AQShning Yale universiteti tomonidan psixologiya boʻyicha The Science of Well-being bepul onlayn kursi

AQShning Yale universiteti tomonidan psixologiya boʻyicha The Science of Well-being bepul onlayn kursi

  • 01/11/2024 Qabul boshlanishi
  • Bepul Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • Doimiy Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

The Science of Well-Being deb nomlangan psixologik kurs Yale universiteti tomonidan Coursera platformasida David F.Svensenning moliyaviy hamkorligida tashkillashtirilgan.

Kurs 3 haftaga moʻljallangan va nomzodlar yil davomida istalgan vaqtda roʻyxatdan oʻtishlari va ishtirok etishlari mumkin. Mashgʻulotlar ushbu universitetning eng malakali professorlaridan biri Laurie Santos tomonidan olib boriladi va dastur davomida maxsus topshiriqlar beriladi.

Kurs hayotda quvonch va baxtga erishish yoʻlidagi toʻsiqlarni yengib oʻtish va muvaffaqiyatli hayot tarzini yoʻlga qoʻyish sirlarini oʻrgatadi.

The Science of Well-Being deb nomlangan kursda ishtirok etish mutlaqo bepul. Shunga qaramasdan, $49 toʻlov qilingan taqdirda qoʻshimcha imtiyozlar beriladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturga qiziqqan barcha ishtirok etishi mumkin;
  • Onlayn shaklda qatnashish uchun yaxshi internet va kerakli qurilmalarga ega boʻlish lozim.

Foydali tomonlari

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Qulay va istalgan vaqtda masofadan turib shugʻullanish imkoniyati;
  • Kursda jami 10 ta modul orqali psixologiya boʻyicha bilimlar beradi;
  • Kurs ingliz tilida boʻlishiga qaramay, ingliz, arab, fransuz, rus, koreys, nemis, ispan, ukrain, portugal, italyan, vetnam va fors tillarida subtitrlar mavjud;
  • Darslar Yale universitetining eng yaxshi professorlaridan biri Laurie Santos tomonidan olib boriladi;

Eslatma: $49 toʻlov evaziga rasmiy sertifikat va ushbu kursga oid yanada koʻproq materiallarni qoʻlga kiritish imkoni mavjud.

Qoʻshimcha imkoniyatlar hamda sertifikatni qoʻlga kiritishni xohlagan ammo toʻlov qilishga imkoni yoʻqlar uchun moliyaviy yordam mavjud. Buning uchun ushbu havola orqali ariza yozish kerak boʻladi. Ariza 15 kun ichida koʻrib chiqiladi.

Hujjat topshirish

Nomzodlar istalgan vaqtda Coursera platformasi orqali The Science of Well-Being onlayn kursidan onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Nomzodlar yil davomida, istalgan vaqtda roʻyxatdan oʻtishlari va ishtirok etishlari mumkin;
  • Kurs haqida qoldirilgan fikrlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

AQSh
AQShning Yale universiteti tomonidan psixologiya boʻyicha The Science of Well-being bepul onlayn kursi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar