Umumiy maʻlumotlar
Barcha ijodkor, intiluvchan va shijoatli yoshlar uchun "Digital Uzbekistan Hackathon - 2022" tanlovi tashkil etilmoqda.
Tashkilotchilar: Andijon viloyati hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), BMTning Aholishunoslik tashkilotidan (UNFPA), “Raqamli shahar” texnoparki.
Tanlov o'tkazilish vaqti: 2022-yil 12-14-noyabr kunlari.
Hakaton offline formatda, Andijon shahrida bo'lib o'tadi.
Hakatonning texnologik yo'nalishlari va shartlari:
- Qishloq xo'jaliklarini raqamlashtirish;
- Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va sotish muammolariga IT orqali yechimlar topish;
- Qishloq xo'jaligida aholi, xususan ayollar va yoshlarning bandligini oshirish bo'yicha innovatsion loyihalar.
Maqbullik shartlari
- Hakatonda 16 yoshda 35 yoshgacha bo'lgan mamlakatimizning barcha yoshlari ishtirok eta oladi.
- Hali jamoasi shakllanib ulgurmagan qatnashchilarga jamoa yig'ishda yordam beriladi..
Foydali tomonlari
- Hakaton davomida mehmonxona, tushlik va kechki ovqat tashkilotchilar tomonidan ta'minlanadi;
- G'olib jamoa a'zolariga noutbuklar sovg'a qilinadi;
- Shuningdek, tanlovda 3ta innovatsion loyiha saralab olinib, homiylar tomonidan shu loyihalarini amalga oshirish uchun kerak bo'lgan texnika va dasturiy ta'minotlar olib beriladi. Bunda har bir g'olib jamoaga 100 million so'mgacha bo'lgan byudjet ajratiladi.
Hujjat topshirish
Ariza topshirish havolasi bu yerda.
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2022-yil 25-oktabr.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Batafsil ma'lumotni bu yerda.
Telefonlar:
(55) 201 21 01
(74) 224 12 27