Yoshlar akademiyasi  tomonidan barcha fan yoʻnalishlari boʻyicha yosh olimlarning ilmiy loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida tanlov

Yoshlar akademiyasi tomonidan barcha fan yoʻnalishlari boʻyicha yosh olimlarning ilmiy loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida tanlov

  • 22/10/2020 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 20.11.2021 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    40 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Yoshlar akademiyasi “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida barcha fan yoʻnalishlari boʻyicha yosh olimlar oʻrtasida tanlovni eʼlon qiladi.

Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorining 1-ilovasi “Akademik harakatchanlik” dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomida belgilangan talablarga muvofiq tashkil etiladi.

Akademik harakatchanlik dasturi – yosh olimlarning oʻz ish joyidan ajralmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yetakchi ilmiy markazlarda oʻtkaziladigan ilmiy tadbirlarda ishtirok etishi, ilmiy-tadqiqot ishi boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni, shuningdek, tajriba almashishni nazarda tutuvchi dastur. Yaʼni ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan yosh olimlar uchun vazirlik, idora va tashkilotlar tasarrufidagi ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalarining zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolarida oʻzlarining loyihalarini amalga oshirishlari uchun tanlov asosida foydalanishlariga imkon beruvchi dastur.

Maqbullik shartlari

  • Loyiha ijrochisining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
  • 1 ta ishtirokchi 1 ta ilmiy loyiha bilan ishtirok etishi va dasturni amalga oshirish muddati 1 oydan 6 oygacha boʻlishi;
  • Topshirilgan ilmiy loyiha summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi lozim.

Foydali tomonlari

  • Dastur doirasida yosh olimlar oʻz ish joyidan ajralmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida yetakchi ilmiy markazlarda oʻtkaziladigan ilmiy tadbirlarda ishtirok etish;
  • Ilmiy-tadqiqot ishi boʻyicha loyihalarni oliy taʼlim muassasalarining zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolarida amalga oshirib, tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Hujjat topshirish

Kerakli hujjatlar roʻyxati:

1. Loyihaga nomzodning maʼlumotnoma-obyektivkasi (anketa), fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi, 3×4 sm oʻlchamdagi oq fondagi 2 dona rangli fotosurati ilova qilinishi kerak.

2. Ilmiy-tadqiqot loyihasi. Bunda taqdim etilgan shakllarga asosan ilmiy-tadqiqot loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan boʻlishi zarur: 

  • mavzusi va dolzarbligi (200 ta soʻzdan oshmagan bo‘lishi);
  • obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari, kutilayotgan ilmiy natijalar (300 ta soʻzdan oshmagan bo‘lishi).


3. Mavzu doirasida nashr etgan ilmiy maqolalar roʻyxati (soʻnggi 5 yilda).

4. Qabul qiluvchi tashkilot tomonidan Vazirlik nomiga taqdim etilgan rozilik xati.

5. Yoʻllanma xati (tanlovda ishtirok etish uchun faoliyat yuritayotgan ilmiy tashkilot yoki oliy taʼlim muassasaning yoʻllanma xati).

6. Taqdim etilgan shaklga asosan ilmiy laboratoriya yoki tajriba-konstruktorlik byurolarida ilmiy-tadqiqot olib borishning zaruriyati, muddati va zarur uskuna, material va reaktivlar toʻgʻrisida maʼlumot.

7. Qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishilgan, loyihani amalga oshirish kalendar rejasi.

8. Ilmiy loyihaning taqdimoti (10 ta slayddan oshmagan).

Eslatma: Nomzod tomonidan topshirilgan hujjatlar ular faoliyat yuritayotgan muassasalarning rahbar yoki rahbarlik vazifasi yuklatilgan shaxs tomonidan tasdiqlangan boʻlishi lozim.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Ilmiy loyihalarni topshirish bilan bogʻliq texnik masalalar boʻyicha:

Oʻzbekiston
Yoshlar akademiyasi tomonidan barcha fan yoʻnalishlari boʻyicha yosh olimlarning ilmiy loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida tanlov

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar