Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasining 1-komponenti “Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish va natijalarini tijoratlashtirish” dasturi doirasida loyihalar tanlovini eʼlon qiladi.
Tadqiqot sifatini oshirish dasturi doirasida ilmiy-tadqiqot instituti yoki oliy oʻquv yurtlari ilmiy xodimlari tomonidan taqdim etilgan tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish nazarda tutilgan. Tadqiqot sifatini oshirish dasturi doirasida mahalliy va xorijiy ilmiy xodimlarning (shu jumladan chet eldagi oʻzbek olimlarining) qoʻshma tadqiqot takliflarini, ilmiy xodimlar va xususiy sektorning qoʻshma tadqiqot takliflarini, shuningdek, mamlakatning kelajakdagi tadqiqot salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan yosh olimlarning takliflarini koʻrib chiqishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Tanlov ikkita asosiy mezonga asoslangan boʻladi:
Tanlov ilm-fanning barcha sohalari boʻyicha loyihalarni tanlab olishga qaratilgan boʻlib, COVID-19, qayta tiklanadigan energiya manbalari, energiya samaradorligi va kam karbonli texnologiyalar bilan bogʻliq tadqiqotlar boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlaydi.
Qoʻshma tadqiqotlar boʻyicha takliflar (xususiy sektor tadqiqotchilari, xalqaro tadqiqotchilar, oʻzbek diasporasi olimlari yoki ekspertlari ishtirokida) mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Tanlov talablari haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.
Tadqiqot sifatini oshirish dasturi ikki turdagi grantlarni oʻz ichiga oladi:
Qoʻshimcha maʼlumotlar bilan “tadqiqot sifatini oshirish” grant dasturi qoʻllanmasida yoki ushbu veb-saytda tanishish mumkin.
Barcha savollar uchun arizani topshirish muddati yakunidan 5 kun avval quyida koʻrsatilgan manzil boʻyicha elektron murojaat qilish mumkin: munis@mininnovation.uz.
Murojaat uchun telefon: (97) 170-67-84