Buyuk Britaniyaning Imperial universitetida PhD bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish uchun Presidentʼs Scholarship dasturi

Buyuk Britaniyaning Imperial universitetida PhD bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish uchun Presidentʼs Scholarship dasturi

  • 15/09/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Buyuk Britaniya Davlat
  • 05/11/2024 04:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Buyuk Britaniyaning eng obroʻli va jahon miqyosidagi tan olingan ilmiy-tadqiqot universiteti boʻlmish Imperial universiteti tomonidan PhD bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish uchun Presidentʼs Scholarship dasturi taqdim etiladi. Grant uchun jami 50 ta oʻrin ajratilishi rejalashtirilgan.

Dastur davomida ishtirokchilar Londonning Imperial universitetida PhD bosqichi uchun jami 3,5 yil davomida taʼlim olishadi. Ushbu grant dasturi talabalarga kuchli bilimga ega ilmiy rahbarlar koʻmagida oʻz ilmiy tadqiqot loyihasini amalga oshirish va dastur doirasidagi boshqa tadqiqotchilar bilan fikr almashish imkoniyatini taqdim etadi. Grant toʻliq va sirtqi taʼlim uchun amal qiladi.

2025–2026-oʻquv yili uchun dasturning erta boshlanish sanasi 2025-yil 1-avgust, oxirgi boshlanish sanasi 2025-yil 1-noyabr.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Kelib chiqishi va millatida qatʼiy nazar barcha iqtidorli talabalar qatnashishi mumkin;
  • Yuqori akademik koʻrsatkich va istiqbolli ilmiy loyihalar yaratish salohiyatiga ega boʻlish lozim;
  • Nomzod bakalavriat yoki magistr (shu jumladan, integratsiyalashgan magistr) darajasini yuqori akademik koʻrsatkichlar bilan tugatgan boʻlishi yoki dastur boshlangunga qadar tugatishi kerak (oʻqishni 70% yoki undan yuqori umumiy ball bilan yakunlashi shart);
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish talab qilinadi;
  • Magistratura bosqichini yaxshi natijalar bilan tugatgani haqida hujjat (standalone Masterʼs qualification) taqdim etishi lozim. Bu magistratura bosqichida yuqori akademik koʻrsatkich koʻrsatgan, lekin bakalavriat bosqichida yuqori akademik koʻrsatkich koʻrsata olmagan nomzodlarga sxemaga ariza topshirish imkoniyatini beradi.

Maʼlumot uchun: Integratsiyalashgan magistr darajasi (integrated Masters degree) baʼzan kengaytirilgan bakalavriat deb ataladi. Ushbu bosqich toʻrt yillik dastur boʻlib, u bakalavriat va magistratura darajasidagi taʼlimni bitta soddalashtirilgan kursga birlashtiradi.

Muhim: Tanlangan yoʻnalishga qarab nomzodga qoʻshimcha talablar qoʻyilishi yoki baʼzi boʻlimlar xalqaro talabalarga grant bermasligi mumkin. Shuning uchun ariza topshirishdan oldin har bir yoʻnalish va unga qoʻyilgan qoʻshimcha talablarni ham oʻrganib chiqish lozim. PhD oʻrinlari boʻyicha har qanday taklif nomzodning kerakli malakaga ega boʻlishiga bogʻliq.

Nomzodlar quyidagi mezonlar orqali baholanadi:

  • Akademik yutuqlari:
    • Oxirgi yillarda koʻrsatgan akademik natijalari;
    • Akademik transkriptlar;
    • Oʻqigan kursida boshqalarga qaraganda guruhda tutgan oʻrni;
    • Qoʻlga kiritgan mukofotlari;
    • Oʻrtacha ball koʻrsatgichi.
  • Tadqiqot taklifining istiqbollik darajasi:
    • Nomzodning hozirgi kundagi tadqiqot tajribasi;
    • Kashfiyotlar qilishga qiziqishi;
    • Tadqiqot rejasi va uning tadqiqot taklifida tasvirlangan istiqboli;
    • Boʻlim bayonoti (bunda suhbatdagi natijalar ham aks etadi).

Eslatma: Noanʼanaviy ilmiy va karyera yoʻnalishida faoliyat olib borgan, lekin ajoyib tadqiqot salohiyatiga ega nomzodlar ham dastur uchun ariza topshirishlari mumkin.

Dasturning shartlari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Oʻquv toʻlovlari toʻliq moliyalashtiriladi;
  • Yashash xarajatlari uchun yiliga 25,150 funt sterling (~33,506 AQSh dollar) miqdorida stipendiya ajratiladi;
  • Oʻquv materiallari uchun oʻqishning dastlabki 3 yili uchun yiliga 2,000 funt sterling (2,664 AQSh dollar) miqdorida pul beriladi;
  • Dastur tomonidan taqdim etilgan maxsus imkoniyatlardan foydalanish va tadbirlarda qatnashish mumkin;
  • Bundan tashqari, universitet imkoniyati cheklangan va xalqaro talabalar uchun moslashtirilgan yordam va kasbiy mahorat kurslarini taqdim etadi.

Hujjat topshirish

Dasturga ariza topshirishdan oldin universitetning ilmiy boʻlimidan nomzodning ilmiy loyihasini boshqarishga rozi boʻladigan ilmiy rahbar bilan bogʻlanish lozim. Bitta ilmiy rahbar bir vaqtning oʻzida faqat bitta talabani nazorat qilishi mumkin.

Ilmiy rahbar topish haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Ilmiy ishlarga rahbarlik qilishi cheklangan ilmiy rahbarlar bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish kerak.

Grant dasturi uchun alohida ariza shakli topshirilmaydi. Shuning uchun dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali Imperialga ariza topshirishlari kerak. Tanlangan boʻlimning oʻzi nomzodning grant talablariga qanchalik mosligini hisobga olgan holda ushbu grant dasturini taklif qiladi.

Hujjat topshirishda shaxsiy bayonot soʻralganda, quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan 2 sahifadan iborat hujjat topshiriladi:

  • Birinchi sahifaga shaxsiy bayonot kiritiladi. Unga nomzod universitet va dasturga ariza topshirish uchun uni ruhlantirgan sababni hamda ishtirokchining nomzodini kuchaytiradigan boshqa har qanday kerakli deb hisoblangan maʼlumotlarni kiritadi.
  • Ikkinchi sahifaga tadqiqot taklifi haqida maʼlumotlar kiritiladi. Agar tanlangan boʻlim nomzodni saralanganlar roʻyxatiga kiritsa, tadqiqot taklifi yangilangan koʻrinishda taqdim etiladi. Maʼlumotlarni birinchi shaxsda yozish tavsiya etiladi.

Talabgorga tavsiyanoma bergan ikkita tavsiya beruvchining shaxsiy maʼlumotlari soʻralganda, ular asosan nomzodning universitetdagi oʻqituvchisi yoki dissertatsiya rahbari boʻlgani maʼqul. PhD bosqichi boʻyicha ilmiy rahbar bundan mustasno. Ushbu maʼlumotlarni kiritguncha gender tenglikni taʼminlash maqsadida “ular” (they/them) olmoshidan foydalanish maqsadga muvofiq.

Tavsiyanoma yozish tartibi haqida ushbu yoʻriqnomani oʻrganib chiqish lozim.

Dasturda qatnashish uchun onlayn ariza shaklidagi qoʻshimcha savollar qismining moliyalashtirish boʻlimida “Presidentʼs PhD Scholarship” tanlanishi kerak.

Arizalar ikki bosqichda koʻrib chiqiladi:

1-bosqichda barcha arizalar boʻlim tomonidan koʻrib chiqiladi hamda saralanganlar roʻyxati tuziladi.

2-bosqichda yakuniy qaror universitetning maxsus Kengashi tomonidan amalga oshiriladi va dastur uchun eng mos deb topilgan nomzodlarga grant taklif qilinadi.

Muhim: Grant uchun tanlanmagan nomzodlar avtomatik ravishda standart PhD dasturi uchun koʻrib chiqiladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Muhim sanalar:

  • 2024-yil 5-noyabr (04:59)ga qadar ariza topshirgan va grant yurgan ishtirokchilar 2025-yil yanvar oyi oxirigacha xabardor qilinadi;
  • 2025-yil 10-yanvar (04:59)ga qadar ariza topshirgan va grant yurgan ishtirokchilar 2025-yil mart oyi oxirigacha xabardor qilinadi;
  • 2025-yil 11-mart (04:59)ga qadar ariza topshirgan va grant yurgan ishtirokchilar 2025-yil may oyi oxirigacha xabardor qilinadi.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniyaning Imperial universitetida PhD bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish uchun Presidentʼs Scholarship dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar