Umumiy maʻlumotlar
EACH (Excellence in Analytical Chemistry) — bu analitik kimyo va oʻlchash ilmlarini keng va xilma-xil yoʻnalishlarda qamrab oladigan ikki yillik Erasmus Mundus Joint Masterʼs Programme dasturi hisoblanadi.
Dastur analitik kimyo sohasida sanoatda (oziq-ovqat, farmatsevtika, materiallar, energetika va boshqalar) hamda kimyoviy tahlil laboratoriyalarida (atrof-muhit, oziq-ovqat, sogʻliqni saqlash va boshqalar) butun dunyo boʻylab ishlashga yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.
Dastur 4 ta universitet tomonidan olib boriladi:
- University of Tartu (UT, coordinator), Estonia;
- Uppsala University (UU), Sweden;
- University Claude Bernard Lyon 1 (UCBL), France;
- Åbo Akademi University (AAU), Finland.
2026-yilgi qabul uchun 1-qabul davrida (2025-yil 5-noyabr-2026-yil 5-yanvar) EACH dasturi doirasida Erasmus Mundus stipendiyalari, kontrakt toʻlovidan ozod etilgan (tuition-waiver) oʻrinlar hamda toʻlov-kontrakt asosidagi oʻqish oʻrinlari taklif etiladi.
Saralanganlar Estoniyaning Tartu universitetida 2026-yil 31-avgustdan oʻqishni boshlashadi. Dastur tili ingliz tili, shu bilan birga ishtirokchilar taʼlim muassasasi joylashgan davlatlardan birining milliy tilida muloqot qilishni ham oʻrganadilar.
Maʼlumot uchun: Dastur bitiruvchilarning 80% i bitirgandan soʻng atigi bir necha oy ichida ish bilan taʼminlanadi. Masalan: yirik kompaniyalarning tadqiqot va ishlanmalar (R&D) boʻlimlarida, kimyo va farmatsevtika sanoati laboratoriyalarida, shuningdek sogʻliqni saqlash, isteʼmolchilar va atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlarida.
Tartu universiteti (UT) eng koʻp eʼtirof etilgan universitet boʻlib, kimyo sohasida ilmiy muassasalar ichidagi eng yuqori deb topilganlarning 1% i qatoriga kiradi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Kimyo yoki kimyo muhandisligi fanlaridan kamida 60 ECTS hamda matematika va/yoki fizika fanlaridan 20 ECTS ballni oʻz ichiga olgan bakalavr (yoki unga tenglashtirilgan) darajaga ega boʻlish lozim;
- Akademik transkriptda koʻrsatilgan barcha fanlar boʻyicha oʻrtacha baho mavjud maksimal bahoning kamida 66% ini tashkil etishi kerak (bu ariza berish uchun minimal talab hisoblanadi);
- Ingliz tilini yaxshi bilish lozim:
- IELTS Academic: umumiy ball 6,5 va har bir boʻlim 5,5 dan kam boʻlmasligi kerak;
- TOEFL iBT® (Internet orqali): minimal ball — 90;
- Cambridge English:
- B2 First — minimal ball 173;
- C1 Advanced;
- C2 Proficiency;
- Pearson PTE Academic — minimal ball 62.
Eslatma: Boshqa universitetlar tomonidan berilgan til sertifikatlari qabul qilinmaydi.
Ingliz tilini bilish boʻyicha talab faqatgina quyidagilardan kamida bittasini hujjatlar bilan tasdiqlay olsagina bekor qilinadi:
- Oʻrta taʼlimni ingliz tilida quyidagi mamlakatlardan birida tugatgan boʻlsa: YI/YIH aʼzo davlatlari, Shveysariya, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya yoki Yangi Zelandiya. Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatda taʼlim tili koʻrsatilgan boʻlishi shart;
- Oʻrta taʼlimni (yuqori oʻrta maktab / high school) YI/YIH davlatlaridan birida yoki Shveysariyada yoki Buyuk Britaniyada tugatgan va ingliz tili boʻyicha yakuniy imtihon topshirgan boʻlsa hamda natija Yevropa umumiy til bilish mezonlari (CEFR) boʻyicha B2 darajaga mos ekanini koʻrsatsa;
- Taʼlim tili ingliz tili boʻlgan dasturda kunduzgi taʼlimda oʻqiydigan talab maqomida kamida bir akademik yil davomida quyidagi mamlakatlardan biridagi oliy taʼlim muassasasida oʻqigan boʻlsa: AQSh, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya yoki YI/YIH aʼzo davlatlari. Akademik transkript hujjatida nomzod ingliz tilida olib boriladigan dasturga qabul qilinganligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Foydali tomonlari
- Har bir dastur uchun 18,000 yevro miqdoridagi ishtirok etish xarajatlari qoplandi (bu oʻqish toʻlovi va toʻliq sugʻurtani oʻz ichiga oladi);
- Oyiga 1,400 yevro miqdorida stipendiya beriladi (bu joylashish, yashash, safar va viza xarajatlari uchun toʻlovlarni ham oʻz ichiga oladi);
- Zamonaviy analitik kimyoning nazariy (fundamental) va amaliy jihatlari boʻyicha bilim va koʻnikmalar oʻrgatiladi;
- Yevropaning yetakchi universitetlarida taʼlim olish.
Nufuzli xalqaro kompaniyalarda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amaliyot oʻtash va karyera imkoniyatlari mavjud:
- Yirik kompaniyalarning tadqiqot va ishlanmalar (R&D) boʻlimlari;
- Kimyo sanoati laboratoriyalari;
- Farmatsevtika sanoati laboratoriyalari;
- Sogʻliqni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlari;
- Oziq-ovqatni qayta ishlash va ishlab chiqarishda sifatni nazorat qilish laboratoriyalari;
- Sertifikatlash, standartlashtirish va akkreditatsiya organlari;
- Milliy metrologiya markazlari va institutlari;
- Akademik faoliyat va PhD (doktorantura) taʼlimi.
Muhim: Toʻlov asosida oʻqiydigan talabalar uchun EACH dasturida oʻqish narxi yiliga 9,000 yevro (butun dastur uchun 18,000 yevro)ni tashkil etadi.
Hujjat topshirish
Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.
Talab qilinadigan hujjatlar:
- Onlayn ariza;
- Bakalavr diplomi yoki unga tenglashtirilgan hujjatning rasmiy nusxasi;
- Diploma Supplement (baholar koʻrsatilgan transkript/baholar varaqasi va baholash shkalasi) asl tilida;
- Agar hujjatlar toʻgʻridan-toʻgʻri universitet tomonidan ingliz tilida berilmagan boʻlsa, bakalavr diplomi va Diploma Supplementning ingliz tiliga rasmiy tarjimasi. Toʻgʻri tarjimalar boʻyicha batafsil maʼlumotni bu yerda;
- Pasport nusxasi;
- Til bilish sertifikati;
- Motivatsion xat (boʻsh joylar bilan maksimal 2,000 ta belgi);
- Yashash joyini tasdiqlovchi hujjat.
Ariza topshirish jarayoni:
1.Onlayn ariza tizimi DreamApply orqali ariza topshiriladi. Bunda barcha talab qilinadigan hujjatlarning elektron nusxalarini tizimga yuklanadi va motivatsion xatning yakuniy varianti qoʻshiladi.
2.Qabul muddati tugaganidan bir necha hafta oʻtib test topshiriladi. Testdagi masalalar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- molekulyar formula va tortish (massani oʻlchash) maʼlumotlari asosida mol va foizlarni hisoblash;
- eritmalar konsentratsiyasini hisoblash;
- oddiy analitik aniqlashlar (titratsiya, gravimetriya va boshqalar) natijalarini hisoblash.
Muhim: Masalalarni yechishda har qanday Sunʼiy intellekt (AI) vositalaridan foydalanish qatʼiyan man etiladi. Nomzodlar oʻqishni boshlaganida ham oflayn tartibda shunga oʻxshash test topshirishi kerak boʻlishini unutmasligi kerak!
3.Agar oʻqishga qabul taklifi berilsa, taklif eʼlon qilingan kundan boshlab 3 hafta ichida barcha hujjatlarni, chop etilgan va imzolangan ariza shakli bilan birga pochta orqali quyidagi manzilga yuborish shart:
Student Admissions
University of Tartu
Ülikooli 18-132
Tartu 50090
ESTONIA.
Arizalar quyidagi mezonlar orqali baholanadi:
- Oldingi taʼlim bosqichidagi oʻrtacha baho (yakuniy ballning 40% ini tashkil etadi);
- Motivatsion xat (yakuniy ballning 30% ini tashkil etadi);
- Muammolarni yechish boʻyicha onlayn test (yakuniy ballning 30% ini tashkil etadi).
Dasturga qabul uchun reytingda ishtirok etish va minimal talablarga javob berish kerak:
- oʻrtacha baho boʻyicha kamida 66% (maksimal ball — 100);
- motivatsion xat boʻyicha kamida 51% (maksimal ball — 100);
- muammolarni yechish testidan kamida 51% (maksimal ball — 100).
Eslatma: Ariza topshirish uchun hujjatlar ingliz va eston tilida qabul qilinadi. Toʻliq boʻlmagan yoki elektron pochta orqali yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi va topshirilgan ariza (motivatsion xat bilan birga) tahrir qilinmaydi.
Ariza topshirishdan oldin talab qilinadigan hujjatlar va bosqichma-bosqich ariza topshirish boʻyicha qoʻllanmani oʻrganib chiqish lozim.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
- Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 6-yanvar, 2026-yil;
- Natijalar 2026-yil 6-martga qadar eʼlon qilinadi;
- Tel: +372 737 5153 (Talabalar xizmatlari)/+372 518 4176 (Dastur direktori);
- Email: each@ut.ee;
- Dastur haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni Facebook ijtimoiy tarmogʻi orqali oʻqish mumkin.