6 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar uchun “IQtidorly” loyihasi tomonidan respublika matematika turniri

6 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar uchun “IQtidorly” loyihasi tomonidan respublika matematika turniri

  • 12/07/2024 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 18/07/2024 18:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    6 yoshdan 30 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

IQtidorly loyihasi matematika sohasida taʼlim olayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, vatandosh matematik olimlarimiz faoliyatini yoshlarimizga yaqindan tanishtirish, murabbiy ustozlarimizning yosh matematik shogirdlarini kashf qilish maqsadida “Saʼdi Hasanovich Sirojiddinov nomidagi respublika matematika turniri” ijtimoiy loyihasini tashkil qiladi. Dasturda 6 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Turnir 3 bosqichda oʻtkaziladi. Dastur gʻoliblari turli mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Dasturda ishtirok etish uchun ushbu havоla orqali 2024-yil 18-iyul sanasigacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Turnirda respublikamizning barcha hududlaridan 5 ta yosh toifasidagi matematika ixlosmandlari ishtirok etishlari mumkin;
  • Dasturda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblangan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litseylar va kasb-hunar maktab, maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi qoshidagi prezident taʼlim muassasalari agentligiga qarashli taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi davlat, nodavlat va xususiy universitetlar talabalari va respublikamizdagi barcha 6 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturning quyidagi foydali tomonlari mavjud:

  • Turnirning uchinchi bosqichida har bir yosh toifasi boʻyicha gʻolib boʻlgan yoshlarga quyidagi mukofotlar beriladi:

-1-oʻrinlarga — Noutbuk (Laptop HP) va boshqa sovgʻalar;

-2-oʻrinlarga — Planshet (Samsung) va boshqa sovgʻalar;

-3-oʻrinlarga — Planshet (Samsung) va boshqa sovgʻalar;

  • Turnirning uchinchi (oflayn) bosqichida gʻolib deb topilgan yoshlarga loyiha hamkorlarining maxsus sovgʻalari taqdim etilishi cheklanmagan va ularning alohida elektron reyestri yuritiladi;
  • Turnirda ishtirok etgan, hamda 2-tur oʻyinlarda muvaffaqiyatli oʻrinlarni egallagan yoshlarga loyiha tomonidan sertifikat hamda maxsus sovgʻalar taqdim etiladi.

Dastur foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Dastur uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich, yaʼni hududiy-saralash bosqichida oʻquvchilar ixtiyoriy ravishda qatnashadilar. Ishtirok etish uchun @iQtidorly_bot orqali 2024-yil 18-iyul soat 18:00 gacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Muhim! Roʻyxatdan oʻtishlarini taʼminlashda OAV, xususan televideniye, davriy / internet nashrlar orqali eʼlonlar keng xalq ommasiga taqdim etilib borilishi mumkin. Turnirning yakuniy bosqichi tashkiliy reja hamda hamkorlarning oʻzaro kelishuviga asosan (misol uchun, tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan S.H.Sirojiddinov nomli akademik litsey) belgilangan joyda avgust oyining ikkinchi haftasida tashkil etiladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dastur nizomi bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Turnir bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar, oʻtkazish tartibi, masala va misollarning namunaviy koʻrinishlari ushbu havola orqali yoritilib boriladi.

Dastur haqida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

-Telegram;

-Instagram;

-LinkedIn.

Oʻzbekiston
6 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar uchun “IQtidorly” loyihasi tomonidan respublika matematika turniri

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar