Talaba va bitiruvchilar uchun oʻzlarining kasbiy mahoratlarini oshirish imkoniyatini beruvchi YuNESKO amaliyot dasturi

Talaba va bitiruvchilar uchun oʻzlarining kasbiy mahoratlarini oshirish imkoniyatini beruvchi YuNESKO amaliyot dasturi

  • 01/12/2024 Qabul boshlanishi
  • Bepul Moliyalash turi
  • Fransiya Davlat
  • 31/12/2024 04:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Fransuz tili
  • Yosh chegarasi
    20 yoshdan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

YuNESKO tashkiloti yoshlar uchun oʻzining ustuvor yoʻnalishlari — fan, madaniyat yoki taʼlim sohalaridan birida amaliy tajriba olish imkoniyatini taqdim qiladi.

Ushbu amaliyot dasturi 1 oydan 6 oygacha davom etishi mumkin va amaliyotchilar oyiga 2,5 kunlik taʼtil olish huquqiga ega.

YuNESKO amaliyot dasturi turli sohalarda oʻrganish va taraqqiyotga intiladigan turli madaniyatlar hamjamiyatini yaratishga moʻljallangan boʻlib, talabalar YuNESKOning ekspert guruhlari rahbarligida xalqaro amaliyot dasturida qatnashish va kelib chiqishi, madaniyati, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy nuqtai nazari turli xil boʻlgan insonlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Amaliyot nomzodlarga tegishli ish tajribasini olish va akademik bilimlarini oshirishga yordam beradi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Ariza berish vaqtida kamida 20 yosh boʻlish lozim;
  • Nomzod hozirda magistratura yoki PhD (unga tenglashtirilgan yoki undan yuqori daraja) bosqichida oʻqiyotgan yoki ushbu bosqichlardan birini oxirgi 12 oy ichida bitirgan boʻlishi kerak (kotibiyat/yordamchi yoki texnik/kasbiy topshiriqlarga nomzodlar kotibiyat maktabida yoki ixtisoslashtirilgan texnik/kasbiy muassasada oʻqishga kirgan boʻlishlari va oʻqishning oxirgi yiliga yetgan yoki yaqinda (oxirgi 12 oy ichida) oʻqishni tugatgan boʻlishlari talab qilinadi);
  • Ingliz va/yoki fransuz tillari boʻyicha yaxshi yozma va ogʻzaki koʻnikmalarga ega boʻlishi;
  • Kompyuter tizimlari va ofis dasturlari boʻyicha mukammal bilimga ega boʻlishi;
  • Jamoada yaxshi ishlay olishlari va xalqaro ish muhitiga moslasha olishi;
  • Shaxslararo va muloqot qobiliyatlariga ega boʻlishi lozim.

Foydali tomonlari

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Amaliyot paytida ishtirokchilar oʻzlarining kasbiy mahoratini oshiradi;
  • YuNESKOning professional ekspertlari bilan ishlash imkoniyati.

Hujjat topshirish

Dasturga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

Ariza topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • CV;
  • Til va IT koʻnikmalar haqida;
  • Nomzodning ish tajribasi va ishlagan tashkiloti haqida maʼlumot;
  • Motivatsion xat.

Amaliyot boshlashdan oldin quyidagilar soʻraladi:

  • Viza;
  • Tibbiy sugʻurta;
  • Tibbiy maʼlumotnoma;
  • Oliygoh diplomi.

Eslatma: Ariza topshirishda ingliz yoki fransuz tillaridan foydalanish kerak. Agar hujjatlar ushbu tillarda boʻlmasa, fransuz yoki ingliz tilidagi tarjimasi taqdim etilishi mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 31-dekabr, 2024-yil (04:00);
  • Arizalar YuNESKO menejerlari tomonidan koʻrib chiqiladi va maʼlumotlar bazasida olti oy davomida saqlanadi;
  • Faqatgina dasturga qabul qilingan nomzodlar bilan menejerlar bevosita bogʻlanadi. Agar nomzod olti oy ichida hech qanday javob xati olmasa bu arizaning muvaffaqiyatli boʻlmaganligini anglatadi.
Fransiya
Talaba va bitiruvchilar uchun oʻzlarining kasbiy mahoratlarini oshirish imkoniyatini beruvchi YuNESKO amaliyot dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar