18-35 yosh oraligʻidagi yetakchi yoshlar uchun Keniyada oʻtkaziladigan rezidentlik dasturi — International Leadership Programme: Kenya 2025 taqdim etiladi. 12 kunlik intensiv trening shaklidagi oʻtkaziladigan dasturda yoshlar turli madaniyat, din va kelib-chiqishi turli xil ijtimoiy-iqtisodiy boʻlgan xalqaro taʼlim hamjamiyatini shakllantirish uchun birlashadilar.
Ushbu dasturi dunyodagi ijobiy oʻzgarishlarni davom ettirishdan manfaatdor boʻlgan yoshlar uchun moʻljallangan boʻlib, dastur davomida ishtirokchilar global taʼlim hamjamiyatiga ega boʻlish, shaxsiy rivojlanish uchun turli nuqtai nazarlar va yangi gʻoyalar bilan tajriba oʻtkazish, dunyoda ijobiy oʻzgarishlar qilishdan manfaatdor boʻlgan 2000 dan ortiq bitiruvchilarning global tarmogʻi bilan aloqada boʻlish imkoniyatiga ega boʻladilar. Shu bilan birgalikda ishtirokchilar global muammolarni hal qilishda istiqbolli va ijtimoiy tadbirkorlik yondashuvini rivojlantirish imkoniyatiga hamda maqsad va hayot yoʻnalishini his qilish uchun qadriyatlar va rahbarlik tamoyillarini aniqlashga yordam beradigan tajribalar, barcha oʻquv usullari, jumladan jamoaviy loyihalar, jismoniy faoliyat, fikrlash, muhokama va sanʼat orqali potensialni kashf qilish uchun vositalar va tajribalarga ega boʻlishadi.
Dastur Sharqiy Afrikada joylashgan Keniyada 2025-yil 7-18 yanvar kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Dastur uchun jami 30 nafar ishtirokchi saralab olinadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Stipendiya tayinlashda quyidagi holatlarni namoyon qilgan nomzodlarga ustunlik beriladi: