Magistratura va doktorantura bosqichini Germaniyada oʻqish uchun Rosa-Luxemburg-Stiftung stipendiya dasturi

Magistratura va doktorantura bosqichini Germaniyada oʻqish uchun Rosa-Luxemburg-Stiftung stipendiya dasturi

  • 21/08/2024 Qabul boshlanishi
  • Qisman Moliyalash turi
  • Germaniya Davlat
  • 01.10.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr), Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Nemis tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Germaniya davlati Germaniya va boshqa mamlakatlarning yuqori malakali bakalavr darajasiga ega boʻlgan talaba va doktorantlariga Rosa-Lyuksemburg-Stiftung stipendiyasini taqdim qiladi. Dastur jamiyatda keng tarqalgan ijtimoiy, siyosiy va gender kamsitishlarga qarshi turishni maqsad qilib qoʻyadi.

Rosa-Lyuksemburg-Stiftung dasturi magistratura bosqichida oʻqish uchun Study Scholarship stipendiyasini, doktoranturada oʻqish uchun Doctoral Scholarship stipendiyasini taqdim qiladi. Ilmiy-texnika fanlari boʻyicha bakalavr va doktorantlarning, shuningdek, texnik oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining arizalari faol ragʻbatlantiriladi. Dasturga qabul qilinganlarning tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi hamda oylik stipendiya bilan taʼminlanadilar.

Magistratura dasturining davomiyligi oʻquv kursining odatdagi davomiyligida boʻladi. Maksimal muddati odatdagi oʻqish kursiga qoʻshimcha semestrlar kiritilishi mumkin. Doktorantura dasturining davomiyligi uch yilgacha boʻlishi mumkin.

Dastur bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Magistratura dasturi uchun topshirgan nomzodlar Germaniya davlati tomonidan akkreditatsiya qilingan oliy taʼlim muassasasidagi magistratura dasturiga, doktorantura uchun topshirgan nomzodlar Germaniyadagi davlat tomonidan akkreditatsiya qilingan oliy taʼlim muassasasidagi doktorantura dasturiga qabul qilingan boʻlishi kerak;
  • Bakalavr darajasini yoki asosiy taʼlimni tugatganligini tasdiqlovchi hujjati boʻlishi lozim (bakalavr diplomi, magistratura diplomi, davlat imtihoni natijalari);
  • Yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi;
  • Ijtimoiy va siyosiy faol boʻlishi;
  • Nemis tilini kamida B2 darajasida bilishi (nemis tili kurslari moliyalashtirilmaydi);
  • Doktoranturada oʻqish uchun Germaniya universitetidan ilmiy rahbar olgan boʻlishi kerak (isbot xati soʻraladi).

Quyidagi holatlarda nomzodlar magistratura dasturiga ariza topshira olishmaydi:

  • Bakalavrning soʻnggi bosqichida oʻqiyotgan boʻlsa;
  • Oʻz mamlakatida yoki boshqa chet el universitetida oʻqiyotgan boʻlsa;
  • Ham ishlash ham oʻqishga imkon beruvchi yarim kunlik oʻqishda oʻqiyotgan boʻlsa.

Quyidagi holatlarda doktorantura dasturidagi nomzodlarga stipendiya berilmaydi:

  • Deyarli dissertatsiyasi yakuniga yetay deb qolgan nomzodlar;
  • Bir vaqtning oʻzida davlat tomonidan moliyalashtiriladigan ikkita stipendiyani yoki stipendiya bilan birga ishsizlik nafaqasini olayotgan nomzodlar (agar ilgari qoʻlga kiritgan stipendiyasining davomiylik muddati 2 yildan oshmagan boʻlsa, nomzod dasturga loyiq topilishi mumkin);
  • Boshqa biror ishda ishlab turgan bir paytda dissertatsiya yozayotgan nomzodlarga.

Magistraturaga qabul qilinish uchun dastur talablari bilan bu yerda tanishish mumkin.

Doktoranturaga qabul qilinish uchun dastur talablari bilan bu yerda tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladilar:

  • Magistratura dastur talabalari uchun oyiga €850, doktorantura dastur talabalari uchun €1450 stipendiya;
  • Magistratura va doktorantura talabalari uchun bir martalik qoʻshimcha €20 stipendiya;
  • Doktorantura dastur talabalari uchun tadqiqot xarajatlarini qoplash uchun €100 qoʻshimcha bir martalik stipendiya;
  • Tibbiy sugʻurtani qoplash uchun magistratura talabalariga €86, doktorantura talabalariga uchun €100;
  • Doktorantura dastur talabalari chet elda boʻlib oʻtadigan tadqiqot, konferensiyalar qatnashish uchun ham mablagʻ olishlari mumkin.

Eslatma: 2025-yildan boshlab doktorantura talabalarining stipendiyasi €1750 ga koʻtariladi.

Dasturning foydali jihatlari bilan magistratura dasturi boʻyicha ushbu havola, doktorantura dasturi boʻyicha ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga ushbu havola orqali ariza topshiriladi.

Magistratura dasturi uchun:

  • Germaniyadagi universitetga qabul qilinganlik boʻyicha xat (acceptance letter);
  • CV;
  • Jamoat tashkilotlariga aʼzo boʻlganligi boʻyicha maʼlumot (masalan, NNTlar, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, uyushmalar, universitet qoʻmitalaridan biriga aʼzo boʻlgan boʻlish kerak);
  • Maʼruzachilar/professorlar/universitet oʻqituvchilari tomonidan nomzodning oʻqish qobiliyati haqida tavsiyanoma;
  • Yakuniy baholari bilan birga universitet diplomi (agar bakalavr diplomi hali mavjud boʻlmasa, akademik transkript va universitetdan bakalavriatni muvaffaqiyatli tamomlaganligi haqidagi tasdiqnoma tорshirish kerak. Bakalavr diрlоmi 2024-yil 1-noyabrgacha topshirilishi mumkin.;
  • Nomzod qabul qilingan oʻquv dasturining odatdagi oʻqish muddatini koʻrsatadigan oʻquv yoʻriqnomasidan koʻchirma;
  • Pasport nusxasi;
  • Viza yоki Germaniyada yashash uchun ruxsatnomadan nusxa;
  • Nemis tili boʻyicha B2 til sertifikati.

Magistratura dasturi boʻyicha kerakli hujjatlar bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Doktorantura dasturi uchun:

  • Germaniyadagi universitetga qabul qilinganlik boʻyicha xat(acceptance letter);
  • CV;
  • Universitet diplomi;
  • Jamoat tashkilotlariga aʼzo boʻlganligi boʻyicha maʼlumot (masalan, NNTlar, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, uyushmalar, universitet qoʻmitalaridan biriga aʼzo boʻlgan boʻlish kerak);
  • Nomzod ilmiy rahbari tomonidan tavsiyanoma;
  • Nomzod dissertatsiyasi bilan tanish boʻlgan professor yoki universitet oʻqituvchisi tomonidan tavsiyanoma;
  • Pasport nusxasi;
  • Germaniyada yashash uchun ruxsatnomadan nusxa (agar avvaldan mavjud boʻlsa);
  • Nemis tili boʻyicha B2 til sertifikati;
  • Qabul qilishni tartibga soluvchi doktorantura toʻgʻrisidagi nizomdan koʻchirma;
  • Dissertatsiyaning ilmiy va amaliy qiymati haqida maʼlumot.

Ushbu maʼlumot quyidagilar oʻz ichiga olgan tartibda PDF shaklda boʻlishi kerak:

1.Nemis tilida qisqa umumiy maʼlumot( maksimal 4000 ta belgidan iborat boʻlishi kerak). Bu quyidagi savollarga ketma-ket javob bergan holatda yoritib berilishi kerak:

  • Ilmiy ishingiz qanday ilmiy sohada?
  • Tadqiqotingiz savoli qanday?
  • Nimalarni inkor etmoqchisiz? / Nimalarni isbotlamoqchisiz?
  • (gipotezalar/tezislar)
  • Qaysi ilmiy usulni tanlaysiz va nima uchun?
  • Siz asosan nazariy, empirik (sifat, miqdoriy) yoki ikkalasi bilan ishlaysizmi? Suhbatning aniq doirasini va hokazolarni koʻrsating!
  • Nazariya va empirizm qanday qilib mutanosib ravishda boʻladi?
  • Maqsadli umumiy ish hajmi (sahifalar soni)
  • Tadqiqot savoliga mos ravishda javob berib amalga oshirish;

2. Ushbu shaklda sharhlangan mundarija (Commented table of contents) (maksimal 4000 belgi).

3.Tadqiqot haqida toʻliqroq maʼlumot. Bu quyidagi savollarga ketma-ket javob bergan holatda yoritib berilishi kerak:

  • Tadqiqot savoli(3000 belgi);
  • Tadqiqot loyihasining ilmiy ahamiyati(5000 belgi);
  • Nazariy asos va uslubiy amalga oshirilishi (6000 belgi);
  • Doktorlik loyihasining ijtimoiy-siyosiy ahamiyati (2000 belgi);
  • Tayyorgarlik ishlari, joriy ish holati (2000 belgi);
  • Dissertatsiya uchun tegishli adabiyotlar (3000 belgi, bu foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatini anglatmaydi);

3. Ushbu shaklda ish rejasi va jadvali.

4.Nashrdan chiqqan maqolalar roʻyxati (agar mavjud boʻlsa).

  • Barcha hujjatlar PDF shaklida topshiriladi.
  • Barcha hujjatlar ingliz yoki nemis tillarida boʻlishi kerak.

Doktorantura dasturi boʻyicha kerakli hujjatlar bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Dasturga hujjat topshirish haqidagi batafsil maʼlumot bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Suhbatga taklif qilinmagan nomzodlarga ariza topshirish muddati tugaganidan keyin taxminan 3 oy oʻtgach, elektron pochta orqali javob yuboriladi;
  • Dasturga qabul qilingan nomzodlarga dastur boshlanishidan taxminan 3 hafta oldin elektron pochta orqali xabar yuboriladi;
  • Magistratura dasturi boʻyicha eng koʻp beriladigan savollar va ularning javoblari bilan (FAQs) ushbu havola, doktorantura dasturi boʻyicha esa ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin;
  • Tel:+49-(0)30-44310-0, (030) 44310-223, +49 (0)30 44310-223
  • Fax: +49-(0)30-44310-222;
  • Email: studienwerk@rosalux.org
  • Qoʻshimcha savollarga ushbu havola orqali javob olish mumkin.
Germaniya
Magistratura va doktorantura bosqichini Germaniyada oʻqish uchun Rosa-Luxemburg-Stiftung stipendiya dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar