Ingliz tili va boshlangʻich IT koʻnikmalarini rivojlantirmoqchi boʻlganlar uchun Amerikaning Nobel Internship Program dasturidan bepul onlayn kurslar

Ingliz tili va boshlangʻich IT koʻnikmalarini rivojlantirmoqchi boʻlganlar uchun Amerikaning Nobel Internship Program dasturidan bepul onlayn kurslar

  • 10/04/2024 Qabul boshlanishi
  • Bepul Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 28.04.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    16 yoshdan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Nobel internship Program dasturi kelajak uchun zarur boʻlgan toʻrt asosiy kursni bepul oʻrganish imkoniyatini taqdim etadi. Dasturning maqsadi — barcha uchun teng taʼlim va rivojlanish imkoniyatlarini yaratishdir. 

Ushbu dasturda oʻzining kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirmoqchi boʻlgan, ingliz tili darajasini oshirishni xohlaydigan 16 yoshdan katta barcha shaxslar ishtirok etishi mumkin. 

Dastur davomida quyidagi 4 ta fundamental kurslarni bepul onlayn oʻqish mumkin:

  • “leadership” kursi — samarali yetakchilik, jamoada ishlash va strategik qarorlar qabul qilish koʻnikmalarini rivojlantiradi;
  • “Intro to Web Design” kursi — chiroyli va funksional veb-saytlar yaratishni oʻrgatadi;
  • “Pitch and Presentation” kursi — notiqlik mahoratini rivojlantiradi, ishonchli taqdimotlar yaratish va gʻoyalarni samarali taqdim etishni oʻrgatadi;
  • “Introduction to Internet Troubleshooting” kursi — tarmoqdagi asosiy muammolarni tushunishga yordam beradi va ularni samarali hal qilishni oʻrgatadi.

Darslar ingliz tilida olib boriladi.

Dasturni muvaffaqiyatli tugatgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Dasturda 2 turdan birini tanlab qatnashish mumkin: Weekday va Weekend.

Weekday dasturida darslar haftada 4 kun 2 soatdan davom etadi. Dasturning ushbu turi uchun ariza topshirishning soʻnggi muddati — 28-aprel 2024-yil. 

Weekend dasturida darslar haftada 2 kun 2 soatdan boʻladi. Ariza topshirishning soʻnggi muddati — 10-may 2024-yil.

Nobel internship Program dasturida oʻtiladigan kurslar haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda 16 yoshdan katta barcha davlat fuqarolari qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilida gapirish koʻnikmasini rivojlantirmoqchi boʻlganlar qatnasha oladi;
  • Haftasiga 4 soatdan ortiq dasturga oid vazifalarni/ishlarni bajara olish kerak;
  • Dunyoning turli burchaklaridan yangi tanishlar orttirishga tayyor boʻlish lozim.

Shuningdek, dastur ishtirokchilaridan quyidagilarning bo'lishi talab qilinadi:

  • Kompyuter / Noutbuk (planshet / telefon emas) — Windows / Apple / Chromebook;
  • Bom mikrofonli eshitish vositasi / Mikrofonli naushniklar / Oʻyin eshitish vositasi;
  • Ishlaydigan veb-kamera;
  • Shovqinsiz muhit;
  • Barqaror internet aloqasi.

Foydali tomonlari

  • Mazkur dasturda qatnashish bepul;
  • Dasturda qatnashish orqali ishtirokchilar xalqaro kompaniyada ishlash tajribasiga ega boʻladi;
  • Kelajak uchun zarur boʻlgan asosiy soft va hard koʻnikmalarni oʻrganish va takomillashtirish imkoniyati;
  • Dasturni tugatgandan soʻng sertifikat olish;
  • Butun dunyodan aqlli, gʻayratli kishilar bilan tanishish;
  • Ingliz tili darajasini oshirish imkoniyati.

Hujjat topshirish

  • Dasturda qatnashish uchun onlayn ariza shaklini toʻldirish kerak. Ushbu havola orqali toʻldirish mumkin;
  • Ariza shaklini toʻldirib boʻlgandan soʻng, email orqali ariza toʻldirish bosqichini yakunlash uchun shaxsiy havola beriladi;
  • Ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtganlar guruh intervyu bosqichiga taklif qilinadi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Dastur bilan bogʻliq qoʻshimcha savol va takliflarni internships@nobelcoaching.com elektron manziliga yuborish mumkin;
  • Dasturning avvalgi mavsum qatnashchilari haqida ushbu havola orqali oʻqish mumkin;
  • Dastur haqida tez-tez beriladigan savollarga javoblarni (FAQs) ushbu havola orqali oʻqish mumkin.

Muhim sanalar:

  • Weekend dasturi 2024-yil 18-maydan boshlanadi;
  • Weekday dasturi 2024-yil 7-iyundan boshlanadi.
AQSh
Ingliz tili va boshlangʻich IT koʻnikmalarini rivojlantirmoqchi boʻlganlar uchun Amerikaning Nobel Internship Program dasturidan bepul onlayn kurslar

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar