025-yil 1-maydan 4-maygacha Kaliforniya shtatining Los-Anjeles shahrida gibrid (ham onlayn ham oflayn) koʻrinishda oʻtkaziladi.
Maʼlumot uchun: International Youth Conference 11 (IYC11) konferensiyasi strategik jihatdan 2025-yilgi Second World Summit for Social Development bilan bir qatorda oʻtkazilayotgan boʻlib, butun dunyo boʻylab yoshlar uchun ertangi kun bilan bogʻliq koʻp tomonlama yechimlarni topish va uning targʻibotiga hissa qoʻshish uchun muhim platforma boʻlib xizmat qiladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Eslatma: Oflayn tadbirga boradiganlar viza yoki turarjoy, safar xarajatlari uchun mablagʻ bilan taʼminlanmaydi.